Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi. Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi. Mohiyat va hodisa dialektikasi


Zaruriyat va tasodif dialektik aloqadorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi



Download 150 Kb.
bet20/24
Sana26.01.2023
Hajmi150 Kb.
#902927
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
1443688908 61366

Zaruriyat va tasodif dialektik aloqadorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
Ichki va tashqi narsalar tushunchalari nisbatdosh ekanligini e'tiborga olish muhimdir. Bir jihatdan ichki bo‘lgan narsa boshqa bir jihatdan tashqi xususiyat kasb etadi. Masalan, sayyoralarning Quyosh tizimsi orbitalari bo‘ylab harakati bu sayyoralarni o‘zaro bog‘lovchi va ular aylanayotgan orbitalar shaklini belgilovchi ichki munosabatlar bilan belgilanadi. Quyosh tizimsiga nisbatan boshqa kosmik ob'ektlar tashqi muhitni tashkil etadi. Ammo Quyosh tizimsi galaktika elementi bo‘lib, yulduzlararo makonda muayyan o‘rin egallaydi. Shu sababli ayni shu ob'ektlar Quyosh tizimsi sayyoralari evolyusiyasining ham, ularga yaqin kosmik jismlar evolyusiyasining ham ichki manbai hisoblanadi. Shu boisdan zaruriyat va tasodif tushunchalari ham nisbatdoshdir: bir jihatdan tasodifiy bo‘lgan narsa boshqa bir jihatdan zaruriy hisoblanadi.
Zaruriyat va tasodif qarama-qarshiliklar bo‘lsa-da, lekin ular birdir. Har qanday hodisa ichki zaruriyat tufayli yuz beradi, ammo uning yuz berishi ko‘p sonli tashqi omillar bilan bog‘liq bo‘lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda to‘ldiradi. Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof holda mavjud bo‘lmasligini anglatadi. Tasodif – zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir. Zaruriyat, sabab, qonunni kashf etish – ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish demakdir.
Bir qarashda zaruriyat sababiyatga zid bo‘lib tuyuladi. Bu ziddiyat yo tasodifiy hodisa sababga ega emasligi bilan, yo tasodifiy hodisalar umuman bo‘lmasligi bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy hodisa ham muayyan sababga ega bo‘ladi. XVII-XVIII asrlarda zaruriyat va tasodif talqinida tabiatda tasodif mavjud emas, degan tasavvur hukm surgan. Ingliz faylasufi T.Gobbs: «Ertaga yog‘adigan yomg‘ir zarur, ya'ni zaruriy sabablar bilan belgilangan; lekin biz unga tasodifiy deb qaraymiz va uni shunday ataymiz, zero amalda mavjud sabablarni hali bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz ko‘ra olmaydigan narsa tasodifiy deb ataladi»9, deb qayd etgan. Shunga o‘xshash fikrni Golbax ham ilgari suradi: «Tabiatda biron-bir hodisa tasodifan yuz berishi mumkin emas; hamma narsa muayyan qonunlarga bo‘ysunadi; bu qonunlar faqat muayyan oqibatlarning sabablar bilan zaruriy aloqasi hisoblanadi. Atomlarning tasodifiy birikishi haqida gapirish yoki ayrim oqibatlarni tasodif bilan bog‘lash jismlarning harakatlanishi, uchrashishi, birikishi yoki ajralishi qonunlarini bilmaslikni tan olish demakdir»10. Ko‘rib turganimizdek, tasodif sababi noma'lum bo‘lgan zaruriyat sifatida talqin qilingan. Sababi aniqlangani zahoti tasodif zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bu – mexanistik materializm talqini. Tasodif ilmiy nazariyalardan quvg‘in qilingan, u ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz omil deb hisoblangan. Tasodifning inkor etilishidan dunyoda hamma narsa zarur, degan xulosa kelib chiqadi. Mazkur yondashuvning tadrijiy oqibati o‘laroq fatalizm yuzaga keladi: ya'ni ilgari ta'kidlanganideknimaiki yuz bermasin, hatto ahamiyatsiz voqyealar ham zarur, muqarrar bo‘lib, sabab-oqibat aloqalarining cheksiz zanjiridagi ajralmas bo‘g‘in hisoblanadi. Fatalistik tasavvur har qanday voqyeani muqarrar deb biladi. XIX asr boshidagina zaruriyat va tasodifning aloqasi Gegel dialektikasida ko‘rsatib berildi.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish