2-MA’RUZA.
KATALITIK RIFORMING. JARAYONNING ASOSIY
REAKSIYALARI VA KATALIZATORLARI
Reja:
1.
Neftni qayta ishlash texnologiyasida katalitik riforming jarayonining
maqsadi;
2.
Riforming jarayonining kimyosi;
3.
Riforming jarayoni katalizatorlari.
Riforming jarayonida sifati past benzindan
yuqori oktan sonli benzin
komponenti olinadi. bu jarayonda asosan aromatik uglevodorodlar hosil bo‘ladi,
parfin uglevodorodlari izomerlanishga uchraydi.
AVT qurilmalarida neftdan benzin olinadi (16-20 %).
Bu benzinlarni oktan
soni 45-55 ga teng. Riformingdan so‘ng oktan soni 80-90 (m.m) yoki 90-100 (i.m.)
gacha ko‘tariladi.
Riforming jarayonining ikkinchi vazifasi - benzin
fraksiyalaridan aromatik
uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol, etilbenzol) olishdir.
Bu jarayonda tannarxi arzon bo‘lgan vodorod qo‘shimcha
mahsulot sifatida
hosil bo‘ladi. Vodorod gidrogenizatsion jarayonlar uchun zarur qo‘shimcha
mahsulotdir.