I tur tirozinemiya II tur tirozinemiya Katabolizmning umumiy yo‘llari Jonli organizm modda va energiya almashinuvi xususiyati bilan jonsiz tabiatdan farq qiladi. Ovqatlanish va nafas olish organizmni tashqi muhit bilan bog‘lovchi omil bo‘libgina qolmay, balki modda va energiya almashinuvining asosiy bosqichlaridan hisoblanadi. Ovqatning asosiy komponentlari: oqsil, uglevod, yog‘lar, organizm uchun ham energetik manbai hamda plastik material hisoblanadi. Organizmning kundalik energiyaga bo‘lgan ehtiyojining 5,5% uglevodlar hisobiga, 15% oqsil va 30% foizi yog‘lar parchalanishi (katabolizmi) hisobiga qoplanadi. Katabolizm 3 bosqichdan iboratdir - Birinchi bosqichda uglevodlardan – geksozalar, glyukoza, fruktoza,galaktoza: oqsillardan – aminokislotalar; yog‘lardan glitserin va yog‘
kislotalari hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda ajraladigan energiya miqdori deyarli ko‘p emas va ozuqa moddalar umumiy energiyasining taxminan 0,6-1% ini tashkil qiladi. Ikkinchi bosqichda monosaxaridlar va glitserin piruvatga aylanadi, yog‘ kislotalari esa – atsetil-KoA ga, aminokislotalar – piruvatga, a- ketoglutaratga, atsetoatsetat, suksinat va atsetil-KoA ga aylanadi. Bu bosqichda ozuqa moddalardagi taxminan 30% energiya ajralib chiqadi. - Uchinchi bosqichda hosil bo‘lgan 4 ta oxirgi mahsulot: atsetil-KoA,a-ketoglutarat, suksinat limon kislotasi siklida CO2 va h2o gacha parchalanadi. Natijada ozuqa moddalardan qolgan 60-70% energiyaajralib chiqadi.
1 molekula glyukozani parchalanishi misolida olib qaralsa, jami 38 molekula ATF sintezlanadi, bundan 1-bosqichda – 2 molekula pirouzumkislotasi va 8 molekula ATF sintezlanadi; 2-bosqichda – 2 molekula atsetil-KoA, 2 molekula CO2 va 6 molekula ATF sintezlanadi; 3-bosqichda – 4 molekula CO2 va 24 molekula ATF hosil bo‘ladi. Pirouzum kislotasining oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi Piruvatdegidrogenaza (PDG) kompleksining tuzilishi. Pirouzum kislotasi sitoplazmadan mitoxondriyaga konsentratsiya gradiyenti har xilligi tufayli osongina o‘tadi. Pirouzum kislota atsetil-KoAga aylanishini piruvatdegidrogenaza ferment kompleksini tezlashtiradi. U poliferment bo‘lib, uchta har xil ferment va beshta kofermentdan tashkil topgan. Bu ferment kompleksi pirouzum kislotani dekarboksillanish yo‘li bilan oksidlanish reaksiyasini tezlashtiradi. Birinchi fermentdekarboksillovchi piruvatdegidrogenaza (E1 -TPF) (yoki piruvat-lipoatoksidoreduktaza) tetramer bo‘lib, ikkita TPF tutuvchi massasi –36 000 daltonga teng b-zanjirdan va C2 - birliklarini lipoat kislota qoldig‘iga tashuvchi ikkita a-zanjirdan iborat. Ikkinchi ferment digidrolipoiltransatsetilaza yoki lipoatatsetiltransferaza (E2), Ikkinchi ferment digidrolipoiltransatsetilaza yoki lipoatatsetiltransferaza (E2), massasi 52 000 ga teng bo‘lgan bitta zanjirdan iborat bu ferment lipoat kislota qoldig‘i bilan bog‘langan.Qaytarilgan digidrolipoiltransatsetilaza uchinchi ferment digidrolipoatdegidrogenazaning (E3) ichki disulfidibilan bog‘lanib oksidlanadi. Digidrolipoatdegidrogenaza fermentining molekulyar massasi – 100 000 ga teng. Bu fermentning disulfid (HS-SH) gruppasi oqsil bilan birikkan FAD molekulasini qaytaradi, u esa o‘z navbatida NAD ta’sirida oksidlanadi.196 PDG kompleksining tarkibiga quyidagi kofermentlar kiradi: TPF,lipoat kislota, koferment A,FAD+NAD+ Kompleksning molekulyar massasi 9.106ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |