Debet 0110-0199, 0440-0490, 0710, 0720, 0810, 1010-1090, 1110, 1120, 2810, 2820, 2910, 5010, 5110, 5210 –schyotlardan tegishlilari.
Kredit 4610-schyot (ta’sischilar bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar) Auditor 8410-«Emission daromadlar» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotlari bo‘yicha analitik hisobning tashkil etilishi va yuritilishining to‘g‘riligini tekshirishi lozim. Bunda qo‘shimcha to‘langan kapitalning hisobi oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha alohida yuritilayotganligiga e’tibor berish zarur. Shuningdek, hisobdan chiqarilgan va sotilgan aksiyalarning turlari, ular egalarining schyotlari yoki ta’sischilar va hissadorlarning shaxsiy schyotlari bo‘yicha axborotlarni yetkazib berish imkoniyatlariga ham jiddiy e’tibor berishi kerak.
Ta’sis hujjatlari, kapital va rezervlar auditi natijalari.
Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks ettirish bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi (katta-kichikligi)ni me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut ustav kapitaliga doir hisobot ko‘rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb hisoblasa, u ushbu ko‘rsatkichlarning ishonchliligi to‘g‘risida ijobiy auditorlik xulosasi tuzishi mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo‘lsa, ya’ni aniqlangan tafovutlar ustav kapitaliga doir hisobot ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada buzib ko‘rsatilganligi aniqlansa, u holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy auditorlik xulosasi tuzadi.
Ustav kapitali hisobi bo‘yicha odatiy xatoliklar.
Ta’sischilar bilan hisob-kitoblar hisobi va Ustav kapitalini shakllantirishni tashkil etishda turli xil kamchiliklar, xatoliklar, noto‘g‘ri yozuvlar sodir etiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
"Ustav kapitali hisobi schetlari" bo‘yicha kredit qoldig‘i ta’sis hujjatlari bilan e’lon qilinganga nomuvofiqligi;
Ustav kapitali hisobiga kiritilgan moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar qiymatini oshirib ko‘rsatish hisobiga Ustav kapitalini asossiz ko‘paytirish;
- Ustav kapitaliga ulushlarni ta’sischilar tomonidan kiritmaslik yoki to‘liq kiritmaslik;
- aksiyadorlar reestriga o‘z vaqtida tegishli o‘zgartirishlarni kiritmaslik;
- ta’sischilar chiqib ketishi va yangilarni qabul qilishni o‘z vaqtida rasmiylashtirmaslik;
- imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lamaslik;
- aksiyadorlik jamiyatiari uchun katta kelishuvlarni noto‘g‘ri rasmiylashtirishlik;
- Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan kiritilgan ulushlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirishlik;
- ta’sischilarga Ustav kapitalidan o‘z ulushlarini qaytarilishini noto‘g‘ri rasmiylashtirishlik;
- amalga oshirilgan moliya-xo‘jalik operasiyalar bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlarning yo‘qligi;
- to‘liq rasmiylashtirilmagan va muddati o‘tgan hujjatiar mavjudligi;
- hujjatlardagi yozuvlarni tegishli asoslarsiz to‘g‘rilash;
- hujjatlarning asl nusxalar yoki amaldagi qonunchilikka asosida tasdiqlangan nusxalarning yo‘qligi;
- soxta hujjatlar va operasiyalar;
- amalga oshirilgan operasiyalarni aks ettirilmagani;
- faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish;
- dividendlar bo‘yicha soliqlarni noto‘g‘ri hisoblash;
- me’yoriy hujjatlarga rioya qilmaslik va h.k.