IV. Pul mablag‘lari sarflari va ularning maksadli ishlatilishi auditi. Kassa operatsiyalarini taftish kilish natijasida buxgalteriya tomonidan mexnatga xak tulash hisob kitobi buyicha kassirlar tomonidan korxona xodimlariga ta’til va ish xaki uchun berilgan pullarning kaydnomalariga 2 va 3 marta kiritilishi yuli bilan katta mikdorda gayrikonuniy ravishda pul uzlashtirish xollari uchrab turadi.
Ba’zan "xatolik" bilan ta’tilda, ukishda, kasal bo‘lgan, ishdan bushatilgan shaxslarga ish xaki hisoblab yozishlar xam uchrab turadi. Bunday dalillar mantikiy taxlil kilish, kiyoslash va surab chikish usuli bilan aniklanadi, hisoblab yozilgan ish xaki mikdori ishlangan kunlarni hisobga olish hujjatlari, xodimlar bulimining hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi. Barcha xollarda kassa hujjatlarini tekshirish fakat ularning rasmiylashtirish talablariga muvofikligini (imzolarning mavjudligi, tuzatish va kuchirib yozishlarning yukligi), hujjatlardan takroran foydalanishga yul kuymaslik uchun ularga operatsiyalar bajarilgan sana kursatilgan xolda "olindi" yoki "tulandi" degan maxsus shtamplar kuyilib tuldirilganligini tekshirish bilan cheklanib kolinmaydi. Kassa hujjatlari korxonaning boshqa ish saxolari bilan boglab tekshiriladi. Mukofotlar, nafakalar tulash xam kassa buyicha utadi, shu sababli auditor shubxali xollarga e’tibor karatadi, sungra tulovlarning asoslanganligini tekshiradi.
Pul mablag‘larini deponentga kuyish bilan boglik suiiste’mollar ayniksa kup uchraydi. Bu urinda deponentga o‘tkazilgan pullarning to‘g‘riligi va asoslanganligini tekshirish, 76-" Xar xil debitor va kreditorlar bilan hisob kitoblar" scheti buyicha yakuniy ma’lumotlarning deponentga kuyilgan summalarini hisobga olish daftari buyicha analitik ma’lumotlarga muvofikligini tekshirish lozim buladi.
Uzok vakt talab kilib olinmagan va muddati tugashi arafasida deponentga o‘tkazib berilgan summalar, ayniksa puxta tekshirilishi kerak.
Auditor pul summalari deponentga o‘tkazilishi konuniy ekanligiga ishonch xosil kilishi va deponentga o‘tkazib berilgan summalar hisobga olingan summalarga muvofik kelishini aniklash zarur.
Deponentga o‘tkazilgan summalarning berilishi konuniyligini tekshirishda chikim kassa orderlaridagi summani olish uchun kuyilgan imzolarning tulov kaydnomalaridagi, ishga kabul kilish xakidagi hujjatlardagi, tekshirilayotgan shaxslarning imzosi bo‘lgan boshqa hujjatlardagi imzolar bilan takkoslashi auditor uchun majburiy hisoblanadi.
Imzolar kalbakilashtirilganligi aniklangan taqdirda auditor imzo kalbakilashtirilgan deponentchi bilan uchrashi va undan deponentga o‘tkazilgan pulni uzlashtirib olish maksadida imzo kalbakilashtirilganligini tasdiklatib olish chora-tadbirlarini kuradi.
Zarurat bo‘lganda auditor deponentga o‘tkazilgan pulning ishonchnoma orkali olinishida xam ana shunday yul tutadi.
Taftish paytida deponentga o‘tkazilgan pullarning xosil bulish sabablari aniklanadi. Hisobot asosida berilgan pullar sarflanishini oklovchi hujjatlar va sotib olingan boyliklarni kirim kilish hujjatlari bilan takkoslash orkali tekshiriladi.
Naqd pul sarfidagi farklar ancha katta bo‘lgan taqdirda bunday sarfning asoslanganligi, uning maksadga muvofikligi tekshiriladi. Pul o‘tkazish yuli bilan ularning nomiga xak tulangan shaxslar va tashkilotlarni mukobil tekshirish usulidan keng foydalanish zarur. Ushbu usul pullar xakikatda xam kredit karzdorligini tulashga o‘tkazilganligini yoki jamgarma kassasidagi shaxsiy schetga yoxud uzining yoki ishtirokchining nomi bitilgan manzilga o‘tkazish yuli bilan uzlashtirilganligini aniklash imkonin beradi.
Xozirgi vakda ish xakini jamgarma kassasiga o‘tkazishning konuniyligi xam mukobil tekshirish usuli bilan aniklanadi.
Xulosa
Kassa operatsiyalari audit - korxonaning bo‘sh pul mablag‘lari va muomaladagi pul mablag‘lari xarakati, ulardan foydalanishning konuniyligini tekshirishdir. Natijada naqd pul operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan me’yoriy hujjatlarga muvofikligini ta’minlashdan iborat bulib, buxgalteriya hujjatlarida to‘g‘ri aks ettirilish tartibiga rioya etilishini aniklashdir.