AVP Control Center oynasi quyidagi bo'limlardan iborat: - Components - antivirus kompleksiga kiruvchi modullar ro'yxati, versiyalari va oxirgi yangilanish sanasi - Tasks - bajariladigan vazifalar ro'yxati; - Report - hisobotlar bo'limi; - Password - AVP Control Center dasturini yuklashga va chiqib ketishga parol o'rnatish. Kerakli o'zgartirishlar kiritilganidan keyin OK tugmasi chertiladi. O'zgartirishlarni bekor qilib chiqish uchun "Cancel" tugmasi bosiladi.
KASPERSKY ANTIVIRUSI
Yuqori texnologiyalar bo’yicha etakchi insonlar nafaqat Amerikada, balki Rossiyada ham bor. Kompyuterga ozgina ishi tushgan odam borki, Kaspersky nomini eshitgan bo’lishi shubhasiz. U yaratgan antiviruslardan butun dunyoda foydalaniladi. Evgeniy Valentinovich Kaspersky 1965 yilning 4 oktyabrida Novorossiysk shahrida tug’ilgan. 1991 yilga qadar Kasperskiy mudofaa ministrligining ko’p tarmoqli ilmiy tadqiqot institutida ishladi. 1989 yilning oktyabr oyida uning hayotida tub burilish yasaydigan voqea yuz berdi. Evgeniy ishlaydigan kompyuterga «Cascade» nomli virus hujum qildi. Shundan so’ng Kasperskiy bu virusni va umuman viruslar fenomenini o’rganishga kirishib ketdi. 1991 yildan 1997 yilgacha «KAMI» kompaniyasida u hamfikr do’stlari bilan “AVP” loyihasini rivojlantirish ustida ish olib bordi. Bu loyiha “Kasperskiy antivirusi” degan nom ostida butun dunyoga mashhur bo’lib ketdi.
KASPERSKY ANTIVIRUSI
Kasperskiy tomonidan 2001 yilda tashkil etilgan va har yili o’tkaziladigan Virus Bulletin konferentsiyasi antivirus industriyasining markaziy tadbiri hisoblanadi. Shuningdek, uning laboratoriyasi 2001 yilda global miqiyosdagi epidemiyalarga sabab bo’lgan Code Red, Nimda, SirCam, Goner, Aliz kabi mashhur viruslarga qarshi samarali kurashgani bilan nom qozongan. Ko’pchilik undan “viruslar ham aslida antiviruschilarning ishi emasmi, axir virus ko’pligidan aynan ular manfaatdor-ku”-deb so’rashadi. Bunga javoban Kasperskiy bosiqlik bilan “Manfaatdorlik tomoni hisobga olinsa, shifokorlar ham kasallik ko’payishini xohlashlari kerak bo’ladi, men ham o’z ishimni shifokorlikka qiyoslagan bo’lardim. Biz kurashishimiz kerak bo’lgan kasalliklar shundoq ham keragidan ham ortiq”-deya javob beradi.
KASPERSKY ANTIVIRUSI
Antiviruslar 5 ta parametr bo'yicha solishtiriladi:
1.Dizayni
2.Ishlash va virus qidirish tezligi
3.Qo'shimcha imkoniyatlari
4.Viruslar bazasi imkoniyatlari
5.Moliyaviy qismi
KASPERSKY ANTIVIRUSI
Kasperskyning dizayni boshqa antivuruslarga nisbatan ancha sodda va tushunarli. Kerakli narsalarni topish sizga u qadar qiyinchilik tug'dirmaydi. "Qidiruv" funksiyalarining oldi oynalarda joylashgani bu antiviruslardan foydalanishda ancha yengillik yaratadi. Boshida Kasperskyda qizil rang juda ko'p ko'zga tashlanardi, qizil hoshiyalar, qizil tugmalar va shu kabi belgilar Kasperskyning asl dizayni edi. Lekin, vaqt o'tgan sari Kaspersky imkon qadar och yashil rangga o'zgartirdi.
KASPERSKY ANTIVIRUSI
Kaspersky antivirusida foydalanuvchi qancha ko'p fayllarni ochsa shuncha tizimni og'irlashtiradi. Kaspersky antivirusi juda uzoq vaqt tekshiradi, lekin ko'proq xatarli fayllarni topadi. Shunga yarasha tizim yuklanadi va qotadi. Kaspersky antivirusida tizimni qayta tiklash, bulutli himoya va shu kabi noodatiy imkoniyati mavjud. Yangilanish (Обновление) ni olishi bo'yicha Kaspersky juda katta masalani oldinga qo'yadi – Litsenziya masalasi! Kasperskyning kalitlarini internetdan topishingiz mumkin, lekin kalitlar qalbakiligi tezda fosh bo'ladi va antivirus litsenziyali kalit qo'ymaguningizcha ish faoliyati samarasini kamaytiradi yoki kalit qalbakiligi haqidagi e'lon chiqaveradi!
Do'stlaringiz bilan baham: |