Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
6.3.-jadval 
Qo’shimcha hisoblangan to’lovlar summasini Davlat byudjeti va O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasi o’rtasida taqsimlash normativlari
95
.
 
T/r
To’lovchilar
Umumiy tushumlarga 
nisbatan foizlarda 
Davlat 
byudjeti
O’zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
huzuridagi 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg’armasi
1. 
Mikrofirma va kichik korxonalar 
27,9 
72,1 
2. 
Boshqa to’lovchilar 
21,0 
79,0 
94
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Moliya vazirligining 2015 yil 2 martdagi 2015-9, 16-
son Qarori. «Xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan 
holda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga 
kiritilayotgan o’zgartirishlar to’g’risida”gi Nizomi. 
95
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Moliya vazirligining 2015 yil 2 martdagi 2015-9, 16-
son Qarori. «Xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan 
holda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga 
kiritilayotgan o’zgartirishlar to’g’risida”gi Nizomi. 


198 
Hisoblangan to’lovlar summasi g’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’iga 
o’tkaziladi, ushbu mablag’lar Davlat byudjeti va O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi o’rtasida mazkur 
Nizomning belgilangan normativlar bo’yicha taqsimlanadi. Hisob-kitoblarni 
bugungi kundagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan yoki jami mehnat haqi fondiga 
nisbatan aniqlaganda natija, albatta, korxona uchun yanada yuqori bo’lishini 
kuzatish mumkin. Bu holat qaysi nisbatda bo’lishi kerak, - degan savol tug’iladi. 
To’g’ri, byudjetga tushadigan barcha to’lovlar va ushlanmalarni olib tashlash 
mumkin emas, negaki ular maqsadli xarakterga ega. Qator yillar davomida 
davlatning byudjet tizimini isloh qilish borasidagi harakatlari natijasida yagona 
ijtimoiy to’lov 40,0 foizdan 25,0 foizga tushirildi. Lekin bu erda stavkani 
kamaytirish yoki olib tashlash masalasi to’g’risida emas, balki stavkani imkon 
qadar optimallashtirish to’g’risida gap borishi kerak. Yagona ijtimoiy to’lov 
ob’ektini to’g’ri tanlash mezonlarini ham esdan chiqmasligi kerak. 
Ijtimoiy ta’minotning 
maqsadli 
mablag’lari manbalari ichida Pensiya 
jamg’armasi ham alohida o’rin egallaydi. Shu bois pensiya ta’minoti 
mamlakatimizda shakllangan ijtimoiy muhofaza tizimining muhim tarkibiy qismi 
bo’lib, mehnatga layoqatsiz aholi va kam ta’minlangan fuqarolarning turmush 
darajasi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, 
tashkiliy xususiyatga ega kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko’zda 
tutadi. Bunda davlat tomonidan fuqarolarning yaxshi yashashi uchun byudjet 
hisobidan yuqoridagi ijtimoiy qatlamlarga ajratilayotgan mablag’lardan samarali 
foydalanish maqsadida qat’iy byudjet nazoratini samarali tashkil etish talab etiladi. 
Pensiya ta’minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi davlatning pensiyaga oid 
majburiyatlarini bajarishi uchun moliyaviy resurslarning etishmasligidir va bu 
muammo aholining keksayib borishiga muvofiq kuchayib, murakkablashib boradi. 
Aholining hayot sharoitlarini yaxshilash, turmush farovonligini yanada oshirish 
maqsadida ijtimoiy sohaning istiqboldagi rivojlantirilishi yuqori iqtisodiy o’sish 
sur’atlarini 
ta’minlash, 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalash 
va 


199 
diversifikatsiyalash, 
iqtisodiyotni 
tarkibiy 
jihatdan 
o’zgartirish, 
milliy 
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga bog’liq. 
Pensiya tizimining kelgusidagi rivojlanish bosqichlarini jadallashtirish va ijtimoiy 
himoya tizimida yangi o’zgartirishlarni amalga oshirish, tizimga innovatsiyalarni 
tatbiq etish orqali hamda Pensiya jamg’armasi daromadlarining yangi manbalarini 
shakllantirishdan va bu mablag’lardan samarali foydalanishni yangicha usullarini 
talshkil etish orqali ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Shuningdek, taraqqiy 
etgan mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqib, O’zbekistonda xususiy pensiya 
fondlari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish, pensiya 
tizimini rivojlantirishda jahonning rivojlangan mamlakatlar pensiya tizimi 
borasidagi tajribalarini o’rganish, ulardan mamlakatimiz pensiya tizimining o’ziga 
xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy foydalanish mumkin. 
Iqtisodiy rivojlanishning bugungi bosqichida rivojlangan mamlakatlarning 
ko’pchiligi ijtimoiy himoya tizimini yuqori darajaga olib chiqishdi, shuningdek, 
tizimga yangilik va innovatsiyalarni olib kirishda davom etishmoqda. 
Respublikamizda aholini ijtimoiy himoyalash tizimini mukammallashtirish, 
jumladan, uning qonuniy-huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda me’ëriy 
normativ hujjatlar yartish asosida tizimni rivojlantirish mustaqillika erishilgandan 
hozirga qadar eng dolzarb yo’nalishlardan biri sifatida e’tiborlidir. O’zbekistonga 
sobiq Ittifoq tizimidan meros bo’lib qolgan pensiya ta’minoti tizimi bozor 
iqtisodiëtiga 
javob 
berolmaydigan, 
asosan, 
davlat 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan ijtimoiy ta’minot tizimiga aylanib qolgan edi. Pensiya 
tizimini 
rivojlantirish 
istiqbollarini 
yaratishdagi qonuniy-huquqiy bazani 
mukammal darajada rivojlantirish mamlakatimizda umr davomiyligi oshib 
boraëtgan bir davrda aholini pensiya oluvchi qismini moddiy ta’minlashda va 
ularning turmush darajasini yaxshilashda eng muhum vazifalardan biridir. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish