Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

5.
 
Fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlar yig’ma jildida birlamchi 
hujjatlarning to’liqligi, ishonarligini yoppasiga tekshiruvlarni amalga 
oshirish vakolati ..berilgan. 
 
A.
Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasiga
B.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga
C.
O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligiga
D.
Pensiya jamg’armasi hududiy bo’linmalariga
6.
 
Pensiya jamg’armasi bo’limida aniqlangan ortiqcha to’lovlar Pensiya 
jamg’armasining shaxsiy g’azna hisobvarag’iga …kiritiladi. 
 
A.
naqd pulda yoki pul o’tkazish yo’li bilan 
B.
naqd pulda 


183 
C.
pul o’tkazish yo’li bilan 
D.
chet el valyutasida pul o’tkazish yo’li bilan 
 
7.
 
….pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari, boshqa 
to’lovlarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirilishi uchun javobgar. 
 
A.
Moliya vazirligi 
B.
Kuzatuv Kengashi 
C.
Ijrochi Direktor
D.
Moliya vazirligi G’aznachiligi
VI BOB.BYuDJETDAN TAShQARI PENSIYa JAMG’ARMASI 
FAOLIYaTIDAGI NAZORAT 


184 
6.1.Moliyaviy nazorat ishlarida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining 
ijro etuvchi apparati vazifalari 
 
Byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg’armasi hamda uning hududiy 
boshqarmalari va bo’limlari fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirish 
bilan bog’liq huquqlar va majburiyatlar qismida O’zbekiston Respublikasi Mehnat 
vazirligi ijtimoiy ta’minot organlarining huquqiy vorislari hisoblanadi. Pensiya 
jamg’armasining tashkil etilgan bo’linmalari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish vazirligining fuqarolar pensiya ta’minoti masalalari uchun mas’ul 
bo’linmalari xodimlarining tegishli soni hisobiga, o’tkaziladigan attestatsiya 
natijalariga qarab to’ldirildi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining fuqarolar pensiya ta’minoti 
masalalari uchun mas’ul bo’linmalaridagi fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlari 
yig’majildlari, buxgalteriya hujjatlari, arxivlar, ularga tegishli binolar (xonalar) va 
mol-mulklar belgilangan tartibda xatlovdan o’tkazildi va Pensiya jamg’armasi 
bo’linmalariga topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi 
hamda Mehnat vazirligi bilan birgalikda, xalqaro tajribani hisobga olib, mehnatga 
layoqatsizlikni e’tirof etishning ilg’or usullarini joriy etishni nazarda tutgan holda, 
tibbiy-mehnat ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish 
boshqarmasi tarkibida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’laridan 
maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy 
bo’linmalarida tegishli bo’limlar tashkil qilinishi munosabati bilan ulardagi 
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni O’zbekiston Respublikasi Mehnat 
vazirligining nazorat-taftish bo’linmalarini va Pensiya jamg’armasining Nazorat 
inspektsiyasini tugatish hisobiga 61 nafarga, jumladan, markaziy apparatdagi 
xodimlar soni 11 nafarga ko’paytirildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi 
«Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi PF-4161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda pensiya ta’minoti 


185 
tizimini boshqarishni tashkil qilishni takomillashtirish va uning faoliyat 
samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 
yil 30 dekabrdagi " O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida"gi 1252-son Qarori tasdiqlandi.
Pensiya jamg’armasining Kuzatuv kengashi Jamg’armani boshqarishning 
yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
qarori bilan tasdiqlanadi. Jamg’arma Kuzatuv kengashining majlislari yil choragida 
kamida bir marta o’tkaziladi. Jamg’armaning ijro etuvchi apparati Kuzatuv 
kengashining ishchi organi hisoblanadi. Majlisni Kuzatuv kengashi raisi, u 
bo’lmaganda esa - raisning o’rinbosari o’tkazadi. Kuzatuv kengashi majlisi, agar 
unda kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa huquqiy vakolatli 
bo’ladi (kvorumga ega bo’ladi). Kuzatuv kengashining qarori uning majlisda 
qatnashgan a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng 
bo’lgan taqdirda Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 
Pensiya jamg’armasining Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar tegishli 
bo’ladi: 
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 
Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, 
shuningdek Jamg’arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko’rib chiqish va 
tasdiqlash; 
-
Jamg’arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga 
oshiriladigan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash; 
-
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Respublika 
tibbiy-ijtimoiy 
ekspertiza 
inspektsiyasi, 
tibbiy-mehnat 
ekspertizasi 
xizmatlari va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg’arma 
vakolatiga tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitish; 
-
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Jamg’armaga majburiy 
ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishini 
ta’minlash to’g’risidagi axborotini eshitish; 


186 
-
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg’armaning ijro 
etuvchi direktorini, uning o’rinbosarlarini lavozimga tayinlash va 
lavozimdan ozod qilish to’g’risida taqdimnoma kiritish; 
-
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’g’risidagi namunaviy nizomni 
tasdiqlash; 
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasining Pensiyalar tayinlash bo’yicha tuman (shahar) 
bo’limi komissiyalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; 
-
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg’arma 
daromadlarini shakllantirish, uni o’z vaqtida moliyalashtirish va undan 
maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat qilish; 
-
topshiriqlar, vedomostlar va pochta o’tkazmalari bo’yicha to’lanadigan 
pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar jo’natilishi va etkazib berilishi bo’yicha 
xizmatlarga haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash; 
-
Jamg’arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat 
ijtimoiy sug’urtasiga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari 
amalga oshirilishi bilan bog’liq boshqa funktsiyalarni amalga oshirish.
 
«Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi direktori Pensiya 
jamg’armasi Kuzatuvchilar kengashining taqdimnomasi bo’yicha O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Pensiya jamg’armasi ijro 
etuvchi apparati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo’limlarining 
xodimlariga moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari 
tatbiq etiladi»
88
.
Jamg’arma ijro etuvchi apparatining, uning hududiy boshqarmalari, tuman 
(shahar) bo’limlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi, tibbiy-
mehnat ekspertizasi xizmatlari ta’minoti respublika byudjeti mablag’lari hisobiga 
amalga oshiriladi. Jamg’arma ijro etuvchi apparatining, uning hududiy 
boshqarmalari, tuman (shahar) bo’limlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza 
88
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi "O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida"gi 1252-son Qarori. 


187 
inspektsiyasi, tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari ta’minoti respublika byudjeti 
mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Tibbiy-mehnat 
ekspertiza 
xizmatini 
boshqarish 
tuzilmasini 
yanada 
takomillashtirish va uning faoliyatini samarali tashkil etish, sifatli tibbiy 
tekshirishdan 
o’tkazish 
uchun 
zarur 
shart-sharoitlar 
yaratish 
hamda 
ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert 
komissiyalari ishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 avgustdagi «Bosh tibbiy-
mehnat ekspert komissiyalari tuzilmasini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 
241-son qarori qabul qilindi.
Mazkur Qarorga asosan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmasi
 
tasdiqlandi.O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga, zaruriyat bo’lganda, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat 
ekspert komissiyalari, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-
mehnat 
ekspert 
komissiyalarining 
namunaviy 
tuzilmalariga, 
shuningdek 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi tuzilmasiga 
xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida o’zgartirishlar kiritildi. 
Pensiya jamg’armasining hududiy boshqarmalari Jamg’armaning ijro etuvchi 
apparatiga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha - hududlar 
bo’yicha to’langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va 
boshqa to’lovlar to’g’risidagi tezkor axborotni beradi. Tasdiqlangan shakl bo’yicha 
yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun 
mobaynida - mablag’lardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish