Ikki yo‘lli zich yoki siyrak bezak uramli bahyaqator. Bahyaqator (59-rasm, g, d) keskin ko‘zga tashlanib turadigan yirik bahyaqator bo‘lgani uchun uni kashta guliga asos qilib olinadi. Zanjirsimon ikki yo‘lli zich yoki siyrak bezak uramli bahyaqator ham ikki yo‘lli bahyaqatorni bajarishdagi detallar ishtirokida olinadi, fakat ular qatoriga bezak o‘rash mexanizmigina qo‘shiladi. Iplarni taqish ham ikki yo‘lli bahyaqatordagiga uxshash bo‘ladi.
«Ingichka shnur» bahyaqator. Bu bahyaqator (59-rasm, e) aylantirgich ipidan, bezak uramidan va karkas ipidan iborat bo‘ladi. «Ingichka shnur» bahyaqator mustaqil burtmas sifatida ham, boshqa bahyaqatorlar bilan birgalikda ham qo‘llaniladi. «Ingichka shnur» bahyaqator chiqarish uchun kovak igna tutgich 1 ishlatiladi.
«Qalin shnur» bahyaqator. Bu bahyaqator (59-rasm, j) ko‘pincha boshqa bahyaqatorlar bilan birgalikda ishlatiladi, chunki fakat shu bahyaqatorning uzidan iborat kashtaning ko‘rinishi ko‘polrok chiqadi. «qalin shnur» bahyaqator bezak urami bor ikki yo‘lli bahyaqatordan va karkas ipidan iborat bo‘ladi. Bu bahyaqatorni yuritish uchun mashinaga ikki yo‘lli bahyaqator yuritilgandagi kabi detallar o‘rnatilib, ular qatoriga o‘ragich mexanizmi kushiladi.
«Solqi bezak» bahyaqator. «Solqi bezak» bahyaqatorga mo‘ljallangan kashta guli xar xil joylarini bahyalar bilan tuldirib koplash printsipida tuzilgan bo‘ladi. Bu bahyaqator bitta aylantirgich ipidan iborat bo‘lib, mate-rial ustidan solqi halqalar qoldiradi (59-rasm, z). «Solqi bezak» bahyaqator yuritishda ko‘pincha jun ip ishlatiladi, chunki u juda kayishkok bo‘lib, kashtani nixoyatda sifatli kursatadi. «Solqi bezak» bahyaqator yuritish uchun ipning tarangligi boshqa bahyaqatorlarga mo‘ljallangandan ancha bush bo‘lishi kerak. Bahya yirikligi ipning qalinligiga karab 1–1,5mm ga teng qilib o‘rnatiladi.
«Ayqash» bahyaqator. «Ayqash» bahyaqator yuritib tiqilgan gulning (59-rasm, i) o‘ziga xos xususiyati bor, chunki bu bahyaqatorni fakat egri chizik bo‘ylab yuritish mumkin. SHuning uchun «Ayqash» bahyaqator yuritishga mo‘ljallangan kashta gullarini ma`lum ketma-ketlikdagi birikmalari turli ulchamdagi yoylardan iborat. «Ayqash» bahyaqatorning bezak o‘rami bilan o‘ralgan zanjirsimon bahyalari materialni igna teshgan joylaridan ancha nari tortib turadi. Bu bahyaqatorni yuritishda ham bir yo‘lli bezak uramli bahyaqator yuritishdagi kabi detallar ishlatiladi Tikish paytida bahyalar tortilib qolmassligi uchun igna tutgich birmuncha yuqorirok o‘rnatiladi. «Ayqash» bahyaqatorni chiqarish uchun bezak o‘ragichi ipining tarangligini oshirib, aylantirgich ipi bo‘shatiladi. Ipak ipdan tiqilgan «Ayqash» bahyaqatorning ko‘rinishi eng samarali chiqadi.
VM-50 mashinasini boshqarish tikuvchidan moxir ustalikni talab qiladi. Mashinada ishlashning asosiy printsipi tikuvchi qo‘llarining kashta chizig‘i bo‘ylab materialni to‘g‘ri yo‘naltirishdagi harakatlanishidir. Har bir yangi kashtani tikishdan oldin uning tuzilishi bilan puxta tanishish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |