Kasbga doir reja tuzish.
Kasbga doir rejada kishining o'z-o'zini tarbiya qilish dasturi: kasbga oid muhim bo'lgan qanday fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, o'z sog'ligini qanday qilib mustahkamlash mumkinligi va boshqa shu singari tadbirlar ham o'z ifodasini topishi kerak. O'z bilimini mustaqil oshirib borish - o'z ustida ishlash masalalariga ham: qanday adabiyotni o'qish, qanday to'garaklarda yoki qiziqish bo'yicha tuzilgan guruhlarda shug'ullanish, qanday ko'rgazmalami borib ko'rish singari masalalarga ham alohida e'tibor berish lozim. Shunday qilib. o'zingiz ko'rib turganingizdek, shaxsiy kasbga doir rejalar yaxshi va har tomonlama o'ylangan bo'lishi kerak, ularni tuzish vaqtida har bir kishi mustaqillik ko'rsatishi va mas'uliyatni his etib turishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |