Shu kasb egasi bo’lgum.
Mashinada paxta terib,
Men elimga tanilgum.
Yozuvchi:Kitob yozib odamlarga
Yaxshilik ulashaman
Qalam bilan yovuzlikka
Qarshi men kurashaman.
Quruvchi:Orzularim ulashib,
Men quruvchi bo’laman.
Osmon o’par binolar,
Maktab, bog’cha, saroylar,
Qurishni do’ndiraman.
Bulder(Quruvchi)
I want to be a builder and build the houses,
In the cities,in the towns,
Supermarkets,hotels and banks
For the people,for the guests.
Nonvoy:Issiq tandir oldida,
Non yopish ham osonmas.
Nonni isrof qilganlar,
Buni bilsa yomonmas.
Qo’shiq:Sartarosh
Kaminaning nomlari
Mulla Ali jon Ali
Qo’llari gul o’zlari,
Shirin-shakar so’zlari.
Hey-hey do’stlarim,
Yurtimda to’y-tomosha bayrami.
Bayrami,bayrami,
Xizmatida hey barakallo,Ali.
Jonginam Ali kasbi-korim sartarosh,
Oromijon-ey,sarviravoney.
Tikuvchi:Chiroyli liboslarni
Juda yaxshi ko’raman.
Katta bo’lsam, albatta,
Zo’r tikuvchi bo’laman.
Sizga nima? Ko’ylakmi?
Yo tikib beray nimcha?
Shoshmay turing azizlar,
O’rganib olay picha.
Harbiy:Men askarman doimo
Hushyorlik menga qurol
Darrov sezaman hatto
Shitirlasa gar shamol.
Axir ona vatanim
Tikkan menga ko’zini
Fido etib bu jonim
Oqlayman yurt tuzini
Duradgor:Juda ko’p hunarlar bor,
Eng keragi duradgor.
Yasayman turli jihoz,
Ustaxonam keng va soz.
Pardozchi:Eshiting quloq osib,
Pardozchi ham kasb
Pardoz qilsam yuzingiz
Tanimaysiz o’zingiz
Pardoz bo’lsa sizga mos
Bildirmaymiz e’tiroz
Aytasiz ming bor rahmat
Qo’lingiz ko’rmasin dard
Danser(Raqqosa)
She is a danser,she likes dansing,
She brings happiness to us.
She dances for “Lazgi” and “Tanovar”,
She is really our star
She dansces for national “Dilxiroj”
Let’s enjoy and let’s watch!
Qo’shiqqa qizlar raqs ijro etadi.”Doira”qo’shig’i.
Bo’yoqchi:Men bo’lmoqchi bo’yoqchi
Uning ishiga boqchi
Bo’yalgan zahot xona
Go’zallashadi yana
Cho’tka bo’yoq,purkagich
Ular bilan ko’ngil tinch
Sariq yashil ko’k bo’yoq
Buncha go’zal hamma yoq
Kulol:Men-chi bo’laman kulol
Sizni qilib hayron lol
Yasasam ko’za idish
Juda maroqli bu ish
Loy go’yoki jonlanar
So’ng ko’za olovlanar
Keyin naqshi chizilar
Tayyor bo’lib tuzilar
Haydovchi:Mashinam pishqiradi,
G’izillab tez yuradi.
Haydovchiman tin bilmas,
Manzilni aytsangiz bas.
Zargar:Men zargar bo’lib,yarataman ajib bir bezak
Unda jilolanadi momolar aksi
Ajdodlar merosin asramoq kerak
Shunda davom etar o’zbekning nasli.
Qo’shiq:Oshpaz.
Oshpazlik kasbu-korim,
Mehnatim-iftixorim.
Mana katta qozonda,
Qozonda,qozondayey,
Damlab qo’ydim palovni,
Palovni,palovniyey.
Olmasin deb tagini,
Tagini,taginiyey.
Pasaytirdim olovni,
Olovni,olovniyey.
Cook(Oshpaz)
I am a cook and I cook,
I am reading cooking book.
Cooking is tasty and good,
I have many kinds of food.
I have meat and I have oil,
I want to fry and I want to boil.
1-o’quvchi:Bo’lay desang bog’bon
Yo vatanga posbon
Yo osmonda uchuvchi
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaiki qilsang tilak
Bariga o’qish kerak.
2-o’quvchi:Hunar o’rgan, ey o’glon,
Hunar senga asqotar.
Hunarlar ko’p, soni yo’q,
Sanasang, qator-qator.
3-o’quvchi:O’rgan o’glim yigitsan,
Yetmish hunar oz senga
“Hunarli er kam bo’lmas”
Maqolin ol esinga.
4-o’quvchi:Mayli duradgor usta,
Chilangar bo’l, xohishing,
Xalqqa biron manfaat,
Yetkazsin qilgin ishing.
5-o’quvchi:Binokor bo’l, ha balli,
Bizga sos uylar kerak.
Bastako bo’l, marhamat,
Sho’x qo’shiq, kuylar kerak.
6-o’quvchi:Rizamat bobodek bo’l,
Yashnat vatan bog’larin.
Har qarichi oltindir,
Cheksiz bug’doyzorlarin.
Hamma:Hunarli bo’l, ilm ol,
Har ikkisi ham zarur.
Hunar-bu baxtu iqbol,
Belga quvvat, ko’zga nur.
Sahna ko’rinishi:Sunnatilla Anorboyevning “Bahs”hikoyasi asosida.
Muallif:Oqsoy qishlog’ida Halim,Salim,Karim degan bolalar bor.Ular sinfda ham yonma-yon o’tirishadi.Darsni ham birga tayyorlashadi.Ta’til yaqinlashgan edi.Uch o’rtoq yozda qiladigan ishlari to’g’risida suhbatlashishyapti.
Karim:O’qish tugagan kunining ertasigayoq yaylovga ketaman.Bo’ribosarni ergashtirib,qo’y boqishga otamga yordamlashaman.Katta bo’lsamchi otamdek cho’pon bo’laman.Cho’ponlikdan yaxshi kasb yo’q olamda!
Muallif:Karimning so’nggi gapidan Halim va Salimning jahli chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |