Kasbiy tayyorgarlik jarayonida umum ta'lim, umum kasbiy va ixtisoslik o'quv predmetlarning alaqodorligi mundarija: kirish I bob kasbiy tayyorgarlik jarayonida umum ta'lim



Download 62,02 Kb.
bet7/8
Sana02.07.2022
Hajmi62,02 Kb.
#728929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KASBIY TAYYORGARLIK JARAYONIDA UMUM TA\'LIM , UMUM KASBIY VA IXTISOSLIK O\'QUV PREDMETLARNING ALAQODORLIGI

2.2-chizma. Mukammal harakat modeli
Mukammal harakat modeli – mustaqil kasbiy harakatlanish modeli deb ham atalgan model – ta’rif sifatida kasbiy-texnikaviy sohada uch­raydigan ko‘plab ish faoliyatlariga mos keladi. Masalan, maqsad ko‘­rinarli, o‘lchanarli natijalardan iborat bo‘lgan hollarda. Bu model bir kas­biy harakatni 6 ta alohida harakat bosqichlariga bo‘ladi.
Mukammal harakat amalga oshirilishining o‘zi o‘rganish bilan teng hisoblanadi. Pedagogik muammo shundan iboratki, har bir alohida bo­s­qich bo‘yicha bir strategiyani tanlash kerakki, o‘quvchi ham xayolida (xa­yolda sinov sifatida harakatni bajarish), ham o‘ngida mukammal ha­rakatlarni bajarishi taminlanishi kerak. 
Yo‘naltiruvchi tekst usuli bu muammoni shunday hal qiladi: bu usul xayolda bajariladigan jarayonlarni deyarli tashqariga chiqaradi. Ya’ni, odatda faqat xayolda bo‘lib o‘tadigan narsalar, bu usul bo‘yicha yo­zilishi yoki ovoz chiqarib aytilishi kerak. 
Shuning uchun bu yerda bir necha teskari aloqa jarayonlari mavjud. 
«Ma’lumot yig‘ish» (1), «Rejalashtirish» (2), «Amalga oshirish» (4) va «Tekshirish» (5) bosqichlarini o‘quvchi deyarli butunlay o‘zi yoki kichik guruhlarda bajarishi mumkin. «qaror qabul qilish» (3) va «Xulosa chiqarish» (6) bosqichlarida erishilgan natijalar esa o‘qituvchi yoki ins­truktor bilan batafsil muhokama qilinishi kerak.
O‘quv jarayonini bunday bosqichlarga bo‘linishi o‘quvchilarni iloji bo­richa ko‘proq mustaqil o‘rganishga turtki beradi. O‘quvchilarga «Ma’­lumot yig‘ish va Rejalashtirish» bosqichlarida yozma hujjatlar, ma­salan texnik chizmalar, jadvallar, eslatmalar, yo‘riqnomalar yoki o‘qi­tuvchi o‘zi tuzgan hujjatlar berilsa, maqsadga muvofiq. Bunday hujjatlar mustaqil o‘rganish jarayonini juda yaxshi kuchaytiradi. 
Instruktor va o‘quvchilarning uzini tutishi bu usulni qo‘llashda aniq shakllanadi: Instruktor o‘quv jarayonida moderator rolini o‘ynaydi, ya’­ni u har bir bosqich uchun kerakli ma’lumot materiallarini tayyorlaydi va o‘quvchilarga mustaqil Ma’lumot yig‘ishda yordam berib turadi. U o‘quvchilarni aniq maqsadga qaratilgan ish-harakat qilishiga turtki be­radi, ukuvchining progressini nazorat qiladi va o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rganishdagi nuqsonlarni bartaraf etish yo‘llari haqida o‘ylaydi.
O‘quvchi esa o‘z ta’limining faol qatnashchisi bo‘lib qoladi. Endi u fa­qat tinglovchi emas, balki bajariladigan topshiriq uchun kerakli barcha ma’lumotlarni yig‘adi, o‘z ish tartibini va kerakli vaqtni o‘zi reja­lash­ti­radi va qolaversa o‘z ish natijasini o‘zi baholaydi. Bularni hammasini o‘quvchi bitta o‘zi qilishi mumkin yoki boshqa o‘quvchilar bilan bir­galikda bajarishi mumkin, bu esa maqsadga nihoyatda muvofiq bo‘ladi.
o‘quvchilar shunday rol o‘ynashlari va o‘zlarini shunday tutishlari «poydevor kvalifikatsiyalar» deb atalgan kobiliyatlar rivojlanishiga juda ham katta yordam beradi, ya’ni mustaqil o‘rganish, muloqot tuzish, jamoada ishlash va eng muhimi o‘z natijalarini o‘zi baholash va ish-harakatlarini rejalashtirish kabi qobiliyatlarini rivojlantiradi. Yo‘nal­tiruvchi tekst usuli doirasidagi harakatlar quyidagi tarzda amalga oshadi:
Didaktik prinsiplar. o‘quv-nazariy va didaktik tajriba asosida gap quyidagi oriyentirlar haqida ketadi:
o‘rganish/o‘zlashtirish jarayonining asosini iloji boricha mus­taqil bajariladigan yoki xayolda amalga oshiriladigan ish-harakatlar tashkil qi­ladi (ish-harakat orqali o‘rganish);

  • ish-harakatlar o‘quvchilar tomonidan iloji boricha mustaqil ra­vishda rejalashtirilishi, amalga oshirilishi, tekshirilishi, zarur bo‘lsa, to‘g‘rilanishi va nihoyat baholanishi lozim;

  • ish-harakatlar shuni rivojlantirishi kerakki, o‘quvchilar o‘z kasb-hunarlarida asli hayotda uchraydigan holatni uning yaxlitligida tushu-nishlari, ya’ni ushbu ish-harakatlar o‘ziga tehnik, mehnat hafsizligi, hu­quqiy, ekologik, ijtimoiy aspektlar kabi savollarni qamrab olishlari lozim;

  • ish-harakatlar o‘quvchilarning bilim-tajribasiga integratsiya bo‘­lishi va ularning ijtimoiy ta’sirlari jihatidan e’tiborga olinishlari lozim. 

Bu usulda instruktor an’anaviy instruktajlar o‘tkazmasa ham, u ins-truktajsimon harakatlar qiladi. Asosiy urg‘u doim o‘quvchilarning mus-taqil instruktajiga beriladi. Faqat muammolar paydo bo‘lgan paytda Ins­truktor o‘quvchilarga kerakli bilim-ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida instruktaj o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik haqida qaror qabul qilishi mum­kin.
1 bosqich: Ma’lumot yig‘ish. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘zlari o‘z­lariga instruktaj berishlari haqida gap ketyapti. Instruktor buning uchun kerakli barcha manbalarni ularga berib qo‘yadi, ya’ni texnik chiz­malar, darsliklar, texnik jadvallar, formulyarlar hamda maxsus savollar varag‘ini beradi. Savollar varag‘ida o‘quvchilarga ma’lumotlarni qanday qilib qadamba-qadam yig‘ish savollar shaklida ko‘rsatiladi.
Bu savollar «yo‘naltiruvchi savollar» deb ataladi. Yo‘naltiruvchi sa­vollar asosida har qanday ma’lumot manbasidan «yo‘naltiruvchi tekst» tuzilishi mumkin. o‘quvchilar ularga berilgan hujjatlar asosida barcha ke­rakli ma’lumotlarni iloji boricha mustaqil ravishda yig‘ib olishadi; ular buni yakka tartibda yoki guruhlarda qilishlari mumkin. (Mo‘ljal: mustaqil o‘rganish usullari va hamkorlik, muloqot qobiliyatlari
Yo‘naltiruvchi savollarga javoblar – bu ish topshirig‘ini bajarish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamidir. Agar bu jarayonda muam­molar yuzaga kelsa, instruktor instruktajsimon harakatlarni amalga oshirib, o‘quvchilarni muammo yechimi sari olib boradi. Faqat niho­yatda katta qiyinchiliklar paydo bo‘lsagina, masalan o‘quvchilarda te­gishli dastlabki bilimlar darajasi juda past bo‘lsa yoki o‘quvchilar tekst­lar bilan ishlashga hali yaxshi o‘rganmagan bo‘lishsa, instruktor muam­mo yechimini o‘zi aytib beradi.
2-bosqich: Rejalashtirish. O‘quvchilar yo‘naltiruvchi savol­larga javob berishni davom etishadi. Lekin endi ular ish bosqichlarini rejalashtirishga tegishli savollar bo‘lib, o‘quvchilar ish topshirig‘ini hal qilishga qaratilgan o‘zlarining ish bosqichlarini rejalashtiradilar. Buning uchun ular ish rejasi formulyarini to‘ldirishadi. (Mo‘ljal: muammolarni yechish qobiliyati, oldindan nima qilishni o‘ylab chiqish qobiliyati, o‘zaro aloqalarni e’tiborga olib o‘ylash qobiliyati) 
3-bosqich: Qaror qabul qilish. O‘quvchilar o‘z yechimini guruh va instruktor oldida taqdim (prezentatsiya) qilishadi. Ko‘pincha bu holda har xil yechimlar yuzaga keladi. Shuning uchun o‘quvchilar instruktor bilan birgalikda qanday yo‘l eng unumli va hamma o‘quv­chi­lar qanday ketma-ketlikda ishlashi kerakligi haqida qaror qabul qili­sha­di. Instruktor ushbu bahsda ham faqat yordam berib turadi va masla­hat­chi sifatida qatnashadi xolos. (Mo‘ljal: o‘z fikrini ifodalash (argu­men­ta­tsiya) qobiliyati, obyektivlik, muloqot qobiliyati, qaror qabul qi­lish qo­bi-liyati)
4-bosqich:­ Amalga oshirish. O‘quvchilar o‘z ish topshi­riq­lari­ni yak­ka tartibda yoki guruhlarda bajarishadi, 3-chi bosqich davrida kelishib olingan ish rejasiga muvofiq. Bu tarzda ular amaliy ko‘nikmalarni o‘z­lashtirishadi. (Mo‘ljal: aniqliq (bexatoliq), sistematik ishlash, puxtaliq, chidamliq)
5-bosqich: Tekshirish. Ish tugagandan keyin har bir o‘quvchi o‘z ishi­ni o‘zi tekshiradi va «Baholash varag‘i»ni to‘ldiradi. Bu «Baholash varag‘i» ham odatda bir formulyar bo‘ladi. Bu yerda u sifat kriteriylarini norma va asli holat bilan taqqoslashni o‘rganadi.
Xulosa
Yukorida tasvirlangan ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modeli bir maxsus soxani rejalashtirish maksadida kullanishi mumkin.azariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni tug‘ri rejalashtirish uchun, ta’lim beruvchi o‘zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya’ni «Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi zamonaviy talablariga muvofik o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men yana aloxida tayyorlanishim kerakmi?» xamda «Biror ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg‘ulotlarning rejasi bormi?» degan savolga javob berishi kerak. Bundan keyin, ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniklab olishi lozim.Buning uchun kuyidagi asosiy savollar kuyilishi lozim: Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ta’lim oluvchilarning dastlabki bilimlari kay darajada? • Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun kanday shartsharoitlar mavjud? • Kanday o‘kuv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘ • llbzda tutilmokda? Rejalashtirish uchun yukoridagi savollarni o‘rganib chikish - nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning boshka barcha tayyorlash xarakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq ko‘rsatadi. Maksadlar: Nima uchun ? Xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot oldindan belgilangan maksadlarga rioya kilishi lozim. Odatda O‘kuv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bulgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda nazariy dars rejasiga kiritiladi va maksad erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustaxkamlanadi. Mazmunlar: Nima ? Belgilangan o‘quv maksadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning mazmuni (shu jumladan ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan keraqli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshka tomondan topshiriklarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlarni (amaliy mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak. Metod: Kay tarzda ? Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda "an’anaviy" va "interfaol metodlar" deb atalgan metodlar ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.\ SHaroitlar: Nimalar yordamida ? SHaroitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar. ya’ni binolar, sinfxonalar, o‘kuv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jixozlanganlik darajasi, instrumentlar, chikim materiallarning umumiy xolati va xokazo, chunki ular ma’lum sifat standartlariga javob berishi kerak. Boshka tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular o‘quv jarayondagi bilimlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. o‘quv maksadlariga mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari mavjud. Lekin gap vositalarning ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv maksadiga erishish uchun ma’qul keladigan vositalarni tanlab olishdadir. Tashkillashtirish: Bu kanday amalga oshiriladi ? YUkorida aytilgan xamma narsalar vakt omilini inobatga olgan xolda tashkil kilinishi kerak. CHunki xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot uchun anik vaqt me’yorlari bor va aynan shu vakt doirasida o‘quv maksadlarga erishish lozim. Buning uchun nafakat puxta reja, balki unumli tashknllashtirish xam kerak. Vakt davri, vakt davomi va ukuv joyi - tashknllashtirish jarayonida belgilanadi. Urgatish va urganishni tashkil kilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud. Natijalar: Maqsadga erishildimi ? Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilganerishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baxolash vositalari, metodlari va mezonlari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari - mashkdar, ogzaki va yozma testlar xamda imtixonlar. Ular ta’lim oluvchilarning kobiliyatlari, bilim, kunikma va malakalarini baxolash nmkoniyatini yaratadi. Ta’limda innovatsion texnologiya XX asrning oxirlarida deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda tez tarqalib, nufuzli YUNESKO tashkiloti tomonidan ham tan olindi va qo’llab- quvvatlandi. Hozirda ko’pgina mamalakatlarda muvoffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda.

Download 62,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish