O’quv jarayonining tashkil etish texnologiyasi
O‘qitish jarayoni – pedagogning va u rahbarlik qilayotgan talabalarning nazariy bilim, amaliy ko‘nikma hamda malakalar tizimlarini ongli ravishda va puxta o‘zlashtirishga qaratilgan izchil xarakterlari majmuidan iborat. O‘qitish talabalar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda maxsus bilim berishning eng muhim vositasidir. O‘qitish jarayoni davomida talabalarning bilim olish kuchlari rivojlantiriladi. O‘qitish – o‘qituvchining ta‘lim oluvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini berish, ularning bilim olish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir. O‘qish – talabalarning o‘quv fani materialini o‘zlashtirish borasida qiladigan tizimi va ongli mehnati. O‘qitish ikki tomonlama jarayondir, u o‘qituvchining faoliyati va talabalar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilishdan, talabalarga fanga qiziqishni, fikrlar va e‘tiqodni tarkib toptirishdan, hamda talabalarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish, shuningdek, baholashdan iborat. O‘qitish jarayonining ikkinchi tomoni talabaning faoliyati bo‘lib, u o‘quv fani materialini o‘zlashtirishdan hamda bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida fikrlar va e‘tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan sistemali mehnatdan iborat. O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan belgilanishini, talabalarning o’qishini esa o’qituvchi yo’lga solib turishini nazarda tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni, o’qitish va o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak. O’quv jarayonining to’g’ri qo’yilishi shu bilan xarakterlanadiki, har qaysi bosqichda talabalar o’rganiladigan materialni tushunib oladilar, o’quv va malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar. O‘qitishning tashkiliy ko‘rinishlari deganda, o‘qituvchi va ta‘lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy ko‘rinishi guruhli va individual o‘qitishning har xil ko‘rinishida qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda ta‘lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, talabalarning o‘qishiga o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan xarakterlanadi.
Mutaxassislik fanlarini o‘rganishda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bir vaqtda o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Bu hol mashg‘ulotlar sistemasini rejalashtirishni osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu kabilar o‘tkazishni yengillashtiradi. Pedagogik adabiyotlarda darslarni ularning belgilovchi har xil alomatlari asosida klassifikatsiyalashning turli variantlari keltiriladi. Bunday alomatlardan biri o‘rganiladigan materialning mazmunidir. Darslarni klassifikatsiyalashning boshqa bir alomati ularni o‘tkazish usullaridir. O‘tkazish usullari deganda o‘qituvchining ma‘lum maqsadga qaratilgan faoliyatida, darsni o‘tkazish metodikasida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmui tushuniladi.
Shu nuqtai nazardan darslarning quyidagi turlari bo‘ladi: ma‘ruza, suhbat va ekskursiya darslari, videotasvir, ta‘lim oluvchilarning mustaqil ishi darsi, laboratoriya ishi, amaliy ish, aralash dars va hokazolar.
Ko’p hollarda darslarni asosiy didaktik maqsad bo’yicha klassifikatsiyasini eng ma’qul deb hisoblamoq kerak. Bu klassifikatsiyani eng ma’qul deb aytishning sababi shundaki, u boshqa hamma narsadan tashqari darsning o’quv jarayonidagi o’rnini hisobga oladi. Bu alomatga ko’ra darslarni quyidagi turlari mavjud: yangi bilimni bayon etish darslari, bilimni puxtalash, takrorlash va umumlashtirish, talabalarning bilim va malakalarini tekshirish, aralash darslari.
Ta‘lim maqsadlarini ishlab chiqishning birinchi bosqichida o‘qituvchi tayyorlanayotgan mutaxassisning yozma shakldagi moduli hisoblangan malaka talablarini mukammal o‘rganishi zarur. Undan so‘ng o‘quv rеjasi o‘rganilib, o‘zi o‘qitadigan o‘quv prеdmеtining o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqadorligi aniqlanadi. O‘qituvchi shu yo‘l bilan o‘zi o‘qitadigan o‘quv prеdmеtini o‘qitishdan ko‘zlangan umumiy maqsadni, mutaxassis faoliyatida uchraydigan muammoli vaziyatlarni aniqlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, o‘quv rеjasiga kiritilgan har bir o‘quv prеdmеti malaka talablariga o‘zining ma‘lum ulushini qo‘shib, bo‘lajak mutaxassislarda ma‘lum bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ko‘zda 60 tutadi. Bularsiz mutaxassis o‘ziga yuklatilgan lavozim vazifalarni to‘laqonli bajara olmaydi.
Shunday qilib, zamonaviy darslar bir-biriga mushtarak quyidagi uch maqsadni ko‘zda tutadi:
Ta‘limiy maqsad – talabalar bilimi, ko‘nikmasi va malakasida (o‘sish) yuksalishning qanday darajada bo‘lishi;
II. Tarbiyaviy maqsad – talaba shaxsida qanday sifat va fazilatlar tarkib topish va rivojlantirish zarurligi;
III. Rivojlantiruvchi maqsad – talabalar qanday mantiqiy opеratsiyalar va aqliy faoliyat usullarini o‘zlashtirishlari hamda uning rivojlantiruvchi natijalarini ko‘zda tutadi.
Kasbiy ta‘lim pеdagogikasi alohida fan va o‘quv prеdmеti sifatida nazariy va tеxnologik vazifalarni bajaradi. Bu vazifalarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 1. Nazariy vazifalar – ilg‘or kasbiy pеdagogik tajribalarni o‘rganish, kasbiy ta‘limning holatini aniqlash, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish. 2. Tеxnologik vazifalari – mеtodik matеriallar, o‘quv rеja, dastur, qo‘llanmalar ishlab chiqish, pеdagogika yutuqlarini amaliyotga joriy etish, tadqiqot natijalarini tahlil etish va h.k. O‘qitishning texnik vositalari – texnik qurilmalar bo‘lib, ularning yordamida o‘quv axborotlari talabalarga yetkaziladi va ma‘lumotlarning o‘zlashtirilishi nazorat qilinadi.
O‘quv jarayoni uchta asosiy maqsadni bajaradi: ta‘limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda barcha ana shu kompleksli jarayon juda muhim ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida darsni o‘quv vositalari bilan yoritishda iqtisodiy faktorni hisobga olishi darkor. Bir tomondan ta‘lim mazmuni, vositalari, ikkinchi tomondan ana shunday ta‘lim vositalarini tanlab tashkil etish va ularning ta‘lim-tarbiya jarayonidagi vazifalarini bajarish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |