Strategik boshqaruv
– biznes va strategik rejalarni tuzish va bu rejalarga
qat’iy amal qilishni ta’minlash uchun kerak;
Boshlang’ich hisob-kitob / buxgalteriya bilimi
– kirim-chiqimni qanday
qayd etib borish, hujjatlarni qanday tartiblash va saqlash yo’llari va
hokazolarni bilish;
Moliyaviy boshqaruv
– biznesni boshlash va davom ettirish uchun moliya va
sarmoyalarni topish va boshqarish;
Kadrlar boshqaruvi
– sizga ishlaydigan odamlarni topish, ishga olish va
boshqarish qobiliyati;
Marketing
– mahsulot yoki xizmatlaringiz haqida ma’lumotlarni xaridor va
mijozlaringizga to’g’ri yetkazish, an’anaviy va onlayn marketing yo’llaridan
unumli foydalana olish;
Sotish
– mahsulot yoki xizmatlaringizni to’g’ri sota olish va sotishdan
keyingi xizmatlarni risoladagiday bajarish;
Do'stlaringiz bilan baham: |