Kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarini yakuniy davlat attestasiyasiga qo‘yish hamda kurslarni yakunlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev xuzurida 2018 yil 17 iyul kuni o‘tkazilgan “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning tanqidiy tahlili asosida ushbu sohadagi islohotlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 10 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli kadrlarni kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 228-sonli, , O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 28 martdagi “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 115-sonli buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarkalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha Respulika maxsus komissiyasi yigilishining 11-son bayonida belgilangan topshiriklar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to‘g‘risida”gi 233-sonli buyruqlari hamda Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti Kengashining 2019 yil 5 fevraldagi 6-sonli bayoni hamda institut rektorining 2021 yil 11 yanvardagi 2-QT-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. Yakuniy davlat attestasiya komissiyasi taqdim qilgan natijalar asos sifatida qabul qilinsin.
2. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida qo‘shimcha belgilangan muddatlarda shartnoma shartlarini bajargan tinglovchilar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 1-bo‘lim boshlig‘i (N.Raxmanqulova)ga:
- davlat namunasidagi qayta tayyorlash haqidagi diplom blankalarini saqlash va kasbiy qayta tayyorlash fakulteti dekani bildirishnomasiga asosan ilovada keltirilgan tinglovchilar soniga mos ravishda diplom blankalarini ajratish;
- qayta tayyorlash kursini yakunlagan tinglovchilarga “Qayta tayyorlash haqidagi diplom”larni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va diplomlarni shaxsan bitiruvchining o‘ziga topshirish vazifalari yuklatilsin.
5. Kasbiy qayta tayyorlash fakulteti dekani (M.Xoldorov)ga:
- qayta tayyorlash kursi tinglovchilariga tegishli me’yoriy xujjatlarni o‘rnatilgan tartibda saqlash hamda belgilangan muddatda arhivga topshirish vazifasi yuklansin.
6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor N.S. Jo‘rayev zimmasiga yuklatilsin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 25-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 10 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli kadrlarni kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 228-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarkalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha Respulika maxsus komissiyasi yigilishining 11-son bayoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to‘g‘risida”gi 233-sonli buyrug‘i, Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti Kengashining 2019 yil 5 fevraldagi 6-sonli bayoni, Yakuniy davlat attestasiya komissiyasining 2020 yil 11 iyuldagi yig‘ilish bayonnomasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |