umumiy psixologiya-psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o'ziga xos jihatlarini o'rganadigan maxsus soha;
pedagogik psixologiya-kishiga ta'lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o'rganishni o'z predmeti deb biladi;
yosh davrlar psixologiyasi-turli yoshdagi odamlarning tug'ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o'zaro munosbatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o'zgarishi tamoyillarini o'rganadi;
ijtimoiy psixologiya-odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, e'tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o'rganadi;
mehnat psixologiyasi-kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o'rganadi;
muhandislik psixologiyasi-avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam-texnika o'rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyat-larini o'rganadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |