Kasbiy psixologiyada shaxs muammosi



Download 26,15 Kb.
bet1/5
Sana27.01.2022
Hajmi26,15 Kb.
#414282
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu


Kasbiy psixologiyada shaxs muammosi.

Psixologiya fanida inson zotiga xoslik, ya'ni individ masalasi (lotincha individ — ajralmas, alohida zot degan ma'noni anglatadi) shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog'lom (es-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo'q, oddiy malakalarni o'zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individ hisoblanadi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o'sha zotgina ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi boia oladi. Individ sifatida yorug' dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog'idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasida boiadi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo'lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a'zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilar og'ushida, ularning qalb to'rida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllanishiga, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog'liq bo'lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.


Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda bo'lsa-da, ammo uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o'ta bahsli masaladir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, shaxsning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish jarayoni odamning o'zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va lining bilan qanday maqsad ko'zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo'ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, yo'1-yo'riqlarda, amaliy ko'nikmalarida ko'zga tashlanadi. Boshqacha aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa'y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi o'z istiqboli uchun yo'1-yo'riq tanlashda, uni o'zlashtirishda, hayotda o'z mavqeyi va o'rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron-bir tanbeh berishning o'zi kimdadir ruhiy hisni uyg'otsa, boshqa birovning sirtiga ham yuqmaydi. Shunday qilib „shaxs" degan tushuncha, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi qo'zg'atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari), tuzilishi, yig'indisi bilan boyitilishi e^aziga hosil bo'ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligi, ya'ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig'indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlar birikmasini aynan o'xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud -etnas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi, qayg'u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab boimaydigan, ammo boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlarni murakkab voqelikning mangulikka yo'nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o'zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta'lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o'zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko'pincha, ularda har xil vazifalarni bajaradi, birbiriga o'xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-ona va oilaning „egovi", injiq, „zo'ravon" bola o'z tengqurlari davrasida ehtiyotkorona harakat qilib, o'zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan, xizmat vaqtida boshqalarga qo'shilmaydigan, sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilganlardan ko'rinib turibdiki, bitta odamning o'zi turli vaziyatlarda mazmunan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo'lgan jihatlarni, jabhalarni namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu singarilarda o'z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qaramaqarshi emas, balki o'zaro hamohang tarzda o'ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining birbiriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko'rsatuvchi alomatlardan biri bo'lib, ayni chog'da undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgurmagan xususiyatlarning ko'rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o'zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligini ko'rsatadi.
Inson jamiyatning turli guruhlarida o'z zimmasiga olgan vazifalari, rollari qanchalik rang-barang bo'lmasin, turmushdagi mavqeyi kq'p ma'no va ko'p qirrali xususiyatga ega bo'lishidan qat'i nazar, unda inson shaxsiga to'la mos keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o'ynaydigan asosiy rollari, egallagan mavqeyining individualligini namoyon qiluvchi motivlari bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o'zlashtirishga nisbatan munosabatini o'rganish orqali aniqlanadi. O'zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan hamda bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon psixologiya fanining ilg'or, taraqqiyparvar, umanistik tadqiqotchilarining tajribasi ko'rsatishicha. Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste'dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, hissiyoti va shu kabilarning majmuasi har bir yaqqol, alohida odamda betakror, barqaror, turg'un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o'z navbatida, shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat'iyligi, stereotipligi to`g'risidagi fikrni qat'iy tasdiqlash imkonini yaratadi.
Psixik holatlar, hodisalar, hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar uzluksiz ravishda o'zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, hayotiy vaziyatlarda odam o'z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o'zgarishi, yoshi ulg'ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta'sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odamning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining ko'rinishi bilan uyg'unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig'indisining doimiyligi bilan uzviy bog'liqdir. Biroq biz qayd qilib o'tgan doimiylik nisbiy xususiyatga ega. Chunki, shaxsni psixik tuzilishining o'zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o;rganilgan. Bu o'zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo'ladi va ular ijtimoiy ta'sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir.
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va o'zgaruvchan xususiyatlari inson xislatlarining yaxlitligi va o'zaro bog'liqligidan tarkib topuvchi murakkab birlikdan iboratdir.

Download 26,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish