196
esda
saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko’rishingiz kerak
10
.
Muxandis kadrlar faoliyatida “kasbiy xotira”
–
kadrning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor
xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur
bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada
qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat».
Muxandis kadrlardan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga
erishtiruvchi asosiy jarayonla- rini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab
qolish, keyin esga tushirish jarayoni sub’ekt faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi
va bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog’liq.
Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog’liq material ko’proq esda qoladi, u
hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo’ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his- tuyg’ularning ham ta’siri
kuchli bo’ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi saqlanadi.
Voqea-hodisalar his-tuyg’ularni qo’zg’atsa (ya’ni kechirilgan hissiyotlarning
qayta-qayta qo’zg’alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat
yanada faollashadi.
«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko’p
hollarda ahamiyatga ega bo’lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko’tarilishi
kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki
hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o’zgarishlar bilan bog’liq
bo’lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»
11
.
Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va uzoq
muddatli bo’lib, ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo’ladi. Har qanday
voqea-hodisa, avvalo,
birlamchi qisqa muddatli xotira blokiga
tushadi. Ishlatilish
ahamiyatiga
qarab uzoq
muddatli xotira blokiga
o’tishi mumkin.
Aks etish – reverbatsiyaning
davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning asab
10
Karimova V. M., Akramova F. A. Psixologiya. – T., 2000. – B. 75–76.
11
Зинченко П. И
. Непроизвольное запоминание. – СПБ., 2000. – С. 26.
197
katakchalarida turg’un o’zgarishlarni qo’zg’atadi. Bu jarayon uzoq muddatli xotira
mexanizmi hisoblanadi
12
.
Eslash va eslashga harakat qilish
bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir
tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni tiklash bo’lsa, ikkinchi
tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrni erkin hikoya, bayon qilish
natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, zaruratsiz guvoh,
jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining fikrini chalg’itmaslik, savol
berib gapini bo’lmaslik, hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan latent
qobiqni faollashtirish uchun so’roqni erkin bayondan boshlash lozim.
Esdan chiqarish eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo’lib,
Do'stlaringiz bilan baham: