Kasbiy psixologiya



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

“Kasbiy  shakllanganlik”
  tushunchasi  mehnat  sub’ektining  kasbga  egalik 
qilish  darajasi  va  aniq  mehnat  faoliyatida  kasbiy  muhim  xususiyatlar,  bilim, 
ko‘nikma,  tajriba  va  mahoratlarning  shakllanishi  va  namoyon  bo‘lishi  asosida 
ishlab  chiqarish  samaradorligiga  erishishi  sifatida  qo‘llaniladi.  Mehnat 
sub’ektining  aniq  bir  faoliyat  sohasida  yuqori  darajadagi  kasbiy  malakalarga 
egaligi 
mahorat
  deb  yuritiladi.  A.K.Markovaning  ta’kidlashicha,  “kasbiy 
shakllanganlik”  tushunchasi  turli  ma’nolarda:  kasbning  shaxsga,  uning  kasbiy  va 
psixologik  sifatlariga  bo‘lgan  me’yoriy  talablar  sifatida  va  muayyan  bir  shaxsda 
mavjud  bo‘lgan  va  uning  kasbiy  faoliyatdagi  muvaffaqiyatini  ta’minlaydigan 
kasbiy  yo‘naltirilgan  xususiyatlar  majmuining  me’yorlari  sifatida  qo‘llaniladi”. 
Muallif  kasbiy  shakllanganlikning  quyidagi  kategoriyalarini  ajratib  ko‘rsatgan: 
“shaxsning  o‘zini  mutaxassis  sifatida  takomillashtirishi;  ichki  kasbiy  lokus 
nazorati;  mutaxassisning  anglangan  sifatlari,  hajmi;  shaxsning  o‘zini  mutaxassis 
sifatidagi to‘liq obrazi; kasb yordamida o‘zini-o‘zi rivojlantirish va etishmaydigan 
xususiyatlarning o‘rnini qoplash qobiliyati va x.k.” 
Kasbiy  shakllanganlik  darajasini  aniqlash  uchun  shaxsning  sifat  va  miqdor 
jihatidan  kasbiy  tayyorgarlik  darajasini,  faoliyat  samaradorligini,  ish  qobiliyatini, 
kasbiy  yaroqliligini,  o‘z  ustida  ishlashining  muvafaqqiyatliligini  aks  ettiruvchi 
mutaxassisning 
“malakasi” 
tushunchasi qo‘llaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy 
faoliyatning  muayyan  bir  shaxs  xususiyatlariga  (kasbiy,  psixologik,  ijtimoiy  va 
boshqa) qo‘yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. YUqori kasbiy malaka 
mehnat sub’ekti etukligini shakllanishining va namoyon bo‘lishining muhim sharti 
hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy etuklik etarli darajada bo‘lmasa 
ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin.
 
Ko‘p qo‘llaniluvchi 
“kompetentlik”
 tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy 
etuklikni  baholovchi  me’yor  bo‘lib,  hali  aniq  ta’rifga  ega  emas.  U  mehnat 
sub’ektiga  nisbatan  aniq  faoliyat  talablari  yoki  aynan,  sub’ektning  aniq 
faoliyatning  o‘ziga  xos  jihatlariga  nisbatan  munosabatini  tavsiflovchi  xususiyat 
sifatida qo‘llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy 


305 
 
vaziyatlarda,  ijtimoiy  va  kasbiy  faoliyatda  avtoritarligi,  shu  soha  bo‘yicha 
tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, 
muayyan  bir  shaxsning  kompetentligi  uning  kasbiy  shakllanishiga  qaraganda 
ko‘proq  uchraydigan  tavsifnomasidir.  Bunga  ko‘ra,  kasbiy  kompetentlikning 
xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda), 
ijtimoiy  (hamkorlikdagi  faoliyatni  amalga  oshirishda),  shaxsiy  (o‘zini-o‘zi 
boshqarish  va  takomillashtirish  malakalariga  egalik)  va  boshqalar.  Ayrim 
mualliflar 
kasbiy 
muloqotdagi, 
mutaxassis 
shaxsining 
rivojlanishidagi 
kompetentlikni ham ajratib ko‘rsatadilar. 
Kompetentlikning  yuqorida  sanab  o‘tilgan  turlari  albatta  bir  insonni  to‘liq 
shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo‘lishi mumkin, 
lekin  o‘zini-o‘zi  boshqarish  yoki  shaxslararo  kasbiy  muloqot  malakalariga  ega 
bo‘lmasligi  mumkin,  qolaversa,  yuqori  darajada  kasbiy  kompetentlikka  ega  bo‘la 
turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo‘lishi mumkin. 
Aytish  mumkinki,  o‘z  navbatida  professionalizm  darajasi  sub’ektning 
professionalizatsiyani 
yo‘nalganligi, 
ko‘rsatgichi 
va 
mazmuni 
hamda 
mutaxassisning  professionallashuv  darajasiga  ta’sir  etuvchi  ijtimoiy,  psixologik, 
iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir. 
Dj.  Raven  (2003)  tadqiqotlari  kompetentlikning  tuzilishli-funksional 
konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi: 
 
Eng  avvalo,  shaxs  qadriyatlari,  ijtimoiy-siyosiy  ishonchi  va  fikrini 
aniqlovchi  shaxs  motivatsion-qadriyatlar  sohasini  tizimli  ravishda  namoyon 
bo‘lishi va shakllanishining ahamiyati; 
 
Shaxsiy  qadriyatlarning  mehnat  jarayonini  tashkil  qilish  va  mazmuniga 
nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi; 
 
Kompetentlikning 
tabiati 
kognitiv, 
emotsional 
va 
irodaviy 
jarayonlarning,  individning  maqsadga  erishishini  ta’minlovchi  masalalarni 
echishga,  hal  qilishga  tayyorligini  baholash  mezoni  va  namoyon  bo‘lishiga 
asoslangan bo‘ladi; 


306 
 
 
Kompetentlik faqatgina o‘zining faol komponentlari hisobiga emas, balki 
yangi  hayotiy  vaziyatlarda  namoyon  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  passiv 
komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi; 
 
Kompetentlik  o‘zining  bir-biridan  mutlaqo  mustaqil,  lekin  bir-birini 
o‘rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan, 
ko‘p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi. 
Kompetentlikning  komponentlari  qatoriga  kognitiv,  emotsional,  irodaviy 
sifatlardan  tashqari  o‘ziga  ishonch  (o‘zining  kasbiy  bilimlariga,  liderlik 
qobiliyatiga va b);  qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish  malakasiga  ega 
bo‘lish;  qiziqarli  umumiy  maqsadlarni  qidirish,  anglash  va  qaytarma  aloqani 
qo‘llashdagi samarali faoliyat; o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi takomillashtirish 
qobiliyatlariga  ega  bo‘lish;  o‘zini-o‘zi  nazorat  qilish,  moslashganlik,  murakkab 
muammolarni  hal  qilishga  tayyorlik  va  tavakkalchilikka  moyillik,  qat’iyatlilik, 
kasbiy ma’suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin. 
E.F.Zeerning 
ta’kidlashicha, 
kasbiy 
kompetentlikning 
funksional 
taraqqiyotini  tadqiq  qilish  kasbiy  kamolotga  erishish  chog‘ida  kompetentlikning 
turli  ko‘rinishlari  integratsiyalashib  borishini  va  ularning  kasbiy  muhim  shaxs 
sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini ko‘rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning 
asosiy  darajalari  kasbiy  tayyorgarlik  va  tajriba,  o‘z-o‘zini  anglash,  o‘z  kuchiga 
ishonish, o‘zga insonlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘ri qabul qilish 
va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi. 
Taxmin 
qilish 
mumkinki, 
mehnat 
sub’ektining 
sanab 
o‘tilgan 
professionallashuv  ko‘rsatkichlari,  mutaxassis  bo‘lish  (malaka,  kompetentlik)  va 
sub’ektning kasbiy etukligi orasida o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sir mavjud. 

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish