Vazifalarning taqsimlanganligi.Bu uyushgan guruhning yana bir fakultativ belgisi hisoblanadi. Guruh a’zolari belgilangan vazifalarni bajaradi, ammo ayrim hollarda vazifalar aniq belgilanmaydi va guruh a’zosi keyingi jinoyatni sodir etishda qaysi vazifani bajarishini bilmaydi, jinoiy faoliyat davomida u bir vazifani bajarishdan ikkinchi vazifani bajarishga o‘tkazilishi yoki bevosita jinoyat sodir etish vaqtida vazifasi aniq bo‘lishi mumkin.
Umumiy pul jamg‘armasining mavjudligi.Umumiy pul jamg‘armasi jinoyatchilik dunyosida «obshak», «umumiy qozon» deb yuritiladi. Uni tashkil etishdan asosan ikki maqsad ko‘zda tutilgan: birinchidan, guruh a’zolarining favqulodda vujudga keladigan ehtiyojlari (qamoqqa olingan paytda uni va oila a’zolarini ta’minlash), guruhning manfaatlari va yo‘lboshchining ayrim xarajatlari uchun sarflash; ikkinchidan, guruh a’zolarining barqarorligini ta’minlash maqsadida tuziladi. Guruh a’zolari o‘zlarini «ijtimoiy» himoyalangan hisoblaydilar va shu yo‘l bilan uyushgan guruh a’zolariga nisbatan g‘amxo‘rlik qilinayotganligi ko‘rsa- tiladi. Ushbu jamg‘arma ayrim uyushgan guruhlarda mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Guruhda jinoiy faoliyatni kasb qilib olgan shaxslarning mavjudligi. Ayrim uyushgan guruhlar tarkibida jinoiy faoliyat hayot tarziga aylangan shaxslar bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday shaxslar guruhga yo‘lboshchilik qiladi yoki guruhning «obro‘mandi» sanaladi. Bunday shaxslar ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydi. Ularni guruh jinoiy faoliyatda uddaburon «malakali kadr» sifatida va jinoiy guruhning boshqa a’zolariga o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsadida saqlaydi.
Guruhning o ‘qotar qurollar bilan ta ’minlanganligi.Uyushgan guruhlar doimiy ravishda katta foyda olish va guruhning barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarni «muvaffaqiyatli» sodir etishga intiladi. Ko‘pchilik uyushgan guruhlar shu maqsadda o‘qotar qurollarni qo‘lga kiritadilar va jinoyatlarni sodir etishda bevosita undan foydalanadilar.
Ijtimoiy nazoratni bartaraf etib, jinoiy faoliyatga sharoit yaratib beruvchi tizimning mavjudligi.Uyushgan guruhning mavjudligi va jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishida ushbu tizimning ahamiyati katta. Uni tashkil etuvchi shaxslar bevosita jinoyat sodir etishda qatnashmasalar ham jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib beradilar. Masalan, ayrim davlat nazoratini olib boruvchi mansabdor shaxslar jinoiy guruh faoliyatiga, ma’lum sabablarga ko‘ra, to‘sqinlik qilmaydilar va buning natijasida davlat hamda fuqarolarga jiddiy moddiy va ma’naviy zarar yetkaziladi.
Uyushgan jinoyatchilikning asosiy belgilari: turg‘unligi va reja bilan ish qilishi;