Xayolning funksiyasi – o`tgan tajriba natijalarni qaytma ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas, ushbu tasavvurlar xotira tasavvurlaridan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi.
Agglyutinatsiya – bir necha predmetlarni qismlarini alohida bir yagona obrazda birlashtirish (yopishtirish)dir. Akksentrlashtirish – u yoki bu xususiyatlarga urg`u berish orqali yangi obrazlarni yaratish. Masalan, Bahodirlar, lilinutlar, Gulliver obrazlari bunga misol bo`la oladi.
Sxemalashtirish –biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy bosh xususiyatlarga to`xtalish.
Tushlar- uyquga yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unutilishi yoki uzoq muddati saqlanishi mumkin. Reeproduktiv hayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib quyiladi, unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi. Bunday hayol xotira yoki idrokka o`xshab ketadi. Masalan, Amir Temur yurishlari, badiiy adabiyotda tabiat manzaralarning ifodalanishi shular jumlasiga kiradi. Produktiv (ijodiy) xayol- bizning tajribamizda mavjud bo`lmagan obraz va ob‘ektlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan hayol turidir. Masalan, ixtirochi, yozuvsi yangi narsa yaratadi.
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o`qituvchi mahorati masalalari
O`qituvchi kasbi sharafli va o`ziga xos murakkab bo`lib, pedagogik mahorat fani esa ilg`or o`qituvchilar va olimlarning amaliy va nazariy bilimlarining yig`indisidir. SHarq pedagogikasi va pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega bo`lib, nazm mulkining sultoni A.Navoiy, A.Jomiy, Koshifiy va boshqalarning asarlarida nutq, notiqlik sa‘nati, madaniyati haqida, so`z va uning inson ruhiyatiga ta‘siri haqida juda ko`p, qimmatli, durdona fikrlari mavjud. Pedagogik mahorat fanining predmeti shu sohaga oid bo`lgan nazariy, amaliy bilimlar majmuasini o`rganishdan iborat.
Inson xotirasining yaxshi bo`lishi, ya‘ni his-kechinmalarimiz, ko`rgan - kechirganlarimizning mazmuni to`laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog`liq:
-esda saqlab qolish bilan bog`liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
-shaxsning o`zi shug`ullanayotgan ishga nechog`lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
-shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga;
-shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
-irodaviy kuchi va intilishlariga.
Umuman, xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko‘lami va tezligi,
esda saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog‘lanadi.
Demak, odamlar ham aynan shu sifatlarga ko`ra ham farqlanadilar:
-materialni tezda eslab qoladiganlar;
-materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar;
-istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar.
Ba‘zi odamlarning xotirasiga xos jihatlarni tug`ma deb atashadi. To`g`ri, oliy nerv tizimi, uning o`ziga xos ishlash xususiyatlari xotiraning o`ziga xos individual uslubini belgilashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |