Kasbiy psixologiya fanining predmeti


E. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish



Download 470,53 Kb.
bet41/97
Sana01.01.2022
Hajmi470,53 Kb.
#286972
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97
Bog'liq
2 5402578244253781781-конвертирован

E. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Biz idrok jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan ko`pincha adashamiz, ba‘zan esa o`zimiz uchun yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. Ilgarigi tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga xos xususiyat bo`lib, bizning sezgi organlarimiz orqali keladigan ma‘lumotlarning ko`lami va imkoniyatlarini yanada oshiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, idrok - tashqi muhit to‘g‘risidagi taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir. Biz bevosita idrokimiz «tagiga etolmayotgan», «tushunmayotgan» narsalarni bevosita his qilgimiz, qo`limiz bilan ushlab ko`rgimiz, ular bilan ishlagimiz keladi. YA‘ni, idrok qilinayotgan narsada noaniqlik, sir paydo bo`lsa, biz «Bu nima bo`ldi?» degan savol asosida taxmin qila boshlaymiz va uni tekshirish uchun harakat qilamiz. Aynan harakatlar, amaliy ishlar idrokimiz imkoniyatlari va chegaralari kengaytiradi va anglashga yordam beradi.

Qishloq xo`jalik kasblariga yo`naltirish o`quvchilar o`rtasida mexanizatorlik kasbiga qiziqtirish ishlarini olib borar ekanlar unga nomzodlarni tanlashda quyidagilarga amal qilishlari kerak: qishloq xo`jalik texnikasiga barqaror qiziqish; ijodiy mehnat qilishga intilish; o`smirlarning mashinalar, agregatlar, qurilmalarda mustaqil ishlash istagi, o`zi harakat qiluvchi mashinalarni boshqarishga qiziqish; erga, jonajon o`lkaga va qishloq mehnat ahliga hurmat.

Qishloq xo`jalik kasblarini tashlashga yo`llash ishlarida o`quv-tajriba uchastkalari (dala, sabzavot, rezavor meva, issiqxonalar, kolleksiya) muhim rol o`ynaydi.

O`quvchilar agrotexnika, chorvachilik asoslari, qishloq xo`jalik mashinalari va mashina-traktor texnologiyasiga doir mashg`ulotlarda nazariy ma‘lumotlarni o`zlashtiradilar, mexanizatorlik kasbini egallaydilar. O`quvchilar qishloq xo`jalik ishlab chiqarish moddiy boyliklarning ijodkorlari bo`lgan mehnat ahlining o`y va tashvishlariga kirib boradilar.

Birgina traktorga doir mehnat politexnika amaliyoti bir qator ishchi kasblari bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. Ular orasida traktorchi mashinist, paxta terish mashinalarining haydovchilari, sholi ekish va sholi yig`ish texnikasi haydovchilari, mexaniklar, qishloq xo`jalik texnikasini remont qiluvchi slesar, g`alla yig`uvchi kombayn haydovchisi, chorvachilik fermalari uskunalarini ta‘mirlovchi va montaj qiluvchi slesar, haydovchi, chorvador-mexanizator va hokazolar.

Transport va texnologiya mashinalarini boshqarish va ishlatishni muvaffaqtyatli egallash yoshlarga xalq xo`jaligining boshqa sohalari – sanoat korxonalari, qurilish, transportda, aloqa muassasalarida, yog`och tayyorlash sanoatida, geologik razvedka, vodoprovod, magistral quvurlari qurilishida foydalaniladigan shunga o`xshash texnikani uncha qiynalmasdan o`rganib olishlariga imkon beradi. Qishloq xo`jalik agregatlari haydovchilari uchun, mehnat faoliyatida mustaqillik va o`z-o`zini nazorat qilish elementlari tarbiyalanadi. Mashina – traktor agregatlarini ishga tushirish va sozlash, uning ishidagi kamchiliklarini aniqlash va yo`qotish, mashinaga texnik xizmat ko`rsatish o`quvchilarning yangi kasb - qishloq xo`jalik texnikasida sozlovchi master kasbi bilan tanishtirishlariga yordam beradi.

«CHorvachilik asoslari» ni amaliy o`rganishda o`quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti mazmuniga sigirlarni elektrotexnik tartibda sog`ishga asoslangan sut sog`adigan qurilmalarni ishga tayyorlash, sut sog`uvchi apparatlarni ishlatish, bir sog`im sutni hisoblash va uning yog`lilik drajasini aniqlash, em-xashak tayyorlovchi va em-xashak beruvchi mashinalarni oddiy tuzatish hamda mexanizatsiyalashgan suv taqsimlovchi vositalar (nasos stansiyasi, suv quvuri, avtosug`orish) ning texnik xizmati, binolar va o`tloq

maydonlardan go`ngni yig`ib olishga oid mexanizmlarni ishga tayyorlash va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan ishlab chiqarish topshiriqlari amalga oshiriladi. Texnikaviy ijod o`quvchilarning qishloq xo`jalik kasblariga qiziqishini rivojlantirishga jiddiy ta‘sir ko`rsatadi. O`quvchilarni faol texnika ijodkorligi ishlariga jalb qilish ularning qishloq xo`jalik texnikasini ishlatish va ta‘mirlashda (dala ishlari jarayonida ham, xizmat ko`rsatish va ta‘mirlash

davrida ham) bevosita ishtirok etishni talab etadi.

O`quvchi yoki talabalar bevosita amaliy ishlarga jalb qilinishi orqali qishloq xo`jalik va iqtisodiy bilim asoslarini egallaydilar. O`quvchilarning iqtisodiy bilimlarni o`zlashtirib olishlari ularga ongli ravishda mehnat unumdorligini oshirish, qishloq xo`jalik mahsulotlarining sifatini yaxshilash va uning tannarxini kamaytirish imkonini beradi. O`rmon xo`jaligi bilan shug`ullanuvchi o`quvchilar serunum mehnat qiladilar. O`rmon ko`chatlari ularning ixtiyorida bo`lib, bunda ular yosh ko`chatlarni ekish va parvarish qilishga doir barcha ish jarayonini bajaradilar.




Download 470,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish