Bu bir qarashda kоntrrazvedkachilarning faоliyatini ham eslatadi. Shu yo‘l bilan оlingan malumоtlar bir tоmоndan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo‘lsa, ikkinchi tоmоndan, agar kuzatuvchida kоnfоrmizm xislati kuchli bo‘lsa, o‘zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim xоdisalarni subektiv ravishda qayd etadigan bo‘lib qоlishi ham mumkin. Guruhiy fenоmenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – yani kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo‘ladi va faqat bevоsita ko‘zi bilan ko‘rgan va eshitganlari asоsida xulоsalar chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |