Ikkinchi bosqich Shaxs ning kasbiy muhim sifatlarini baholash uchun izlanuvchanlik dasturini tanlash va qayta ishlash. Hujjatlar tahlili tavsiyalar, tavsiyanomalar, suhbat usullari qo‘llaniladi. Tanlangan metodikalar qator talablarga, jumladan, ma’lumotlilik va ishonchlilik talabiga javob berish lozim.
Uchinchi bosqichda tanlangan testlarni tekshirish va nazorat qilish bosqichi. Asosiy maqsad tanlangan metodikalar qanchalik faoliyat natijasini prognoz qila olishini aniqlashdir.
To‘rtinchi bosqichda kasbiy tanlovni o‘tkazish jarayonidir. Kasbiy tanlovni o‘tkazishning muhim sharti standartlik hisoblanadi. Tadqiqot sharoiti ya’ni test, ko‘rsatmalar, blankalar, natijalarni qayta ishlash barcha nomzodlar uchun bir xil bo‘lishi lozim. Testdan foydalanish tajribasining ko‘rsatishicha, ko‘rsatmalarning ozgina bo‘lsa ham o‘zgarishi tadqiqot natijalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Nomzodning o‘zi tadqiqot natijalariga motivasiyalashganligi ham muhim. SHu boisdan, tadqiqot o‘tkaziladigan muhit do‘stona, samimiy bo‘lishi kerak. Natijalar tahlili standart bo‘lishi lozim. Natijada barcha nomzodlarning natijalari muayyan guruxga birlashadi.
Ko‘pincha kasb tanlashda quyidagi tasnif qo‘llaniladi:
- mutlaqo yaroqli;
- shartli ravishda yaroqli;
- yaroqsiz.
Shaxs ga kasb, kasbiy soha, mutaxassislik tanlanadi, bu ko‘proq uning individual psixologik xususiyatiga mos keladi, buning natijasida u o‘zining to‘liq imkoniyatini mehnat faoliyatiga tadbiq etadi. Kasbiy o‘quv muassasalarda kasbiy tanlov va kasbiy saralash mehnat ekspertizaning alohida shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
SHuni nazarda tutish kerakki, espertizaning birinchi va ikkinchi shaklini sifatli o‘tkazish uchun asosiy vazifalar belgilangan:
- bu ishga kirish imkoniyati bo‘lmagan insonlarni ishga olishining oldini olish (yoshini to‘g‘ri kelmasligi, sog‘ligi, ma’lumoti, psixofiziologik ko‘rsatkichlari);
- mavjud kasbga ishchan mehnatni o‘z sog‘ligiga zarar etkazmasdan bajaradigan insonlarni olish;
- inson kasbining qaysi turiga qobiliyatli ekanligini aniqlash hamda faoliyatga tavsiya qilish.
Agar kasbiy tanlovda ikkita vazifa hal qilinsa kasbiy saralashning uchinchi bosqichi asosiy hisoblanadi
Psixologik kasbiy tanlovda quyidagi shartlar bajarilsa, samarali va maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- obektiv ijtimoiy-iqtisodiy zaruratning mavjudligi;
- aniq kasbiy sohaning mavjudligi bunda ishchining kasbiy layoqati, yaroqliligi, mehnat samaradorligining ortishda katta ahamiyatga ega;
- ishlab chiqilgan va tekshirib ko‘rilgan tanlov tizimi diagnostik metodikalarning bajarilishining ishonchliligi;
- kasbiy tanlovni o‘tkazish uchun tayyorlangan mutaxassislar ular kasbiy tanlovni o‘tkazish va tashkillashtirishda amaliy tajribaga ega.
11-MAVZU. KASBIY XUSUSIYATLARNI TADQIQ ETISH USULLARI (2 SOAT).
Ya.Xolland taklifi bo‘yicha odamlar va ko‘pchilik kasblarni shartli guruhlash ( realistik, ijtimoiy,konvensial (shartli), tadbirkor, artistik tiplar).
Kasbiy qiziqushlari va qobiliyatlarini aniqlash.
Maqsad: talabalarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlarini aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, amaliy psixologning kasbiy proforientatsion yo‘nalishda ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |