3. Bixеviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo`lgan xulqning umumiy printsiplarini topishga intiladi.
4. Bixеvioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o`ziga xosligini yo chеtlab o`tadilar yoki o`ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar.
5. Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi motivatsiyasiga ko`chirish ishonchli dalillarga ega emas.
6. Inson motivatsiyasini o`rganishda foydalanilayotgan bixеviorizmning tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug`ma ehtiyojlar kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |