49
oshirishda ommaviy ravishda qatnashayotganlarida nazariy izlanishlari uchun chuqur
va puxta bilimlarga, ularni amalda qo‘llab olish mahoratiga ega bo‘lishlari kerak.
Shunga ko‘ra, kichik mutaxassislarning hozirgi ishlab chiqarishda ishtirok
etishlari murakkab va tez o‘zgaradigan aniq mehnat sharoitlarida chuqur bilimlarini
ijodiy qo‘llashlarini talab qilmoqda. Shuning uchun umumta’limiy va keng politexnik
asosdagi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish majburiyati vujudga kelmoqda. Bularning
hammasi maktabdan boshlab kasb-hunar kollej tayyorgarchilikka kadrlar ta’limi
tizimini jiddiy qayta qurish jarayoni o‘tmoqda. Shuningdek, bu ish faqat bizda
muayyan bilimlar majmuasini o‘zlashtirgan kishi sifatida emas, balki eng avvalo
g‘oyaviy maqsadga, yuksak axloq va mehnat madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston
mustaqil davlat va jamiyat fuqarosi, hamda faol quruvchisi sifatida tarbiyalangan
insonning o‘zini umumiy kamol toptirish bilan ham bog‘liqdir.
Bu borada kasb ta’limi o‘qituvchisi mehnat ta’limi va kichik mutaxassisi
tayyorgarlikning o‘zaro bog‘lanishining takomillashtirishning muhim
yo‘nalishlaridan biri tayyor metodik tavsiyalar bo‘yicha ishlashdan metodik
qo‘llanmalarning optimal variantlarini ongli ravishda tanlashga o‘tishdir.
Tavsiya shaklidagi ana shu tajriba sinov qo‘llanma olimlar bajargan
tadqiqotlarning, so‘nggi yillarda to‘plagan ilg‘or pedagogik tajribalarni
umulashtirishning natijalari asosida tuzilgan. Mehnat va kichik mutaxassislik
tayyorgarlik ta’limdagi o‘zaro bog‘lanishning maqsadga muvofiqligini kuchaytirish
uchun har bir darsda ta’limning, O‘zbekistonning mustaqillik mafkura asosida
shakllanayotgan ta’lim-tarbiyaning va ularni rivojlantirishning eng muhim
vazifalarini majmuaviy hal qilishni ta’minlash kerak. Bu ish har bir darsning mazkur
yo‘nalishdagi vazifalarini bosqichma-bosqich hal qilishni izchil yo‘lga qo‘yishni
to‘g‘ri xulosalar chiqarishni taqozo qiladi.
O‘zaro bog‘lanish qonunlari bo‘yicha tashkil etilgan dars mazmunida
axborotlar hajmini oshirish uchun umumlashtirish, natijalaridan foydalanish,
o‘quvchilarni asosiy tushunchalarni ajratishga, nazariy qoidalarni tuzishga, qo‘yilgan
vazifalarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini izlashga yo‘naltirish kerak.
Mehnat va kichik mutaxassislikka tayyorgarlik ta’limdagi o‘zaro bog‘lanish
bo‘yicha o‘quv operatsiyalarini bajarish suratini tezlashtirish uchun ularni har bir
mavzuda ishning har bir turida mustaqil ishlashda, o‘quvchilarning ham yoshiga, ham
aqliy rivojlanishiga bog‘liq ratsionalizatorlik faoliyatida anglab borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: