“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/222
Sana16.06.2021
Hajmi0,91 Mb.
#66733
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

4. Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli
shakllarini amalga oshirishning ahamiyati
· o‘quv rejalari va ish dasturlarning ishlab chiqarish korxonalari vakillari
tomonidan ekspert baholashning mavjudligi hozirgi paytda ekspert baholash odatda
boshqa kasb-hunar kollejlari  vakillari tomonidan o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish korxonalari  vakillarining jalb etilishi o‘quv rejalari va
dasturlari sifatini ancha oshiradi.
· Kasb-hunar kollejining kasb-hunar assosiatsiyalariga a’zoligi.
Kasb-hunar assosiatsiyalarida ishtirok etish orqali o‘quv muassasasi uzviy
ravishda ishlab chiqarish korxonalaridagi o‘z sektorida ijtimoiy hamkorlik tizimiga
kiradi, axborot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ishlab chiqarish korxonalari vakillari
uchun hamkorga aylanadi.
· Maslahat kengashi ishida ishtirok etishi ta’limining turli darajalarga mansub
kasb-hunar kollejlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasb-hunar assosiatsiyalari, ta’lim
va ishlab chiqarish korxonalari,  boshqaruv organlari, bandlik xizmatlari vakillaridan
iborat bo‘lgan maslahat kengashi ijtimoiy hamkorlik tizimidagi eng samarali
vositadir. Bunday kengashning mavjudligining o‘zi tizimning shakllanganligidan
dalolat beradi. Bugungi kunda ijtimoiy hamkorlik tashabbuskori siftida kasb-hunar
kollejlari namoyon bo‘layotgani tufayli maslahat kengashlari ko‘pincha ularning
tashabbusi bilan tuzilyapti.
· Bandlik xizmatlari bilan aloqalar.
Bandlik xizmatlari bilan hamkorlik, ishsizlarni qayta tayyorlash haqidagi
shartnomalarni tuzish, mehnat bozorining holati, u yoki bu mutaxassislarning talab
etilishi haqidagi axborotdan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
· Pedagog xodimlarning amaldagi ish joylarida doimiy stajirovkalari
yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlardan tashqari o‘quv muassasasi xodimlarining
o‘z ishlariga norasmiy baho berish, mazkur ishni ish beruvchilar, boshqa ijtimoiy
hamkorlar nazarida baholash o‘ta muhimdir. Turli kasb-hunar kollejlarining


180
sharoitlari bir xil emas, ijtimoiy hamkorlik tizimining rivojlanish darajasi esa ko‘p
omillarga, shu jumladan, mintaqaning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish darajasiga,
iqtisodiyot sektorining holati va boshqalarga bog‘liq. Shu sababli faqat tizim,
ko‘rsatkichlar yig‘indisigina pedagogik jamoaning  ijtimoiy hamkorlikning
o‘rnatilishi borasidagi sa’y-harakatlarining samaradorligini ob’ektiv manzarasini
ko‘rsatib berishi mumkin.
Shunday qilib, kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishning
o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) kasb-hunar kollejlarida ijtimoiy hamkorlikning shakllantirilishi va
rivojlantirilishi, eng avvalo, ta’lim muassasalari rahbariyatining tashabbusiga bog‘liq;
2) ijtimoiy hamkorlikning samaradorligi ish beruvchilar bilan O‘MKHT tizimi
o‘rtasidagi doimiy va tezkor  aloqalar mavjud bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi;
3) O‘MKHTda ijtimoiy hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi
holatlar to‘sqinlik qilmoqda:
· Respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv darajalarda kasb-hunar
kollejlari  bilan ish beruvchilar o‘rtasida o‘zaro ta’sirning oqilona mexanizmi ishlab
chiqilmaganligi;
· O‘MKHT muassasalarining ish beruvchilar (ularning vakillari) bilan o‘zaro
birgalikda faoliyat ko‘rsatish mexanizmi kadrlar tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan
muassasalar bilan ulardan oqilona foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan korxonalar
o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarni kuchaytirish hamda kasb-hunar kollejlari
dasturlarini korxonalarning o‘zgarib borayotgan malakaviy talablariga moslashtirish
jihatdan ishlab chiqarishni davom ettirishga bo‘lgan muhtojlik;
· ish beruvchilarning o‘zlari uchun malakali kadrlar tayyorlashdan iqtisodiy
manfaatdorligini oshirish mexanizmini ishlab chiqilmaganligi;
· ta’lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlashning bozor boshqaruvi
mexanizmlarining zaifligi faoliyat ko‘rsatmoqda;
O‘MKHT muassasalarida ijtimoiy hamkorlik rivojlanishining o‘ziga xos
xususiyatlari ish beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabining shakllanish
tamoyillariga ham bog‘liq ish beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabi
quyidagi tamoyillar bilan belgilanadi:
· korxonalar ishlab chiqarishning yangi xodimlardan yuksak bilimlarga va
kasb-hunar ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab qiluvchi texnologiyalarni
o‘zlashtirishi bilan;
· malaka talab qilmaydigan mehnat ulushining kamayishi va yuksak
malakali xodimlarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan;
· ishlab chiqarish jarayonlarining moslashuvchanlik darajasining o‘sishi va
xodimlarning oraliq kasblar va mutaxassisliklarni egallashlari zarurligini
taqozo etishi bilan.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish