2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar
ishining mazmuni
O‘quv yurtlarida birinchi navbatda kadrlar tayyorlash sifatiga javobgar bo‘lgan
mustaqil bo‘linma (tashkiliy shakli va kimga bo’ysunishdan qat’iy nazar) sifatida,
o‘quv jarayonini boshqarish, xo‘jalik-moliyaviy faoliyat va boshqa kasbiy
tayyorgarlikning zaruriy darajasini ta’minlaydigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
O‘quv yurtlari darajasida quyidagi vazifalar hal etiladi:
· o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha barcha ishlarni olib
borish;
· o‘quv rejalari tuzilmalarni va dastur mazmunini belgilash;
129
· korxonalar, bandlik xizmatlari, hududiy boshqaruv organlari va boshqalar
bilan shartnoma asosida ishchilar tayyorlash hajmlari va kasb-malaka tuzilmalarni
belgilash;
· qo‘shimcha tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish va boshqa
xizmatlarni amalga oshirish uchun korxonalar, hamda tashkilotlar bilan shartnomalar
tuzish;
· mustaqil ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish;
· o‘quv moddiy bazani kelgusida rivojlantirishini hisobga olib, moliyaviy
mablag‘larni taqsimlash va sarflash masalalarini mustaqil hal qilish.
Mustaqil O‘zbekiston davlatini har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiy
mustaqilligini ta’minlash ko‘p jihatdan zamon talabiga javob beradigan rahbar va
mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv
kadrlarini tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarining roli katta, albatta. Kasbiy oliy
ta’limning asosiy maqsadlaridan biri, bozor munosabatlari sharoitida ishlay oladigan
malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni o‘quvchilarda zamonaviy fikrni shakllantira
oladigan, xo‘jalik yuritish va boshqaruvda yangicha usullarni qo‘llay oladigan,
shuningdek rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgana oladigan darajada nazariy va amaliy
bilimlar berishdan iboratdir.
Barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda boshqaruv apparatining roli
muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv apparatining tuzilishi deganda, boshqaruv
apparati va ular orasidagi bog‘lanish tushiniladi. Boshqaruv apparatining tarkibi bir-
biri bilan bog‘langan teng huquqli birikmalar va bo‘g‘inlar bilan to‘ldirilishi uning
tizimi deyiladi.
Tashkiliy qism bu boshqaruv tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib,
boshqaruvchi tizim, sub’ekti tashkiliy tuzilishining shakli demakdir. U boshqaruv
tizimining negizi sifatida maydonga chiqadi va kadrlar bilan boshqarishni tashkil
qilish rasmiy qoidalarini tartibga soladi. Ana shuning uchun ham uning boshqaruv
tizimidagi roli benihoya kattadir.
Ma’lumki, birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan edi. Ushbu qonunning 10-
moddasida ta’lim turlari bayon etilgan bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim, umumiy
o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari
ta’lim kabilarni o‘z ichiga olishi nazarda tutiladi.
Qonunning 28-moddasida «Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi.
Ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat
boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin» deb ta’kidlangan. Shunday ekan, ushbu
ta’lim muassasalarining bir turi bo‘lgan kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalarini ham
uning rahbari (direktor) boshqarishi belgilab qo‘yilgan. O‘rta maxsus kasb-hunar
ta’limi muassasalarini o‘quv yurti rahbari (direktor) bilan birga uning muovinlari
boshqaradi. KHKlarida direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha, ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha va xo’jalik ishlari bo’yicha muovinlari,
akademik litseydalarda esa direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha va xo’jalik ishlari bo’yicha muovinlari faoliyat yuritadi.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |