Egallangan bilim va ko‘nikmalarni tekshirish (nazorat) darsi. Nazorat ishi
o‘tkaziladigan darsning tuzilishi murakkab emas. O‘qituvchi topshiriqlarni e’lon
qiladi, o‘quvchi va talabalar ularni bajaradilar va dars oxirida ishlar yig‘ib olinadi.
Nazorat ishining savollari va topshiriqlari shunday ifodalanishi kerakki,
o‘quvchilarning javoblaridan ular bilimlarni shunchaki eslab qolgani emas, balki
ishning mohiyatini tushungani ham ko‘rinib turishi lozim.
Hozirgi kunda zamonaviy dars tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda.
Zamonaviy dars deganda- o‘qituvchi o‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik
bilan foydalanib, uning aqliy salohiyatini ishga solib, rivojlanishini ta’minlovchi dars
tushuniladi. O‘quvchi esa, o‘z navbatida, bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va
ko‘nikmasiga aylantirib, ma’naviy barkamollik sari odimlaydi.
Zamonaviy dars mezonlari quyidagilardan iborat:
· Dars o‘quvchi va talaba shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qituvchi va
o‘quvchining o‘zaro faol munosabatlariga asoslanadi;
· Dars jarayoni tabaqalashtirish va o‘quvchi-talabalarning shaxsiy
qobiliyatlariga yondoshuv asosida amalga oshiriladi;
· Dars o‘quvchi-talabalarning yuqori darajadagi qiziqishi, aqliy faolligi va
muvaffaqiyatga erishuviga qaratiladi;
· Dars pedagogikaning barcha turdagi metodologik asoslaridan kelib chiqib
amalga oshiriladi;
· Darsda beriladigan bilim mazmuniga ko‘ra, turli pedagogik usul va
uslublardan foydalaniladi;
· Darsda nazariya va amaliyot o‘zaro bog‘liqlikda talqin etiladi;
· Dars sifat va samaradorligini ta’min etuvchi nazorat turlaridan foydalaniladi;
· Darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi;
· Dars majmu yondoshuv tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Darsni zamonaviy tarzda tashkil qilish uchun quyidagi me’yoriy hujjatlar taxt
bo‘lishi shart: namunaviy o‘quv dasturi, ishchi o‘quv dasturi, taqvimiy o‘quv reja,
konspekt yoki ma’ruzalar matni, darsning ishlanmasi va texnologik xaritasi,
ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va boshqa didaktik materiallar,
talabalarning mustaqil ish mavzulari, maslahat va qoldirilgan darslarni qayta
topshirish jadvali, baholash mezonlari va test savollari. Shunga qo‘shimcha qilib,
o‘tiladigan fan bo‘yicha darslik va bir qator metodik qo‘llanmalarni ham tayyorlab
qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Metodik qo‘llanmalarga: mazkur fanni o‘qitish
metodikasi, shu fanda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish metodikasi, kurs ishlarini
bajarish metodikasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |