“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/222
Sana16.06.2021
Hajmi0,91 Mb.
#66733
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

2. Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari
Kasb-hunar ta’limi
ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayon,
o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularning jadal
intellektual kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishiga, kasb-hunarga moyilligi, bilim va
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir
necha ixtisosni egallash imkonini berishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning
birgalikdagi faoliyatini, ta’lim oluvchilarning bilim, amaliy  ko‘nikma va  malakalarni
egallash hamda ularni amaliyotga qo‘llashni o‘z ichiga qamrab oladi.
Samarali o‘qitishning muhim shartlari: ta’lim oluvchilarning qiziqish
faoliyatining aktivligini o‘quv jarayonining sifati deb qarash lozim. Bu esa o‘z
navbatida ta’lim oluvchining o‘qishga bo‘lgan munosabatini, uni samarali
o‘zlashtirishga, bilim va malakasini oshirishga intilishi, o‘z navbatida mehnat qilishga
bo‘lgan irodaviy jihatlarni rivojlantirishga va olgan bilimlaridan estetik qoniqishga
olib keladi.
Fanning nomi:
1. Tushuntirish xati.
2. Fanning maqsadi:
3. Fanning mazmuni.
4. Namunaviy mavzular rejasi.
5. O’qitish vositalari.


61
Ta’lim oluvchining xarakteriga mos ravishda ularning bilim egallashga intilishi
va aktivligi darajalari turlicha bo‘ladi. Lekin shu bilan birga ta’lim oluvchilar passiv
bo‘lsa, o‘qitish jarayonini amalga oshirish qiyin kechadi.
Ta’lim oluvchining berilayotgan bilimlarni qabul qilish aktivligi uning shaxs
sifatida shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ta’lim oluvchida o‘z-o‘ziga,
mehnatiga, boshqa shaxslarga, jamiyatga, ishlab chiqarishga, atrof muhitga
munosabati shakllanib boradi.
Talim jarayoni samaradorligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri
o‘quv materialining ma’zmuni va uning to‘g‘ri tanlanishi.
Beriladigan bilim mazmuni o‘quv dasturi, Davlat ta’lim standartida
belgilangan bo‘lib, uning tarkibini ijtimoiy – iqtisodiy  maqsadlar, davlat buyurtmasi,
pedagogik tizim belgilaydi. Pedagogik jarayon faqat ta’limning mazmunliligiga emas,
balki uning qonuniyligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
a)  pedagogik jarayonning maqsadi va vazifalariga qarab mazmun
belgilanmasa, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishlari qiyin kechadi va pedagogik
jarayondagi nazariya  bilan amaliyot orasida bog‘liqlik yo‘qoladi.
b) 
guruhdagi o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatidan kelib chiqib o‘qituvchi
pedagogik jarayonning o‘zaro bog‘liqligini buzmagan holda dasturga mantiqiy
o‘zgartirishlar kiritib ta’lim maqsadiga erishiladi. Ko‘pincha o‘quv jarayonining sifati
butun pedagogik jarayonidan samaradorlikka bog‘liq.
Yangi demokratik jamiyat qurish jarayonida ta’limning mazmunini tanlashda
jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib  quyidagilarga amal qilinadi:
¨
ilmiy bilimlarni yetakchi roli to‘g‘risidagi qoidaga;
¨
insoniyatning madaniy-ma’rifiy merosi boyliklarini, umuminsoniy
qadriyatlarini egallab olish haqidagi «Milliy dastur» ko‘rsatmalari;
¨
tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol avlod qilib rivojlantirish, iymon-
e’tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish;
¨
ilmiy hayot bilan, yangi demokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog‘liqligi
haqidagi qoidaga;
¨
ta’limning bir maqsadga qaratilganligi;
¨
ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga va didaktik
prinsiplarga muvofiqligiga.
Shu nuqtai nazardan ta’lim mazmunining tuzilishi quyidagi tamoyillarga
asoslanadi:
1. Ta’lim mazmunining davlat ijtimoiy-kasbiy rivojlanishi yo‘nalishlariga
bog‘liqlik tamoyili.
2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tamoyili.
3. Fanlararo kompleks aloqalar tamoyili.
4. Kasblarga yo‘naltirish tamoyili.
5. Ta’lim mazmunini tanlashda ustuvor va o‘zgaruvchan qismlarga bo‘lib
tanlash tamoyili.
6. Ta’lim mazmunini unifikatsiyalash va tabaqalashtirish tamoyili.
Yangi demokratik jamiyat qurayotgan Respublikamizda ta’limning mazmuni
quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirish nazarda tutiladi:


62
¨
Fan- texnika taraqqiyotidagi  va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks
ettirish orqali;
¨
ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materialdan qutilish,
yangi eng zarur materiallarni ta’lim mazmuniga kiritish orqali ;
¨
o‘rganilayotgan fanlar ro‘yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda
o‘quvchi-yoshlar, albatta, o‘zlashtirib olishi kerak bo‘lgan malaka va
ko‘nikmalarning optimal hajmini belgilash orqali;
¨
o‘quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g‘oyalarni juda ham
aniq bayon qilish orqali;
¨
o‘quvchilarni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, kompyuter
savodxonligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar  sohasidagi va boshqa bilimlar
bilan qurollantirish hamda shu texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari hosil
qilish orqali.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish