“kasbiy pedagogika” fan sifatida


 O‘MKHTda kichik  mutaxassis tayyorlash tizimi



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/222
Sana16.06.2021
Hajmi0,91 Mb.
#66733
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

3. O‘MKHTda kichik  mutaxassis tayyorlash tizimi
Hozirgi ishlab chiqarishga kelayotgan mutaxassislarning uchdan bir qismi
avval maktabda mehnat va kasbgacha tayyorlanmoqdalar, keyin kasb-hunar kollej
tizimida kichik mutaxassis darajasigacha tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Buning vazifasi
va sababini shu bilan izohlash mumkinki, jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi
bosqichida fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi  kichik mutaxassislar turli soha va
ularning tarmoqlari bo‘yicha madaniy texnik-texnologik saviyasini oshirishga,
ularning tayyorgarligini tubdan yaxshilashga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etmoqda.
"Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun va qarorlar, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi har bir kichik mutaxassis mehnatining mazmunini
tubdan o‘zgartirishni talab qilmoqda. Ularning aqliy va jismoniy faoliyati elementlari
o‘rtasidagi nisbat ancha o‘zgarmoqda. Hozirgi zamon kichik mutaxassis mehnati
intellektual mazmun bilan tobora boyimoqda va ilmiy asosda tashkil topmoqda. Aqliy
hamda amaliy ishlarning o‘zaro uzviy bog‘lanishi bilan xarakterlanmoqda. Kichik
mutaxassis o‘z vazifalarini bajarishlari uchun, shuningdek, ishlab chiqarishni amalga


49
oshirishda ommaviy ravishda qatnashayotganlarida nazariy izlanishlari uchun chuqur
va puxta bilimlarga, ularni amalda qo‘llab olish mahoratiga ega bo‘lishlari kerak.
Shunga ko‘ra, kichik mutaxassislarning hozirgi ishlab chiqarishda ishtirok
etishlari murakkab va tez o‘zgaradigan aniq mehnat sharoitlarida chuqur bilimlarini
ijodiy qo‘llashlarini talab qilmoqda. Shuning uchun umumta’limiy va keng politexnik
asosdagi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish majburiyati vujudga kelmoqda. Bularning
hammasi maktabdan boshlab kasb-hunar kollej tayyorgarchilikka kadrlar ta’limi
tizimini jiddiy qayta qurish jarayoni o‘tmoqda. Shuningdek, bu ish faqat bizda
muayyan bilimlar majmuasini o‘zlashtirgan kishi sifatida emas, balki eng avvalo
g‘oyaviy maqsadga, yuksak axloq va mehnat madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston
mustaqil davlat va jamiyat fuqarosi, hamda faol quruvchisi sifatida tarbiyalangan
insonning o‘zini umumiy kamol toptirish bilan ham bog‘liqdir.
Bu borada kasb ta’limi o‘qituvchisi mehnat ta’limi va  kichik mutaxassisi
tayyorgarlikning o‘zaro bog‘lanishining takomillashtirishning muhim
yo‘nalishlaridan biri tayyor metodik tavsiyalar bo‘yicha ishlashdan metodik
qo‘llanmalarning optimal variantlarini ongli ravishda tanlashga o‘tishdir.
Tavsiya shaklidagi ana shu tajriba sinov qo‘llanma olimlar bajargan
tadqiqotlarning, so‘nggi yillarda to‘plagan ilg‘or pedagogik tajribalarni
umulashtirishning natijalari asosida tuzilgan. Mehnat va kichik mutaxassislik
tayyorgarlik ta’limdagi o‘zaro bog‘lanishning maqsadga muvofiqligini kuchaytirish
uchun har bir darsda ta’limning, O‘zbekistonning mustaqillik mafkura asosida
shakllanayotgan ta’lim-tarbiyaning va ularni rivojlantirishning eng muhim
vazifalarini majmuaviy hal qilishni ta’minlash kerak. Bu ish har bir darsning mazkur
yo‘nalishdagi vazifalarini bosqichma-bosqich hal qilishni izchil yo‘lga qo‘yishni
to‘g‘ri xulosalar chiqarishni taqozo qiladi.
O‘zaro bog‘lanish qonunlari bo‘yicha tashkil etilgan dars mazmunida
axborotlar hajmini oshirish uchun umumlashtirish, natijalaridan foydalanish,
o‘quvchilarni asosiy tushunchalarni ajratishga, nazariy qoidalarni tuzishga, qo‘yilgan
vazifalarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini izlashga yo‘naltirish kerak.
Mehnat va kichik mutaxassislikka tayyorgarlik ta’limdagi o‘zaro bog‘lanish
bo‘yicha o‘quv operatsiyalarini bajarish suratini tezlashtirish uchun ularni har bir
mavzuda ishning har bir turida mustaqil ishlashda, o‘quvchilarning ham yoshiga, ham
aqliy rivojlanishiga bog‘liq ratsionalizatorlik faoliyatida anglab borish lozim.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish