148
4. Nazoratning har tomonlamaligiga erishish;
5. Nazoratning ob’ektiv bo‘lishi. O‘qituvchining noo‘rin, sub’ektiv, xato
baholovchi xulosalari va hukmlariga yo‘l qo‘ymaslik;
6. O‘quv predmeti va bilimlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni
nazarda tutuvchi tabaqalashtirilgan yondoshuvga amal qilish;
7. Barcha o‘qituvchilar talablarining uyg‘unligi kabilar.
Yuqorida zikr etilgan talablarga amal qilish nazorat ishonchliligini oshiradi,
ta’lim-tarbiya ishidagi o‘qituvchi funksiyalarini to‘liq va to‘g‘ri bajarilishiga imkon
beradi.
Nazoratning mazmuni, turlari va amalga joriy etish metodlari:
Nazoratning mazmuni,
didaktik vazifalari, o‘quv predmetlarining o‘ziga xos
xususiyatlari, ta’lim bosqichi, o‘quvchilarning tayyorgarlik va rivojlanganlik
darajasi kabi omillarga ko‘ra aniqlanadi. Eng muhimi nazoratda o‘quvchilar
o‘qituvchidan yoki boshqa manbalardan o‘zlashtirganlarini to‘lig‘icha qaytarib
berishni maqsad qilib olmasligi zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida majmuaviy nazorat
qilish muhim ahamiyatga ega, chunki u dinamik o‘zgarish, maxsus hamda shaxsiy
fazilatlarning shakllanishini,
onglilik va faollik, o‘qib-o‘rganishga qiziqishni
uyg‘otishi, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishi zarur.
Respublikamiz ta’lim muassasalari amaliyotida nazoratning joriy, oraliq
(davriy) va yakuniy turlaridan ko‘proq foydalaniladi.
Joriy nazorat - o‘qituvchi tomonidan asosan har bir mashg‘ulot (dars)da
o‘quvchining har kunlik ishini nazorat qilish uchun amalga oshiriladi.
Bunday
nazoratdan oldin o‘qituvchi avval o‘tilgan materialni o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilganligi bilan tanish bo‘lishi zarur. Buning uchun o‘quvchilarning yozma
ishlari, jurnaldagi qaydlarni o‘qituvchi mukammal o‘rganishi zarur bo‘ladi. Joriy
nazorat muntazam ravishda yaxlit guruh va har bir o‘quvchining ishini kuzatish
yo‘li bilan darsning barcha bosqichlarida, ya’ni yangi materialni o‘rganish,
mustahkamlash va qo‘llash bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin. Bunday
ko‘rinishdagi nazorat o‘quvchilar tomonidan muntazam ravishda mustaqil ishlarni
bajarishga bo‘lgan intilishini oshirishga, sinf xonasidagi va uy ishlarini bajarishga,
o‘qib-o‘rganishga qiziqishni oshirish, bajarilgan ishga nisbatan javobgarlik his-
tuyg‘ularini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega.
Oraliq nazorat - odatda ma’lum mantiqiy tugallangan bo‘lim, bob yoki o‘quv
yarim yilligi va yilning tugatilishi bilan o‘tkaziladi. Bunday nazorat orqali nisbatan
katta hajmdagi o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-bilish
faoliyatining
natijalari tekshiriladi.
Yakuniy nazorat - o‘quv yilining oxirida, shuningdek, o‘quv kursi o‘rganilib
bo‘lingandan so‘ng joriy va oraliq nazorat natijalarini hisobga olgan holda amalga
oshiriladi.
Nazorat metodlari: bu ma’lum usullar yordamida o‘quvchilarning o‘quv –
bilish faoliyati va o‘qituvchining pedagogik faoliyati natijalarini aniqlash yo‘llari
majmuasidir.
Amaliyotda kuzatish bilan birga og‘zaki va amaliy nazorat metodlari keng
ko‘lamda qo‘llaniladi. Shuningdek, sinov hamda imtihon ko‘rinishlari ham mavjud.
149
Og‘zaki nazorat qilish metodlariga: o‘quvchilarni so‘rash, texnologik
xaritalar, chizmalar (texnik yoki texnologik) hujjatlarni o‘qish
kabilarni kiritish
mumkin. Beriladigan og‘zaki savollarni shakllantirishda o‘quvchining javobi tahlil,
sintez, isbotlash, qiyoslash va solishtirish kabi mantiqiy fikrlash yo‘llari haqida
tugallangan natijani ko‘rsatishi zarur.
Yozma nazorat metodlari: o‘zining vaqtni iqtisod qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bunda o‘quvchilarning mustaqillik darajasi yuqori bo‘lib, bir yo‘la butun guruhning
tayyorgarlik darajasini aniqlashga erishiladi.
Kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri ta’lim-
tarbiya jarayonini takomillashtirish hisoblanadi. Ana shu maqsadda O‘MKHT
Markazi buyurtmasiga binoan maxsus ijodiy guruh “O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va
malakasini baholash mezonlari” ishlab chiqilishi shart. Bunday talablarning
qo‘llanishi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga yagona talablarni
ta’minlaydi, imkon qadar yuqori va ilmiy saviyada maxsus fanlar va ishlab
chiqarish ta’limini o‘rganishga ta’sir ko‘rsatadi,
bu jarayon ishtirokchilarida
javobgarlik his-tuyg‘ularini uyg‘otadi, mehnat natijasini baholashda
rasmiyatchilikni bartaraf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: