“kasbiy pedagogika” fan sifatida


VI BOB. KASB-HUNAR TA’LIMIDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH VA TA’LIM-TARBIYA SIFATINI NAZORAT QILISH



Download 369,63 Kb.
bet38/80
Sana11.03.2022
Hajmi369,63 Kb.
#489399
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
“kasbiy pedagogika” fan sifatida

VI BOB. KASB-HUNAR TA’LIMIDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH VA TA’LIM-TARBIYA SIFATINI NAZORAT QILISH


6.1. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA O’QUVCHILARNI TARBIYALASH
Reja:

  1. Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalashning maqsad vavazifalari, kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilar tarbiyalashga qo‘yiladigan talablar.

  2. O‘quvchilarni o‘rganishning pedagogik-psixologik metodlari.

  3. Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash metodlari.

1. Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalashning maqsad va vazifalari, kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilar tarbiyalashga qo‘yiladigan talablar
Buyuk kelajakni yaratuvchi yangi avlodni tarbiyalash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri. Fundamental o‘zgarishlar natijasida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy asoslar o‘zgardi. Lekin bu o‘zgarishlar ko‘pgina hollarda “yuqori”da sodir bo‘ldi va asosan qonuniy darajalarda yuz berdi. Ammo odamlar ongi va munosabatida o‘zgarishlar juda sekinlik bilan kechmoqda. Olimlarning e’tirof etishicha, davlat tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yosh avlodni yangi qonunlar asosida to‘g‘ri tarbiyalash kerak.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar jarayoni, boshqarishning demokratik va bozor iqtisodiga o‘tish, shuningdek ta’lim, ayniqsa tarbiya maqsadi va usullarining yangilanishi kasb-hunar tizimidagi o‘quvchilarning ma’naviy qiyofasini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Endi oldindan belgilangan stereotip (o‘xshash) bo‘yicha yosh avlodlarni tarbiyalash vaqti o‘tdi. Hozirgi vaqtda shaxsni shakllantirish uni jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tendensiyalari bilan tanishtirish asosida amalga oshiriladi. Yangi maqsadlarga muvofiq holda o‘quvtarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari o‘zgarmoqda, ta’limning variativ usullari, pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad va vazifasini belgilash bu ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatining mazmunini aniqlaydi.
Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy tizimning konseptual g‘oyasi – shaxs rivojlanishini maqsadga yo‘naltirilgan holda boshqarish. Buning uchun esa yaxshi shart-sharoit yaratilishi va avtoritarizmdan voz kechishi zarur. Bizning nazarimizda, bunday hamkorlik pedagogikasai juda qo‘l keladi. Hamkorlik pedagogikasining mazmuni o‘quvchi-yoshlarning o‘z kuchiga ishonishini ifodalovchi munosabatlar yordamida unga tanlash erkinligini berishda namoyon bo‘ladi. Demak, bunda pedagogik jamoa tomonidan o‘quvchi-yosharning o‘z-o‘zini belgilash, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun vaziyatlar yaratilib berilishi nazarda tutiladi. Bu degan so‘z, ular o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishish yo‘llarini belgilashda, o‘z faoliyatini boshqarish usullarini tanlashda ham erkin bo‘ladilar. O‘qituvchi unga faqat rahbarlik qilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turadi.
Tarbiya – tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilan va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar tarbiyalanuvchilar bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.

Download 369,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish