Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari



Download 492,19 Kb.
bet47/128
Sana08.03.2022
Hajmi492,19 Kb.
#486198
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
Bog'liq
3.1. Маъруза матнлари

I d ye a l p ye d a g o g
14-jadval

Mutaxassis

Ishchi

Inson

Pedagogika nazariyasini bilish, pedagogik mahoratga ega bo‘lish, psixologiyani bilish, ta’lim-tarbiya texnologiyalarini qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish, mehnatni oqilona tashkil eta bilish malakasi.
Ishga muhabbat, o‘quvchilarni sevish. Insonga
ishonch. Pedagogik qobiliyat, umumiy aql-zakovat, sabr-toqat, kelajakka ishonch.
O‘zini tuta bilish, izlanuvchanlik, reaksiyalarining aniq va tezligi, ko‘ngilchanlik, bolalarni tushunish, bolalar bilan ishlash, xohishi, nutqining aniq va ishonchliligi, talabchanligi, adolatlilik, to‘g‘ri so‘zlik, tashkilotchilik malakasi, muloqotga kirishuvchanlik, birovlarni tinglay olishlik.

Maqsad qo‘yib unga erisha olish. Muntazam va rejali ravishda malakasini oshira borish, mehnat unumdorligini oshirishga inti-luvchanlik. Ijodkorlik qobiliyati: har tomonlama ma’lumotlilik, mantiqiy fikr yuritish, kelajakka ishonch. Ishlash ishtiyoqi. Ishiga (kasbiga) sadoqat, jamoada ishlash malakasi, tirishqoqlik, tartib- intizomlilik, faollik, ishlab chiqarish vaziyatlariga yo‘naltirilganlik, ishlarni taqsimlay olish malakasi. Javobgarlikni o‘ziga olishga tayyorgarlik.


Yuqori axloqiy sifatlar jamoatchilik hayotida faol ishtirok etish. Faol hayotiy nuqtai nazar (pozisiya), har doim va har qachon shaxsiy o‘rnak, davlat qonunlariga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik, vatanini himoya qilishga tayyorlik, mustahkam sog‘lik, sog‘lom hayot tarzi, insonparvarlik, ma’naviylik, muloqotga kirishuv chanlik, oqillik, o‘ziga nisbatan talabchanlik va tanqidiy munosabatda bo‘lish.

Pedagogning faoliyati jamoaviy xarakterga ega bo‘lib, pedagogik faoliyat natijalariga boshqa o‘qituvchilarning ishlari, oila, shuningdek, boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, pedagogning mehnatidagi muvaffaqiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita jamoadagi psixologik iqlimga, o‘qituvchilarning hamkorlik darajasiga, ularning ruhiy va jismoniy his-tuyg‘ulariga bog‘liq.
Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning barcha sohalari kabi ta’lim sohasida ham kasb ichida tabaqalanish, ya’ni ixtisoslikka ajralish jarayoni kechmoqda. Shu bois ham kasb-hunar pedagogikasi mutaxassislar tayyorlashning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqqan. Amaldagi oliy ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ixtisosliklar tasniflagichiga binoan umumlashgan holda “ta’lim” nomi bilan yuritilgan guruhga kiritilgan.
Kasb ta’limi o‘qituvchilari tayyorlash yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustidagi № 343- sonli qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, murakkab kasblar turkumiga mansub. Chunki u bir vaqtning o‘zida ikki: “inson-inson”, “inson-texnika” tizimida faoliyat ko‘rsatishni talab etadi.
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisi ko‘p ixtisoslik va mutaxassisliklarga ega. Ta’lim sohasida “mutaxassislik” tushunchasi (iborasi) ta’lim yo‘nalishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi kategoriya sifatida qaraladi. Mehnat sohasida esa u kasb-hunar doirasida mehnatning yo‘nalishi va o‘ziga xos mazmuni deb talqin etiladi.
Ta’lim sohasida mutaxassislik eng avvalo, mutaxassis faoliyati turi va uning mehnati qo‘llanish sohasini ko‘rsatadi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumot olish, ma’lum kasbiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma va malakalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishni anglatadi.
Pedagogik faoliyat ijtimoiy maxsus ko‘rinish bo‘lib, insoniyat jamiyati tomonidan to‘plangan bilim, tajriba, madaniyat, shuningdek, o‘quvchilarni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlari avloddan avlodga uzatishga yo‘naltirilgandir. Kasbiy pedagogik faoliyat maxsus tashkil etilgan ta’lim muassasalarida kechadi (amalga oshiriladi) va o‘quvchilar shaxsini rivojlantiradi.
Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘quvchilarning imkoniyatlari, jamiyat va davlatning mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bir tomondan, u turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlarini o‘zida ifodalaydi. Pedagogik faoliyatning asosiy obektlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Ta’lim-tarbiya muhiti, ta’lim-tarbiya beruvchi jamoa, o‘quvchilar faoliyati va ularning individual o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik faoliyatning maqsadi bevosita quyidagi ijtimoiy pedagogik vazifalar yechimini topish bilan bog‘liq: tarbiyaviy mehnatni shakllantirish; o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish.
Kasbiy pedagogik faoliyat - bu integrativ faoliyat bo‘lib o‘ziga psixologik, pedagogik va ishlab chiqarish texnologik komponetlarni qamrab oladi. Kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kasb-hunar sir-asrorlariga o‘rgatish va shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat.
Kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi munosabatlar sodir bo‘ladi:
Pedagogning pedagogik ta’sir vositasi va predmetiga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi subekt-obekt munosabatlari; pedagogik o‘zaro tasir jarayonidagi subekt-subekt munosabatlari.
Pedagogik o‘zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o‘z navbatida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo‘llash bilan bog‘liq.
Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pedagog vositalar va o‘z xatti-harakat usullarini qiyoslaydi.
Pedagogik masalalar yechimini topish usullarini tanlab, o‘qituvchi har bir o‘quvchining individual sifatlarini mo‘ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini, jihozlanganlik darajasini, pedagogik jarayon davomiyligini hisobga olishi zarur, Bundan pedagogik masalalarning yechimini topish ko‘p jihatdan o‘qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog‘liqlishi kelib chiqadi.
O‘quvchining kasbiy rivojlanishi kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy natijasidir.

Download 492,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish