Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


O’qituvchi shaxsi va unga qo’yiladigan talablar



Download 492,19 Kb.
bet45/128
Sana08.03.2022
Hajmi492,19 Kb.
#486198
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128
Bog'liq
3.1. Маъруза матнлари

O’qituvchi shaxsi va unga qo’yiladigan talablar
Reja:

  1. O’qituvchiga qo’yilgan talablar.

  2. Pedagogik qobiliyat.

  3. Kasb-hunar ta’limi o‘qituvchisining muhim fazilatlari.



Tayanch so’z va iboralar: o’qituvchi shaxsi, pedagogik qobiliyat, pedagogik fazilat, kasbiy tayyorgarlik, kompetentlik.



  1. O’qituvchiga qo’yilgan talablar

O‘qituvchiga qo‘yilgan talablar: kasb ta’limi o‘qituvchisining vazifasini kasbiy pedagogik va ijtimoiy o‘ziga xosligi har doim o‘z shogirdlari, ota-onalar, keng jamoatchilik nigohida bo‘lishi, ular shaxsiga, axloqiy qiyofasiga yuqori talablar qo‘yadi. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar qat’iy kasbiy sifatlar tizimi bo‘lib, kasbiy pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatini belgilaydi.
Eng avvalo, shuni unutmaslik zarurki, amaliy pedagogik faoliyatning faqatgina yarmi oqilona texnologiyaga asoslanib quriladi. Qolgan yarmisi esa, san’atdir. Shuning uchun ham pedagog kasbiga qo‘yilgan birinchi talab pedagogik qobiliyatlarning mavjudligidir. Bunday yondashuvga asoslanib biz pedagogda maxsus pedagogik mahorat mavjudmi, degan savolni qo‘yishga majbur bo‘lamiz. Pedagogik qobiliyatlar bolalar bilan ishlashga moyillik, bolajonlik, ular bilan muloqot va munosabatda bo‘lib, qoniqish hosil qilish kabilarning mujassamligini ko‘rsatuvchi shaxsiy fazilatlardir.

  1. Pedagogik qobiliyat

Ko‘pchilik hollarda pedagogik qobiliyatni chiroyli gapirish, ashula ayta olish, rasm chizish, bolalarni tashkillashtirish kabi tor doiradagi xatti-harakatlarni bajarishga almashtiriladi. Olimlar tomonidan pedagoglarni quyidagi bosh qobiliyatlari ajratilgan:
1.Tashkilotchilik – o‘quvchilarni o‘zaro jipslashtirish, ularning shaxsiy burchlarini bilish, ishlarini rivojlantira olish, bajarilgan ishga yakun yasash kabi o‘qituvchilik malakalarida ko‘zga tashlanadi.
2. Didaktik – o‘quv materiali, ko‘rsatmali qurollar, jihozlarni tanlay olish va tayyorlash, aniq, lo‘nda, tushunarli va ketma-ket bayon eta olish, o‘qib-o‘rganish va ma’naviy qoniqish hosil qilishga qiziqtira olish, o‘quv-bilish faolligini oshirish kabilar.
3. Perseptiv – o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularning emosional holatlarini obektiv baholay olish, psixikaning o‘ziga xos jahatlarini aniqlay olish kabilarda namoyon bo‘ladi.
4. Kommunikativ – o‘qituvchining o‘quvchilar, ularning ota-onalari, o‘zining kasbdoshlari, ta’lim muassasalari rahbarlari bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlar o‘rnata olishida o‘z aksini topadi.
5. Suggestiv – o‘quvchilarga emosional irodaviy ta’sir ko‘rsata olish.
6. Tadqiqotchilik – pedagogik vaziyat va jarayonlarni bilish va obektiv baholay olish qobiliyati.
7. Ilmiy bilish – tanlagan sohadagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olish qobiliyati.
Yuqorida zikr etilgan va shu kabi boshqa qobiliyatlar pedagogning amaliy faoliyatida birday muhimlik darajasiga egami? So‘nggi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlarning “asosiy” va “ikkinchi darajali yordamchi” turlarga ajratishga imkon beradi. Ko‘p sonli so‘rovlar natijasida muhim pedagogik qobiliyatlar sirasiga pedagogik kuzatuvchanlik, didaktik, tashkilotchilik, ekspressiv qobiliyat kabilarning kirishi haqida fikrlar bildirilgan.
Pedagogik ta’lim muassasalariga qabul qilishda shu paytgacha pedagogik iste’dod (qobiliyat, o‘quv) hisobga olinmay, umumiy tanlovga asoslanildi. Shuning uchun ham ta’lim muassasalariga tasodifiy shaxslar kelib qolmoqda.
Albatta, ideal holatda pedagogik faoliyat bilan ma’lum iste’dodga ega bo‘lgan kishilar shug‘ullanishi zarur. Lekin pedagog kasbi ommaviy kasbga aylangan. Faqatgina O‘MKHT tizimi uchun zarur bo‘lgan 160000 nafar iste’dodli pedagoglar qayerdan olinadi? Ko‘p sonli mutaxassislar fikricha, yorqin pedagogik qobiliyat mavjud bo‘lmagan holda, mehnatsevarlik, o‘z burchiga sodiqlik, o‘zi ustida muntazam ishlash kabi kasbiy fazilatlar ularning o‘rnini to‘ldirishi (qoplashi) mumkin.
Pedagoglik kasbini muvaffaqiyatli egallash uchun pedagogik qobiliyatning mavjudligi juda muhim, lekin bu hamma narsaning yechimi topilganligini anglatmaydi. Qanchadan-qancha fan nomzodi, professorlar amalda pedagogik mahorat cho‘qqisini egallay olmaganlar.
Ana shu bois ham, biz pedagogning muhim kasbiy fazilatlari sifatida mehnatsevarlik, ishchanlik, tartib intizomlilik, javobgarlik, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ya olishlik, unga erishishda oqilona yo‘llarni tanlay olish, tirishqoqlik, kasbiy mahorat darajasini muntazam oshira borishlik, mehnati sifatini oshirishga intiluvchanlik kabi kasbiy fazilatlarni e’tirof etamiz. Zikr etilgan talablar orqali pedagog o‘zi bajaradigan burchini ishchi sifatida amalga oshiradi. Ko‘z o‘ngimizda bozor munosabatlarining yo‘ldoshi hisoblangan o‘zgarishlar shu jumladan raqobatbardoshlik rivojlanmoqda. Bunday sharoitda pedagogning insoniy (odamiylik) fazilatlari kasbiy muhim ahamiyat kasb etib, ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy munosabatlarning vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Ular: odamiylik, mehribonlik, sabr-toqatlilik, tartib-intizomlilik, halollik, to‘g‘rilik, poklik, javobgarlik, vijdoniylik, saxiylik, mehr-muruvvvatlilik, yuksak axloqiylik, kelajakka ishonch, emosional bosiqlilik, muloqotchilik, o‘quvchilarga nisbatan qiziquvchanlik, oq ko‘ngillik, o‘z-o‘zini tanqid qilishlik, do‘stlik, o‘zini tuta bilishlik, prinsipiallik, emosional madaniyatlilik va ko‘plab shu kabilardir.
O‘qituvchi uchun shart bo‘lgan fazilat insonparvarlikdir. O‘qituvchi har doim faol, ijodkor shaxs bo‘lishi zarur. A.S. Makarenko o‘zini tuta bilmaydigan o‘qituvchini tormozsiz mashinaga o‘xshatgan edi. Chunki bunday mashina albatta halokatga olib keladi.
Pedagogik takt o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lganda amal qilinadigan his-tuyg‘udir. O‘quvchi shaxsiga nisbatan hurmat uning o‘zagini tashkil etadi.
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlarini bir-biridan ajratish mumkin emas. Chunki ular yaxlitlikni tashkil etadi. Bunday fazilatlar kasbiy tayyorgarlik jarayonida, ya’ni o‘qitadigan predmetini, o‘qitish metodikasini bilish, keng ko‘lamda madaniy dunyoqarash, pedagogik mahorat, pedagogik mehnat texnologiyalarni bilishi, notiqlik san’ati va boshqalar vositasida shakllanadi.
Bolalarga nisbatan mehr-muhabbat o‘qituvchilik ishining asosidir.
Pedagogning fazilatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq yaxlit, majmuaviy tizimdir. O‘qituvchilik mahoratining tizimlilik harakteri pedagogning kasbiy potensiali (imkoniyatlari) tushunchasida o‘z ifodasini topib, turli yo‘nalishlarda va darajalardagi faoliyat hamda tayyorgarlikni o‘zida mujassamlashtiradi.
Qandaydir kasbga nisbatan qo‘yiladigan fazilatlar ro‘yxati professiogramma deb atalishi qabul qilingan kasbiy imkoniyat (potensial-lotincha potencia umumlashgan qobiliyat, imkoniyat, kuch ma’nosini anglatadi) pedagogning bosh tasavvuridir. Bu qobiliyat tabiiy va o‘zlashtirgan fazilatlari tizimiga birlashtirilib, pedagogga berilgan shart-sharoitda o‘z burchini bajara olish qobiliyatini belgilaydi.
Kasbiy imkoniyat tizim sifatida kasbiy tayyorgarlik jarayonida quyidagi tenglik vositasida aniqlanishi mumkin.
Pedagogning kasbiy potensiali (PKP) formulasiga binoan shaxsning o‘zgarmaydigan tug‘ma qobiliyatlari (tq) dan, qisman o‘zgaradigan shaxsning maxsus qobiliyati (qo‘mq) dan, maxsus tayyorgarlik jarayonida tarkib topadigan qobiliyatlar (mtjttq) dan va pedagogning amaliy faoliyatida o‘zlashtiriladigan (afo‘q) qobiliyatlar yig‘indisi ekanligini ko‘p sonli tadqiqotlar tasdiqlagan.
Kasbiy potensial tushunchasining umumiy tuzilmasi yetarli darajada murakkab va ko‘p qirrali uni I.P. Podlasiy quyidagicha tasavvur etish mumkinligini ko‘rsatadi.

Download 492,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish