Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to’ldirish va yangilashga bo’lgan ehtiyojlarini rivojlantirish Reja


aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishi



Download 32,38 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi32,38 Kb.
#255709
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam ko‘rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o‘zgacha bo‘ladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad qo‘ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan bo‘ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‘p hollarda inson toliqqan bo‘lib, hordiq olishni  xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi.

Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz.

Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.

Nutq tafakkur qurolidir.  Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.

Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.

Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos  vazifasini o‘taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan tashqari, bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega.

           Kasbiy ijodiy tafakkur deganimiz bu -  har bir inson hayotida bolalik davrlaridan boshlab yuzaga keladigan, asosan maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllanadigan kasbga bo'lgan qiziqish va tushunchalarning yig'indisidir. Bunda har bir bola o'zining yosh xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ijodiy tomondan yondashadi. O'smir yoshidagi bolalar tafakkuri ko'pincha umumlashtirishga mogul bo'ladi. Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati odhmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aliyu sifatlar kiradi:

Tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez yecha olish va boshqa shu kabi sifatlar masjid bo'lgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni birinchi sinfdayoq rivojlantira borish nihoyatda muhim.

O'smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o'quvchilarning o'zini o'zi boshqarishini yo'lga qo'yishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o'quvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yo'l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o'zi ishtirokchi bo'lgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalar ijodiy faoliyatdan tasviriy san'at ayniqsa rasm chizishni yaxshi ko'radilr. Bolaning nimani va qanday ifodalashiga qarab, uning atrof olamdagi voqelikni qanday idrok qilishi, xotirasi, xayoli va tafakkurining o'ziga xosligi haqida mulohaza qilish mumkin. Rasmlar orqali bolalar tashqi olamdan olayotgan taassurotlari va bilimlarini yetkazishga harakat qiladilar. Rasmlar bolaning **oniy va psixologik holatiga qarab o'zgarishi mumkin. Aniqlanishicha, kasal bolalar chizgan rasmlar sog'lom bolalar chizganidan ko'p jihatdan farq qiladi.

Maktabgacha yosh davri badiiy - ijodiy faoliyatida musiqa muhim ahamiyati ega. Bolalarda musiqiy asarlar tinglash, musiqiy qatorlarni va tovushlarni turli asboblarda takrorlash quvonch bag'ishlaydi. Asosan katta maktabgacha yoshdagi bolalarda birinchi marotaba musiqa bilan jiddiy shug'ullanishga qiziqish paydo bo'ladi. U keyinchalik haqiqiy qiziqishga aylanishi va musiqiy qobiliyatning rivojlanishiga yoram beradi. Bolalar qo'shiq aytishga, musiqa ostida turli ritmik va raqs harakatlarini bajarishga o'rgandilar. Qo'shiq aytish, musiqani anglash va vokal qobiliyatlarni rivojlantirdi.

Hech bir yosh davri maktabgacha yosh davridagiek shaxslararo hamkorlikning turli shakllarini talab qilmaydi, chunki u bola shaxsining turli jihatlarini rivojlanishi zarurati bilan bog'liq. Bu tengdoshlari, kattalar bilan hamkorlik, o'yinlar, muloqot va birgalikdagi mehnatdir. Maktabgacha yosh davri davomida bolalarning quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib boradi: predmetlar bolan boshqarish o'yini, konstruktiv tipdagi individual predmetli o'yin, jamoaviy syujetli-rolli o'yinlar, individual va guruhiy ijod, o'yin-musobaqa, uy mehnati kabilar. Maktabga chiqishdan bir yoki ikki yil oldin ularga o'qib faoliyati qo'shiladi va 5-6 yoshli bola qiziqish va qobiliyatiga qarab faoliyatning eng kamida 7-8 ta turiga tortiladi, ularning har biri bolani o'ziga xos ravishda intellektual va axloqan rivojlantiradi.

Pedagog bolalarni kuzatib ulardan ba'zilari qobiliyatli, boshqalari kamroq qobiliyatli bo'ladi deb hisoblar ekan, bu gapda jon bor. Shunday bo'ladiki, ba'zi bolalar ehtiyojlari va qiziqishlaridn kelib chiqib, she'r va ertaklarni sahnalashtirilgan rollarni tez va oson yodlab oladilar.

Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi ulr yordamida ko'nikma va malakalarni nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo'ladi. Idrok fetish paytida masalan ranglarning tovlanishidagi nozik farqlari, predmetlarning aniq ko'rinishi, proporsional nisbatlarini tushunish, kuzatuvchanlik, absolyut e**ish (musiqa bilan shug'ullanganda) va boshqalarda namoyon bo'ladi. Ayrim qobiliyatlar xotiraning yaxshi ishlashi bilan bog'liqdir. Qobiliyatlar bilim, ko'nikma va malakalardangina iborat emas, garchi ular asosida paydo bo'lib, rivojlanib borsa ham. Shuning uchun o'quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror narsani sust bilishi, uning qobiliyatining yo'qligidan deb hisoblamasdan, juda ehtiyot bo'lish va xushmuomalalik bilan ish ko'rish kerak. Bunday xatolar ba'zan biror sabab bilan maktabda yaxshi o'qimagan bo'lajak yirik olimlarga nisbatan ham yo'l qo'yilgan. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrofdagi odamlar tomondan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo'lgan juda ko'p allomalarning nomi olamda mashhur. Jumladan, Albert Enshteyn nisbiylik nazariyasi asoschisi, Nikolay Lobachevskiy yangi geometriya asoschisi va boshqalarning o'qishiga qaraganda genial olim bolib yetishishinga hech qanday asos yo'q edi.

Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini o'rganar ekanmiz, bu qobiliyatlar birgina emas balki juda ko'p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyat birmuncha torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz mumkin.

Qobiliyatlar odamning ma'lum bir ish yoki harakatlarini boshqa odamlarga nisbatan osonlik va chaqqonlik bilan bajara olishidir.  Kishilarda rivoj topib ularning qobiliyatlarida namoyon bo'lgan tug'ma xususiyatlar iste'dod hisoblanadi.

Qobiliyatlarning rivojlanishi ichki va tashqi sharoitlarning o'zaro aloqalari orqali belgilanadi. Rubinshteyn aytganidek, qobiliyat spiralsimon tarzda rivojlanadi: bir ko'rinishdagi qobiliyatlar keyingi rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi, natijada yana ham yuqori darajadagi qobiliyatlar rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham har biriga o'ziga xos qobiliyatlar mavjud bo'ladi. Ularni kasbga yo'naltirishda eng avvalo, ularda mavjud bo'lgan qobiliyatlarni aniqlash va shunga ko'ra bolani kasbga yo'naltirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Qiziqishlar, mayllar va qobiliyatlarning kasb tanlashga ko'rsatadigan ta'sirini sxema tarzida tasavvur qilish mumkin. Shunday qilib har bir kishi o'z faoliyat sohasida o'z qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlarini shakllantirib Hamdan rivojlantirib, keyinchalik tanlanadigan kasbga yaxshi tayyorgarlik ko'rib bormog'i kerak.

Qobiliyatlar qiziqish va mayllar bilan mahkam bog'liq bo'ladi hamma odamning kasbga layoqatini ko'rsatuvchi belgilarning ajralmas qismi hisoblanadi.

Qiziqish, mayllar va qobiliyatlarning kasb tanlashga ta'sirini sxema tarzida tasavvur qilish mumkin. Shunday qilib, har bir kishi aniq faoliyat sohasida o'z qiziqishlari, mayllari hamda qobiliyatlarini shakllantirib hamda rivojlantirib tanlanadiga kasbga nihoyatda puxta tayyorlanib bormog'i lozim.

Kasb tanlash - jiddiy va nihoyatda mas'uliyatli ishdir. O'z hayot yo'llarini jiddiy sur'atda belgilab borish bu jiddiy masaladir. Buning uchun maktablardagi politexnika tizimidagi texnik to'garaklar muhim o'rin turadi, fan to'garaklarida bolalar texnik saviya va bilimlarini kengaytiradi Hamdan kasb tanlashga tayyorlanadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida yuqori sinf o'quvchilari uchun "ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlash" kursi o'qitiladi. Kasbga yo'naltirish umumiy o'quv tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. O'quvchilar va bolalarni kasbga yo'naltirishda ota-onaning ham roli nihoyatda kattadir. Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o'qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita bog'liqdir. Ta'limni oqilona, optimal yo'l bilan tashkil qilish va olib borish orqali turli yoshdagi maktab o'quvchilarida mehnatga ongli munosabatni tarkib topshirish va kasb-hunarga nisbatan qiziqishni o'stirish mumkin.

Barkamol avlodni **oniy faolliksiz tasavvur qilib bo'lmaydi, bu tarbiyaning bosh maqsadi **oniy chiniqqan, mard va jasur, sabotli, qat'iyatli vatanparvarlarni kamol toptirishdir. Har jihatdan yetuk bo'lib kamol topgan bolalar kelajakda albatta o'z kasbining mohir egasi, yetuk kadr bo'lib yetishadilar. 

Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasining 23-moddasida "Har bir inson mehnat qilish va o'z mehnat turi ya'ni o'z kasbini ixtiyoriy tanlash, adolatli, quay mehnat sharoitida ishlash huquqiga ega" deb ta'kidlangan.

Shunday ekan, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini mistahkamlash, xalq farovonligini ta'minlash yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan kishilar bilan faxrlanish va o'rnak olish lozim. Yoshlar mehnati dastan olamda, keyinchalik o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining o'rni va ahamiyati beqiyos kattadir. Ta'lim to'g'risidagi qonunning 13-moddasida ta'kidlanganidek, "Kasb-hunar kollejlari o'quvchilarning kasb hunarga moyilligi, mahorati va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kashgar bo'yicha bir yoki bir necha iltimos olishni taminlaydigan uch yillik o'rta kasb-hunar o'quv yurtidir". 

Insonning kasbga bo'lgan intilishi uning ma'naviy ehtiyojlari qatoriga kiradi. Bu haqida O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.Yusupov shunday yozadi: "Ma'naviy kamolot muayyan ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog'liqdir. Ehtiyojlar va zaruriyatlar yo'q joyda hech qanday yuksalishlar bo'lmaydi. Ehtiyojning o'zi ham inson ma'naviyat darajasi bilan belgilanadi". Ko'rinib turibdiki, insonning kasb tanlashi bu uning ma'naviyati bilan, qolaversa, confining rivojlanganlik darajasi  bilan bog'liq bo'lar ekan. Inson ehtiyoji by uning o'z maqsad va manfaatlarini anglaganligi va uni qondirish yo'lida harakatlanayotganligidan darak beradi. Inson faoliyati bu uning ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lishi va bu ehtiyojlar insonda ma'lum bir manfaatlarni uyg'otishini ko'rish mumkin.

Kasbga yo'naltirishning maqsadi  bu jamiyat tomonidan ko'rsatilgan bo'lib, uning vazifalari va ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Tarbiyachining asosiy faoliyati tarviyalanuvchilarni ongli tarzda kasb ttanlashlarga tayyorlash hisoblanadi. Qo'yilgan maqsad strategiyasi va tarbiyachining kasbga yo'naltirish vazifasi o'z oldiga yaqin va aniq vazifalarni qo'yadi. Bu vazifalar tarbiyalanuvchilarni ma'lum bilimlar bilan qurollantirish, estetik ongini tarbiyalash, bolalarda axloqiy va tarbiyaviy bilimlarni shakllantirish va shu kabilarni qamrab oladi. Natijada bular bolalarning shaxs sifatida rivojlanish darajasini shaklllantirib boradi. Bunda bolaning ongi shakllanib borib, o'zining uzoq va yaqin maqsadlarini amalga oshirishi kerak.

Pedagog va tarbiyachi faoliyatining natijasi bu kasbga yo'naltirish jarayonida ko'rinadi. Kasb tanlashga ongli munosabat bu eng avvalo mavjud bo'lgan bilimlar asosida sodir bo'ladi. Bunga eng avvalo inson faoliyati haqidagi tizimli bilimlarni kasbning ko'rinishini, tiplarini va ularning mazmunini kiritish mumkin.

Kasb tanlashga ongli qarash bu:

-Shaxsning motivlashgan yo'nalishida;

-Alohida va ijtimoiy kasbni tanlashning ahamiyati anglashda;

-Kasbga yo'naltiruvchi bilimlar tizimini egallaganda;

-Bo'lg'usi mehnatga faol tayyorgarlik va o'z imkoniyatlarini sinab borishda;

-Kasbga zarur bo'lgan sifatlarni o'z o'zida tarbiyalashda ko'rinadi.

Kasbni ongli tanlash quyidagilarga asoslanadi:

-Kasblar haqidagi bilimlar;

-Alohida tanlanayotgan kasb haqidagi bilimlar;

-O'z qiziqishlarini o'rganishga;

-O'z qobiliyatlarini o'rganishga;

-O'zining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishga;

-O'z sog'ligi haqida ma'lumotlarga ega bo'lishga;

-Oilasining moddiy ta'minlanganlik darajasini bilishga;

-Mehnat bozorini hisobga olishga.

Har bir o'quvchi maktabni tugatganidan keyin qaysi yo'ldan borishini hal qilishi lozim bo'ladi. Bu holda eng asosiysi "kerak" faktori muhim hisoblanadi. Bugungi iqtisodiy ijtimoiy sharoitda birinchi darajali ahamiyatga quyidagilar kiradi:

Ijtimoiy holat, mehnat bozoridagi holat;

Oilaning moddiy ta'minlanganlik darajasi;

Ta'lim olishdagi yordam olish imkoniyatlari;

Shu sohada mehnatiga yarasha haq olish imkoniyatlar

Kasbiy ma'lumoti haqida mahalliy infrastruktura.

Bola o'zi xohlayotgan kasbni va mutaxassislikni tanlab olish, tanlangan mutaxassislik bilan tanishish, insonga bu kasbning qo'yadigan talablari bilan tanishish nihoyatda muhimdir.

Bolaning kasb tanlashida eng birinchi navbatda bolada kasb tanlash bo'yicha mustaqillikni ta'minlash lozim. Afsuski, bola maktabni bitirishiga bir ikki yil qolgan vaqtda bu masala bilan shug'ullanish biroz kech. Mustaqil bolani tug'ilganidan boshlab tarbiyalash kerak. Kasbga yo'naltirishning asosiy qoidasi oddiy: bola o'z kasbini o'zi tanlashi lozim. Bunda qaysi kasblarga talab borligini o'rganish ham juda muhimdir. Faqat obro'li emas, haqiqatan ham talab kuchli bo'lgan kasblarni bilish kerak. Buni tushunish uchun reytinglarni o'qish shart emas. Ish topishda yordam beradigan saytlarni ochib, vakansiyalarni diqqat bilan kuzatish lozim. Vakansiyalarni ko'zdan kechirish kasbning mashhurligini, kutilayotgan maoshni va ishlash istagida bo'lganlarga qo'yiladigan talablarini baholashda yordam beradi. Balki orzudagi yo'nalishda o'qish uchun oliy ma'lumotning o'zi kamlik qilar, parallel ravishda xorijiy tilni o'rganish va qandaydir kurslarga borish kerak bo'ladi.

Bolani kasbga yo'naltirishda maktabdagi sevimli fan va u yoqtirgan kasbni adashtirmaslik kerak. Standard mantiq: "matematikadan yaxshi o'qigan - kompyuterchilikka o'qishga borishi kerak, adabiyotdan bilimi a'lo - filolog bo'lishi kerak, rasmni yaxshi chizadi - dizayner bo'la qolsin, hech narsaga qiziqmaydi - menejer bo'la qolsin". Bilimidan kelib chiqib ishni tanlash o'rniga bilimni maqsadga qarab oshirib borish lozim. Sevimli fanni emas, bola mehnat qilib, yaxshi haq to'lanadigam kasbni tanlashi kerak.

Bolaga kasb tanlashda yordam berishda nima qilish kerakligi haqida qisqacha:

O'z tanlovingizni unga majburlab o'tkazmaslik, nima qilishni aniqlashni bolaga qo'yib berish, hozirda qaysi kasblar kerakligi haqida gapirish, test yoki sinf jurnalidagi bahoga qarab emas, bolani qiziqtiradiga kasblarni taklif qilish, turli kasblar haqida maksimal darajada ma'lumot berish, yaqqol aniq bo'lmagan qarorlarni ko'rsatish, shahringizda mashhur bo'lmagan kasblarni ko'rsatish, faqat diplom uchungina o'qishga majburlamaslik, yaxshisi bir necha yil o'zini o'zi aniqlash va keyin ideal kasbni tanlagan ma'qul.

Kasbiy qiziqish va moyilliklarni shakllantirishda gamma uchun zarur bo'lgan umumiy qobiliyatlar masalan, ijodkorlikka bo'lgan qobiliyatlar  yoki juda ko'p kasblar va faoliyat turlari uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar ya'ni tashkilotchilik qobiliyatlari, ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar hisobga korinadi, masalan,  elektromexanik relent sozlovchi qilivchi kishining qo'llarida sezuvchanlik juda yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak, bir xil ohangdagi qo'zg'atuvchilarga nisbatan bardoshlilik, transport vositalarini haydovchi kishi uchun zarur, chizmalarga qarab murakkab buyumlar tayyorlaydigan kishilar uchun esa **larning fazodagi holatini tasavvur qila olish qobiliyatli yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak.



Inson hayotida o'smirlik davridagi eng quvnoq va mazmunli davrlari akademik litsey va kasb hunar kollejlarida o'tkazilgan davrdir. Bu ta'lim bosqichini tugatayotganda kimdir biror hunarmandlik kasb-korini davom ettirish yoki o'z shaxsiy tadbirkorligini yo'lga qo'yish niyatida bo'lsa, yana boshqalar oliy ta'lim olish ya'ni, ko'p yillar orzu qilib, tanlagan kasbiy mutaxassislik sirlarini egallash uchun oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirishga and qiladilar.

Kasb tanlash hayot yo'lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o'zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlari bo'lishi bilan bir qatorda, o'z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb hunarga ham ega bo'lishi zarur. Ba'zi yoshlar ko'p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirish damlarni yaqinlashganda "Men kelajakda shu sohaning mutaxassissi bo'la olamanmi, bunga mening iqtidorim va bilimim yetadimi?" deb o'ylab qiladilar. Ayrimlar o'zlarining ko'p yillik orzularidan ham ovoz kochib, hozirgi kunda dolzarb va ahamiyatli o'rin tutayotgan sohaga qiziqib, kutilmaganda o'z fikrlarini o'zgartiradilar. Asosiysi, yoshlar to'g'ri yo'lni tanlash o'z hayotlari oldinda juda katta mas'uliyatli bazida ekanligini yaxshi bilishlari lozim. Buning uchun ularning ongiga bolalikdanoq ushbu fikrlarni singdirib borish va ularning qobiliyatlariga qarab kasbga to'g'ri yo'naltirish darkor.
Download 32,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish