M' = Dk2(C) D funksiyasi E funksiyaga nisbatan teskari funksiya bo‘lib, shifr matn-ni rasshifrovka qiladi. Bu funksiya ham k 2 kalit o‘rinishidagi
qo‘shimcha parametrga ega. k1 va k 2 kalitl har bir ma’noli moslikka ega
bo‘lishlari shart. Bu holda rasshifrovka qilingan M ' axborot M ga ekvivalent bo‘ladi. k 2 kaliti ishonchli bo‘lmasa D funksiya yordamida
M ' = M dastlabki matnni olib bo‘lmaydi.
Kriptotizimlarning ikkita sinfi farqlanadi:
- simmetrik kriptotizim (bir kalitli);
- asimmetrik kriptotizim (ikkita kalitli).
Shifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka
qilish uchun bitta kalitning o‘zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish xuquqiga ega bo‘lgan har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. Shu sababli, simmetrik kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni shifrlash kalitidan faqat axborot
atalgan odamgina foydalana olishi mumkin.
2-rasm: Simmetrik shifrlash kriptotizimining sxemasi
Simmetrik shifrlash axborotni "o‘zi uchun", masalan, egasi yo‘qligida undan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish maqsadida, shifrlashda juda qulay hisoblanadi. Bu tanlangan fayllarni arxivli shifrlash va butun
bir mantiqiy yoki fizik disklarni shaffof(avtomatik) shifrlash bo‘lishi
mumkin.
Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi bosh-
lanmasdan oldin barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan ayirbosh-
lash zaruriyatidir. Simmetrik shifrlash algoritmining ma’lumotlarni abonentli shifrlashda, ya’ni shifrlangan axborotni abonentga, masalan Internet orqali, uzatishda amalga oshirilgan variantlari mavjud. Bunday kriptografik tarmoqning barcha abonentlari uchun bita kalitning ishlatilishi xavfsizlik nuqtai nazaridan nojoizdir.
Asimmetrik kriptotizimlarda axborotni shifrlashda va rasshifrovka qilishda turli kalitlardan foydalaniladi:
ochiq kalit K axborotni shifrlashda ishlatiladi, maxfiy kalit
hisoblab chiqariladi;
maxfiy kalit k , uning jufti bo‘lgan ochiq kalit yordamida shifrlangan axborotni rasshifrovka qilishda ishlatiladi.
3-rasm: Asimmetrik shifrlashning umumlashtirilgan sxemasi
Asimmetrik kriptotizimda shifrlangan axborotni quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi: uzatish
- abonent V juft kalitni generatsiyalaydi: maxfiy kalit kVva ochiq kalit KV;
- ochiq kalit KV abonent A ga va qolgan abonentlarga jo‘natiladi.
2. A va V abonentlar o‘rtasida axborot almashish:
- abonent A abonent Vning ochiq kaliti KV yordamida axborotni shifrlaydi va shifrmatnni abonent V ga jo‘natadi;
- abonent V o‘zining maxfiy kaliti kVyordamida axborotni rasshifrovka qiladi. hech kim (shu jumladan abonent A am) ushbu axborotni rasshifrovka qilaolmaydi, chunki abonent V ning mahfiy kaliti unda yo‘q. A simmetrik kriptotizimda axborotni himoyalash axborot qabul qiluvchi kaliti kV ning mahfiyligiga asoslangan.
Asimmetrik kriptotizimlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
1.Ochiq kalitni va shifr matnni himoyalangan kanal orqali jo‘natish mumkin, ya’ni niyati buzuq odamga ular ma’lum bo‘lishi mumkin.
2.Shifrlash YeV: M C va rasshifrovka qilish DB: S M algoritmlari ochiq.