82
bu erda
: t
o
- har bir postda bajariladigan ish hajmi, ishchi soat:
R
o’r
- har bir postdagi o’rtacha ishchilar soni,ishchi
t - avtomobillarni postda bo’lish vaqti,soat
Bunday postlarning yig’indisi oqimli qatorni tashkil etadi. TXK jarayonini bunday tashkil
qilish usulida, avtomobilni postdan postga o’tish vaqti kamayadi, egallanadigan ishlab chiqarish
maydoning yuzasi kamayadi va konveyr qo’llash imkoniyati tug’iladi.
Bu usulning kamchiligi postlarda bajariladigan ish hajmini o’zgartirish mumkin emasligi va
qo’shimcha ishchilarni ushlab turish (ish hajmining oshishini inobatga olib) mumkin emasligidadir.
Oqimli qatorlar to’xtovsiz oqimli qator va to’xtab-to’xtab harakatlanuvchi oqimli qator kabi
turlarga bo’linadi.
To’xtovsiz oqimli qatorda TXK, avtomobil postdan-postga to’xtovsiz harakatlanib turishida
amalga oshiriladi. Bu usul asosan KX da qo’llaniladi. Bunda konveyr tezligi Vk=0,8-1,5 m/min,
avtomobillar orasidagi masofa U=1,2-4 m ni tashkil etadi.
To’xtab-to’xtab harakatlanuvchi oqimli qator deb, avtomobilga TXK da konveyrning
to’xtab turishi va postdan-postga o’tishida harakatlanishi tushiniladi. Bu usulni KXK da qo’llab
bo’lmaydi, chunki KXK da mexanizatsiyalanish va avtomatlashtirilgan moslamalar qo’llaniladi
hamda bu erda tezligi 10 - 15 m/min bo’lgan konveyrlar qo’llaniladi. Ishchi posti uzunligi Li.p = La
+ U, m ga, ya’ni La-avtomobil uzunligining va ikki avtomobil orasidagi masofaning(U) yig’indisiga
teng bo’ladi.
Operatsion post usulida, TXK dagi ish hajmi bir necha maxsus postlarga agregat va
mexanizm turlari bo’yicha bo’lib yuboriladi (1-oldi ko’prik, 2-orqa ko’prik, 3- uzatmalar qutisi va
h.k.).
Bu usulda TXK boshi berk postlarda bajariladi va har bir postda avtomobillarni turish vaqti
bir xil bo’lishi kerak. Avtomobillarni har qanday postga qo’yish mumkinligi ishlarini tez va sifatli
bajarishga imkon yaratadi, ammo avtomobilning postdan-postga o’tish vaqti ko’pligi tufayli, atrof-
muhitni ifloslantirishni ko’paytiradi. Bu usulda, avtomobillarga TXK ishlari bir necha bo’laklarga
bo’linib, bir necha kunda o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
TXK usulini tanlash tartibi - TXK texnologik jarayonini tashkil etish usulini tanlash,
avtomobillar soni va turiga, TXK ga ajratilgan vaqtga, baozi bir operatsiyalar va TXK jarayonlar
ish hajmiga va avtomobil liniyada ishlash vaqtiga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi vaqtda, har bir smenada avtomobillarga TXK lar soniga va ularning turiga qarab
usul tanlanadi (1-TXK lar soni 11-13 ta, 2-TXK lar soni 3 va undan ortiq bo’lganda oqimli qator,
kam bo’lsa, universal postlar qabul qilinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: