Kirish. Fanning maqsad va vazifalari.
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash, modellashtirish va badiiy bezash fanining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”iga asoslanganligi, uning maqsadi va vazifasi haqida.
Davlatimizning rivojlangan davlatlar qatoriga o`tishida yosh avlodning tafakkurini, badiiy didi, madaniyati, ma`naviyatini o`stirishda fanning tutgan o`rni. O`zbek milliy madaniyati va iqtisodini rivojlantirishda kichik, o`rta, qo`shma korxonalarning, modalar uyi xodimlarining ijodiy faoliyatlari. Kiyimning vazifasi, kelib chiqishi va rivojlanishi, unga qo`yilgan talablar, tasnifi haqida ma`lumot.
1-mavzu. Kiyimni loyihalash asoslari. Odam gavdasining tuzilishi va turlari
Odam gavdasi tuzilishi, gavda turlari, odam qaddi-qomatini tashkil qiluvchi qismlar, ularning mutanosibligi, kiyim tayyorlashda ularning o`rni haqida tushuncha. Odam qaddi-qomatidagi belgilar, xususiyatlar, jinsiga, yoshiga xos o`zgarishi.
Gavda tuzilishidagi asosiy nuqtalar va chiziqlar. Ularni kiyim loyihalashdagi ahamiyati. Loyihalash uslublari: mulyaj, hisoblash, o`lchab hisoblash, yagona loyihalash uslublari haqida.
Amaliy ish. Odam gavdasidan o`lchov olishni bajarish
2-mavzu. Bolalar kiyimlarini loyihalash va texnik modellash
Bolalar gavdasining o`ziga xos xususiyatlari, harakatchanligi, tez o`zgaruvchanligini, kiyim loyihalashda hisobga olinishi. Bolalar yoshiga nisbatan kiyimlarni guruhlarga bo`linishi, ularda kiyim bichimi, bezagi, gazlamalarni qo`llash haqida ma`lumot.
Yangi tug`ilgan bolalar kiyimi va buyumlari uchun tanlanadigan gazlamalar, kiyimni tayyorlanishiga qo`yilgan talablar haqida ma`lumot. Ularning kiyim va buyumlari asosiy andazasini loyihalash usullari. Texnik modellashtirish nima va uning bosqichlariga qo`yilgan texnik talablar (eskiz, shablon, rangli qalam, rangli qog`oz bilan ishlash). Ish fartugi va ro`molining asosiy chizmasi chiziladi va texnik modellanadi. Maktabgacha yoshdagi qiz va o`g`il bolalar ko`ylaklarini loyihalash , modellash va andazasini tayyorlash.
Tungi ko`ylakni loyihalash. Asosiy o`lchovlar olinib, ular asosida hisoblash jadvali tuzilib, tungi ko`ylak asos chizmasini chizish va andaza tayyorlash. Tungi ko`ylak asosida o`smir yoshdagi qiz bolalar xalati andazasini tayyorlash.
Amaliy ish. Tungi ko`ylak modellarini texnik modellashtirishni amaliy, ijodiy bajarish. Maktabgacha yoshdagi qiz bolalar ko`ylagi, o`g`il bolalar shortigi va ko`ylagi, o`smir (42-r) qiz bolalar ko`ylaklarining asosiy andazasini loyihalash va texnik modellash.
Mustaqil ish. O`z o`lchamida tungi ko`ylak, trusik va ko`ylak asos chizmasini chizish va andaza tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |