Касб-ҳунар таълими тизимини инновацион ривожлантириш, педагок кадрларининг малакасини ошириш ва уларни қайта тайёрлаш институти ҳузуридаги илмий даражалар берувчи dsc


Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi



Download 7,53 Mb.
bet4/31
Sana03.06.2023
Hajmi7,53 Mb.
#948520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Очилов Бобур диссертация тайёр

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosalar, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 76 betni tashkil etadi.
Ilmiy rahbar: ____________ dots. Xakimov J.O.

Magistratura talabasi: ____________ Ochilob B.A.



MUNDARIJA

KIRISH 7
1-BOB. BO’LAJAK PROFESSIONAL TA’LIM O’QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI 12
1.1-§. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari 12
1.2-§. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarining kasbiy kompetentligiga qo’yilgan talablar 17
1.3-§. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik qobiliyatini tashkil etish yo’nalishlari 25
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar 32
II BOB. BO’LAJAK PROFESSIONAL TA’LIM O’QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI 34
2.1-§. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini shakllantirish tizimini amalga oshirish shakllari 34
2.2-§. Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishda axborot-metodik ta’minoti hamda uning tarkibiy qismlari 41
2.3-§. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish 51
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar 55
III BOB. BO‘LAJAK PROFESSIONAL TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI 57
3.1-§. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish 57
3.2-§. Pedagogik tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari tahlili 67
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar 74
XULOSA 75
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 78
ILOVALAR 80



KIRISH



Jahon miqyosida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga imkon beruvchi didaktik vositalarni o‘qitishning fazali (o‘quv materiali mazmunini idrok qilish; eslab qolish; mazmunini anglash va uni qayta tiklash; o‘zlashtirilgan bilimlarni baholash va e’tirof etish) modeli orqali joriy etish, bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan loyihalash-konstruktorlik va texnik-texnologik ishlarga jalb qilish, ularda mantiqiy fikrlash, tahlil etish, kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda ta’limning an’anaviy va zamonaviy usullari, innovatsion texnologiyalardan kompleks foydalanish, ayniqsa, hozirgi texnik inqilob (The Fourth Industrial Revolution) sharoitida predmet tayyorgarlik, vizual modellashtirish (Visual Simulation) zaruratga aylanmoqda. Professional ta’limning yangi paradigmalari bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida nafaqat kasbiy kompetentlikni shakllantirishga kompetentli yondashuvni, balki ayni jarayonni ta’minlashga imkon beruvchi metodologik va uslubiy asoslarni ham takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda professional ta’lim tizimidagi tub islohotlar natijasida texnika oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmalari asosida kompetentli mutaxassislar, xususan, professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari yaratilib, axborot-metodik imkoniyatlari kengaytirilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”1 ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu esa respublikamiz ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirishning yo‘l xaritasini belgilab berdi. Mazkur vazifani amalga oshirishda bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning amaldagi metodikasi va o‘quv-metodik ta’minotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda o‘zlashtirish natijalarini obyektiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.
Pedagog kasbi bir paytning o‘zida ham islohatchilik, ham boshqaruvchilikni talab etadi. Shaxs kamolotini boshqarish uchun esa kompetent bo‘lishi lozim. Shuning uchun o‘qituvchini kasbiy kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratini ifodalaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda “Yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega” ekanligi ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi tarkibi pedagogik ko‘nikmalar orqali namoyon bo‘lishi mumkin. Kasbiy tayyorgarlik modeli umumiydan xususiy ko‘nikmalar yo‘nalishida belgilanishi maqsadga muvofiq. Ma’lumotlar va voqeylikni nazariy tahlil qila olish ko‘nikmasi bilan uzviy bog‘liqlikda pedagogik fikrlash va amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi umumiy ko‘nikmalar sirasiga kiradi. Bu har ikkala ko‘nikmani sezgi, tajriba va nazariy darajalarda ro‘y beradigan aniq fikrlashdan mavxumlikka o‘tish jarayoni asosini tashkil qiluvchi ko‘nikmalar birlashtirib turadi. Tahlilni nazariya darajasigacha yetkaza olish ko‘nikmasi – bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilariga ta’lim berishning muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, professional o‘qituvchining kasbiy xususiyatlar talablariga mosligi pedagogik ko‘nikmalarning pedagogik fikirlash va amaliyot yuritish bilan bog‘liq jihatlarning mosligini anglatadi. Pedagogik vazifaning umumiylik darajasiga qaramay ilmiy asoslangan tizimini yaratish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi ham aynan shundadir.
U.Abdusamatovning dissertatsiyasida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilari pedagogik madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. L.Yangiboyevning dissertatsiyasida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilari kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish usullari bayon etilgan. A.Irisovning dissertatsiyasida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisining pedagogik texnologiyasini tarkib toptirish usullari, ya’ni pedagogik texnologiya xaqida tushuncha, uning xususiyatlari, interfaol metod, asosida o‘qitish metodikasi bayon etilgan. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini shakllantirishga oid masalalar bilan A.D.Redjaboyev, R.A.Hamroqulov, A.Yu.Sotvoldiyev, U.S.Temirova va boshqalar shug‘ullanishgan.
R.A.Hamroqulovning ilmiy ishida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda muomala madaniyatining quyidagi qirralari, yo‘nalishlari shakllantirilishi kerakligi aniqlangan:

  • pedagoglar va bo‘lajak rahbarlar o‘rtasidagi munosabat;

  • ijtimoiy foydali mehnat jarayonidagi munosabat;

  • mashg‘ulotlar jarayonidagi munosabatlar;

  • bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilari hulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • ommaviy ishlar jarayonida rasmiy munosabatning elementlarini shakllantirish;

  • hamkasblar o‘rtasidagi munosabat.

Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda milliy qadriyatlarning ta’sir kuchi nihoyatda katta. Ular ijtimoiy ongning muhim shakllari sifatida o‘quvchilarning ongi, hulqi, hatti-harakatlarida faoliyatlariga ta’sir etadi va o‘quv jarayonida, darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonida o‘zining qimmatini oshirishni ham ta’minlaydi. Bundan kelib chiqqan holda magistrlik tadqiqot mavzusini “Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini treninglar orqali shakllantirish omillari” deb nomladik.

Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish