№
E ’tibor beriladigan holatlar
Ballarning vazifalar
bo‘yicha taqsim -
lanishi
1.
K urs ish in in g tu zilm a si
5
2.
M a v zu n in g doizarb ligin i asosla;i^
5
M a q sa d n in g to ‘g ‘ri q o ‘yiig a n lig i va y ech im g a
erish ilg a n lig i
10
4.
M a v zu n i yoritishda foyd alan ilgan adabiyotlar
ta h lili
5
5.
M avzu n i yoritish raetod larin in g to ‘g ‘ri ta n la n -
g a n lig i va tatbiq q ilin gan ligi
30
6.
A n iq la n g a n nazariy m a ’lu m otlarn i am ald a sinab
k o‘rilgan ligi va asoslan gan ligi
15
7.
D a rs ish la n m a la rin i tayyorlashda p ed a g o g ik
te x n o lo g iy a la rn in g to ‘g ‘ri q o ila n ilg a n lig i
25
8.
O lin g a n yak u n iy x u lo sa la rn in g b elg ila n g a n
m aqsadga m uvofiqligi
5
i
Jam i
Í00
393
Kurs ishlarini bajarishda texnik modellashtirish va loyihalash.
Oliy ta ’lim muassasalarida, ayniqsa, bo‘lajak mehnat ta ’lim i va
kasb ta ’limi o‘qituvchilariiii tayyorlashda rnehnat va kasb ta ’limi
metodikasi fanlaridan kurs ishlarini bajarishda texnik modellash
va loyihalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi vazifalar-
ni muvaffaqiyatli bajarishda turli tashkiliy shakl va m etodlardan
foydalaniladi, jum ladan:
— texnik m a’lumotiar berish;
— tadqiqotchilik va amaliy faoliyat, ko‘nikm a va m alakalarni
shakllantirish;
— texnik bilim larni, mehnat usullarini, bajarilgan ishlar sifa-
tini nazorat qilish;
— dizayn, estetik did va mehnat madaniyati ko‘nikm alarini,
mustaqil ishlash qobiliyatini shakllantirish;
— konstruktorlik-texnologik mazmundagi ijodiy masalalarni hal
qilish, yuksak darajadagi mehnat intizomi va mehnat muhofazasi ta-
lablariga rioya etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning yaratilishi.
Texnik modellashtirish jarayoni biror-bir noyob, qim m atbaho
xullas ko‘p mablag‘ sarflanadigan inshootlar, agregatlar, m ashi-
nalar va hokazolarning modelini yaratish hisoblanadi. Odatda,
modelning o'lcham lari asl nusxaga nisbatan ancha kichik bo‘ladi
va shunga ko‘ra undan arzonga tushadi. Model tuzilishi jihatidan
aslidan farqlanishi mumkin, lekin unda ishlash jarayonida aslida
sodir bo‘ladigan fizik hodisalar kuzatilishi kerak.
Texnik modellashtirish jarayoni uchta asosiy bosqichdan:
— model yasash uchun texnik hujjatlarni (texnik shartlar,
chizmalar, texnologiyani) tayyorlash,
— model yasash,
— uni sinab ko‘rishdan iborat.
Texnikada ishlatiladigan modellar 3 turga bo‘linadi. M ehnat
va kasb ta’limi metodikasi fanlaridan talabalar kurs ishlarini ba-
jarishlari uchun ushbu turlarni bilishi talab etiladi:
394
G eom etrik o‘lcham larda o‘xshashlik — ko‘rgazmali qurol
maqsadida ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadi.
Bunday modellar talabalarni zamonaviy m ashina, m exanizm lar
tuzilishi, ishlash m ezonlari bilan tanishtiradi.
Fizikaviy o ‘xshash!ik — o ‘rganilayotgan obyektning hara-
kat dinamikasi, o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, xususiyatlari va
o‘xshashliklarini ko‘rsatadi.
Harakatli o‘xshashlik - tirik m ayjudodlarning harakatlarini
modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi m odellarning asliga yaqin
boMishni ta ’minkish m aqsadida ko‘p holatlarda tirik mayjiidodlar
yoki insonlarga o‘xshasli qilib yaratiladi.
Talabalarga texnik m odellashtirishni o‘rgatish jarayonida in-
son o ‘z amaliy faoliyatida tabiat qonuniyatlari va hodisalaridan
foydalanishini ko‘rsatib berish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish
sohaiari bilan tanishtirib chiqish kerak. Bunda talabalarning fan
asoslari bo‘yicha olgan bilim larini ustaxonadagi amaliy ishlari
bilan bog'lash kerak.
Talabalarning texnik modellashtirish jarayonidagi faoliya-
ti asosan texnik hujjatlarni ishlab chiqish va model yasashdan
iborat bo‘ladi. Shuning uchun eng avval talabalarni chizm alarni
ishlashga, texnologik jarayonni tuzishga, m odelning detallarini
tayyorlash va ularni yig‘ishg" ,jalb etish uchun eng qulay modellar
yasashni nazarda tutish lozii/i.
Talabalarga m odellashtirishni o‘rgatish jarayonida obyektlarni
tayyorlash quyidagicha uch bosqichda amalga oshiriladi;
1) mukam mal texnik hujjatlar bo‘yicha;
2) qisqartirilgan texnik hujjatlar bo‘yicha;
3) texnik shartlar yoki o‘z shartlari bo‘yicha.
Modellashtirishni o‘rgatishdagi birinchi bosqichning xusu-
siyati shuki, unda talabalar topshiriqni bajarish uchun barcha
boshlang‘ich m a’lumotlarni tayyorgina oladilar. Bu esa ana shu
bosqichda talabalarning ijodkorligi uchun hech qanday sharoit
bo‘lmaydi degani emas. Chunki chizmalar, obyektning texnik
shartlari va texnologik xarita mavjud bo‘lgan taqdirda ham , tala
balarning m a’lum darajada mustaqil ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ular
avvalo texnik hujjatlarni tushunib olishlari: chizm ani 'o'qishlari va
texnologiyani o‘rganishlari shart.
M odellashtirishni o‘rgatishning ikkinchi bosqichi talabalar
topshiriqni bajarish uchun kerakli m a’lum otlarni to'liq olmas-
395
ligi bilan tavsiflanadi. U lar yordam chi adabiyotdan foydalanib,
buyum ning loyihasini, uni tayyorlash texnolgiyasini ishlab chi-
qishga va hokazolarga jiddiy yondashib, m azk u rm a’lum otlarning
bir qismini mustaqil holda o ‘zlari topishlari kerak. Qisqar-
tirilgan texnik hujjatlarda bir y o ia ham chizm alarni o ‘qish va
ishlab chiqish, ham loyihalash va texnologik jarayonni tash-
kil etish vazifalarini nazarda tutish tavsiya qilinadi. Talabalar
yetishmaydigan m a’lum otlarni shu tarzda topish uchun chiz-
m achilikdan, shuningdek loyihalash va texnologiyadan olingan
bilim larni ijodiy qo‘llashlari lozim.
M odellashtirishni o'rgatishning uchinchi bosqichi talaba-
larning o ‘z ijodiy tasavvuri yoki buyumga qo‘yiladigan shart-
lar bo‘yicha bajaradigan mustaqil ishidir. M odellashtirishda
talabalarning individual xususiyatlari farqi ayniqsa yaqqol ko‘-
rinadi.
Bunda m a’lum darajada ayrim talabalarning ongli mustaqil
ta ’lim faoliyati bilan shug‘ullanishi har xil texnik qurilm alarni
loyihalash va tayyorlashga qiziqishlari sabab bo‘ladi.
Loyihalash — asl nusxadagi mashinalar, moslamalar, jihoz-
lar va hokazolarning chizm alarini yaratishga qaratilgan ijodiy
jarayondir. Loyihalash bilan shug‘ullanish uchun avvalo keng
grafik hamda texnologik bilim va malakalarga ega bo‘lish kerak.
Shuningdek, buyum larning mustahkamligi, aniqligi va hokazo-
lariga oid murakkab hisoblarni bajarish imkonini beradigan max-
sus loyihalash bilimlari va malakalari ham zarur.
Talabalar texnik modellashtirish bilan shug‘ullanishda buyum-
larni loyihalash, tayyorlash va pardozlash bo‘yicha quyidagi ish-
larni bajaradilar:
1) loyihalanadigan buyumning vazifasi va qo‘lIanishi bilan
tanishish;
2) buyumdan foydalanish va uni tayyorlash jarayoniga asos
bo‘ladigan fizik, kimyoviy va boshqa jarayonlarni aniqiashtirish;
3) umumtexnik va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish,
qo‘yilgan vazifani hal qilinishining eng yaxshi variantini tan-
lashda ulardan foydalanish;
4) buyumning bir nechta eskiz variantlarini tayyorlash va
ulardan eng yaxshisini tanlash;
5) buyum ning texnik loyihasini ishlab chiqish;
6) buyumga ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish;
396
7) ayrim detallarni, uzellar va um um an buyum larni tayyorlash
ham da rostlash;
8) buyum ning kam chiliklarini aniqlash va bartaraf etish;
9) buyum ni pardozlash;
10) buyum ni tayyorlashga doir o‘quv-texnik hujjatlarga tuza-
tishlar kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |