Kasb tanlashga


Mustahkamlash uchun savollar



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/266
Sana16.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#677586
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

Mustahkamlash uchun savollar:
1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishning 
maqsad va vazifalari nim alardan iborat?
2. Maktab sharoitida to‘garaklar tashkil qilish qanday amalga 
oshiriladi?
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida qanday 
tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi?
4. To‘garaklarni tashkil etish jarayoni qanday rejalashtiriladi?
5. 0 ‘quvchilarni kasbga yo‘llashda sinfdan va m aktabdan 
tashqari qanday ishlar tashkil etiladi?
8 .2 . M eh n at ta’lim i, kasb tanlashga yo‘I!ashga oid m etodik
ishlar
Reja:
1. Umumiy o ‘rta ta ’lim tizim ida mehnat ta ’limi, kasb ta n ­
lashga yo‘llash fani bo‘yicha metodik xizm atni tashkil qilish va 
amalga oshirish tizimi.
2. M etodik ishlarni tashkil qilish metodlari, shakllari, m az­
muni va vositalari.
3. Metodik ishlarni boshqarish tizimi.
Tayanch iboralar: 
metodik ishlar, metodik xizmat, pedagogik 
kengash, uslubiy komissiya, metodik birlashma, pedagogik o‘qish, 
uslubiy kengash, istiqbolli reja.
1. 
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida mehnat ta’limi, kasb tan­
lashga yo‘llash fani bo‘yicha metodik xizmatni tashkil qilish va
amalga oshirish tizimi. 
U m um ta’lim maktablarida ilmiy-metodik 
ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish va unga rahbarlik 
qilish uchun maktab rahbari ayni vaqtda ham yaxshi pedagog, 
ham kasb sirlarini yaxshi biladigan mutaxassis bo‘lishi kerak. U 
mustaqil ravishda bilim olishi va malaka oshirish kurslari orqali
318


ilmiy-m etodik ishlarning m azm uni ham da ularni tashkil etishga 
oid m asalalarni o‘rganib borishi kerak.
U m u m taiim m aktablarida tashkil etiladigan ilm iy-m etodik 
ishlarning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
— u m u m taiim maktabi pedagog va texnik xodim larining il- 
miy-g‘oyaviy saviyasini, pedagogik m ahoratini oshirish;
— o‘quvchilarni milliy m ustaqillik ruhida tarbiyalash m azm u­
ni, shakl, metod va vositalarini takomillashtirish;
— ta iim , tarbiya va rivojlantirish m aqsadlarining birligi, 
umumilm iy, um umkasb va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini 
ta ’minlash;
— ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va 
texnika yutuqlarini o ig an ish , um um lashtirish ham da ta ’lim -tar­
biya jarayoniga joriy etishdan iborat.
Ilm iy-m etodik ishlarda ishtirok etish um um ta’lim m aktab- 
laridagi barcha rahbarlar, o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar 
uchun majburiy b o iib , ularning pedagogik faoliyatini ajralmas 
qismi hisoblanadi.
U m um ta’lim maktablaridagi m etodik ishlarning m azm uni, 
yoiialishi, tuzilmasi kabilar m etodik ish haqidagi Nizom bilan 
belgilanadi. Shu Nizomga muvofiq jamoaviy va individual m eto­
dik ishlar olib boriladi.
Quyidagilar jamoaviy m etodik ish shakllari sirasiga kiradi:
— pedagogik kengash;
— uslubiy komissiyalar;
— ilg‘or tajriba maktabi, m uam m oli seminarlar, ilmiy-uslubiy 
konferensiyalar, pedagogik o‘qish va turli uslubiy kengashlar.
Individual m etodik ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
— um um ta’lim m aktablari rahbarlari, o‘qituvchilar, va boshqa 
texnik xodim larn. |ig o‘z g‘oyaviy-siyosiy darajasi, pedagogik m a­
lakasi va kasb m ahoratini oshirish yuzasidan olib boriladigan 
mustaqil m etodik ishlari;
— maktab rahbari (direktor), uning oiinbosarlari, o‘qituvchiIar, 
pedagoglar va boshqa texnik xodim lar bilan olib boriladigan indi­
vidual metodik ishlari.
M etodik ishlar shakli va m azm uni bo‘yicha ham , pedagog 
xodim larning turli guruhlarini qamrab olish bo‘yicha ham mu- 
vofiqlashtirilgan taqdirdagina yuqori sam aradorlikka erishish 
m um kin. U m um ta’lim m aktabida m etodik ishlarni umumiy
319


mavzu asosida tashlcil etish tajribasi bunday muvofiqlashtirish 
usullaridan biridir. Metodik ishni bunday tashkil etishning m o ­
hiyati shundan iboratki, um um ta’lim maktabi m a’lum bir vaqtga 
mo‘ljallangan umumiy mavzuni tadqiq etadi. Buning natijasida 
ta’lim-tarbiya jarayonini takom illashtirishning dolzarb m uam m o­
larini hal etishga muayyan hissa qo‘shadi, turli toifadagi peda­
gogik xodim larning tayyorgarlik darajasi hisobga olingan holda, 
ularning pedagogik mahoratini oshirish vazifalarini muvaffaqi­
yatli amalga oshirishga imkon beradi.
Metodik ish um um ta’lim m aktabining istiqboli va joriy ish 
rejalarida mustaqil bo‘lim sifatida rejalashtirilishi kerak. Mustaqil 
ishlarning tashkil etilishi va samaradorligini tekshirish masalalari 
um um ta’lim m aktablarining ichki nazorat rejalarida o‘z aksini 
topadi.
Metodik ishlarni rejalashtirishda quyidagi talablarga asosla- 
nish maqsadga muvofiqdir;
— kelajakdagi rivojlanishni ko‘zda tutish (bajarish muddatlari 
va vazifalari bo‘yicha);
— rejalarni ta ’lim-tarbiya va metodik ishning ahvoli va nati­
jalarini har tom onlam a chuqur o‘rganish hamda tahlil qilish aso­
sida ishlab chiqish;
— rejalarning ijodiy xarakteri, ya’ni ularni bajarishda ishtirok 
etuvchi xodim larning tashabbusi va ijodkorligini namoyish eti- 
lishga zarur imkoniyat yaratish;
— metodik ishlarning jamoaviy va individual shakllarini uyg‘un 
qo‘shib olib borish;
— tezkor tekshirish m umkinligi (yozuvlar va bajarish m uddat- 
larining aniqligi ijrochilarning ko‘rsatilishi).
M etodik ish shakllari va maqsadlarining rang-barangligi, 
uning turli guruh va toifadagi pedagoglarni o‘ziga jalb etishi- 
ni hisobga olib, tadbirlarning m azm uni va o‘tkazish muddatla- 
rini muvofiqlashtirish, bir ishning takrorlanishini b artaraf etish, 
uning samaradorligini oshirish uchun pedagogik amaljyotda uzoq 
vaqtlardan beri «Metodik ishlarning umumiy rejasi» tuziladi. Bu 
ish pedagogik tajribada o'zini oqladi. Bunday rejada um um ta’lim 
maktabidagi barcha metodik ishlar tizim i, taqvim m uddatlari va 
muhim tadbirlar bo‘yicha uyg‘unlashtiriladi.
M ehnat ta ’limi o‘qituvchisining metodik ishlar olib borishdan 
ko‘zda tutilgan asosiy maqsadi ularning malakasini oshirishdir.
320


Bu esa ta ’lim -tarbiya ishlarini takom illashtirishda m uhim vosita- 
dir. Bu ish o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan olib boradigan ish­
larida katta yordam beradi, ularning m a’naviy-ma’rifiy saviyasi, 
pedagogik va ishlab chiqarish malakasini oshiradi.
Shunga e’tibor berish kerakki, o‘qituvchilarning m etodik ish­
lari asosini ularning bu sohadagi mustaqil ishlari tashkil etadi. 
Bu ish muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lishi, m untazam olib 
borilishi va ta ’lim-tarbiya ishlarida o ‘z ifodasini topishi kerak.
0
‘qituvchilarning m etodik ishlari m aktab rahbarlarining be­
vosita nazorati va rahbarligida olib borilishi kerak. U m um ta’lim 
m aktabiarida mustaqil m etodik ishlar jamoaviy ishlar bilan birga 
olib boriladi.
M ehnat ta ’lim i o ‘qituvchisi o ‘zining pedagoglik mahoratini 
takom illashtirish ham da o‘z malakasini oshirish ustida har doim 
ishlashi kerak. Unga bu borada o‘qituvchilar malakasini oshirish 
institutlari ancha yordam beradi. Bu institutlarda qisqa muddatli 
kursiar tashkil qilinib, ularda o ‘qituvchilar fan va texnika soha­
sidagi yutuqlar, ilg‘or pedagogik tajribalar bilan tanishadilar.
Bu kursiar ham m a o ‘qituvchilarni qamrab ololmaydi, albat­
ta. Shu sababli kurs tayyorgarligi bilan birga joylarda m untazam
ravishda m etodik ishlar ólib boriladi. Odatda, ular bir qancha 
m etodik ishlarni bajarishadi. Bu esa qo‘shim cha m as’uliyat yuk- 
laydi, ularning mustaqil bilim olish borasida qunt bilan ishlab, 
ham kasblari uchun nam una boMishga majbur qiladi.
2. 
Metodik ishlarni tashkil qilish metodlari, shakllari, mazmuni 
va vositalari. 
0
‘quvchilarga ta ’lim va tarbiya berishda mehnat 
ta ’limi o‘qituvchisi yetakchi rol o'ynaydi. Ta’lim -tarbiya jarayo­
nining ahvoli, o‘quvchilarning tayyorgariik darajasi o‘qituvchi 
kasbiy malakasiga, pedagoglik mahoratiga, m adaniyat darajasiga 
bog'liq.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish