Kasb tanlashga


  0 ‘quv ustaxonasida sanitariya-gigiyena qoidalari va texnika



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/266
Sana16.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#677586
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

4. 
0 ‘quv ustaxonasida sanitariya-gigiyena qoidalari va texnika
xavfsizligi talablari. 
M ehnat ta ’lim ining moddiy bazasini tubdan 
yaxshilash uchun barcha shart-sharoitlarni inobatga olish zarur.
0 ‘quv ustaxonalari quyidagi asosiy sanitariya-gigiyena va xavf­
sizlik talablariga javob berishi lozim:
253


1. Ustaxonalar uchun mo'ljallangan bino o‘quv-pedagogika, 
sanitariya-gigiyena va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondiri- 
shi kerak.
2. 0 ‘quv ustaxonalarining jihozlanishi texnikaning hozirgi d a­
rajasiga, yuksak kasb madaniyatiga muvofiq kelishi hamda ularda 
mehnat ta’limi dasturining barcha mavzularini o‘rganish uchun 
shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.
3. 0 ‘qituvchining o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv 
ishlab chiqarish ishlari uchun ham shart-sharoitlar yaratilgan 
bo‘lishi kerak.
4. Har bir o'quvchi uchun mustaqil ish joyi ajratilgan bo‘lib, 
u tegishh asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi 
zarur.
5. 0 ‘qituvchi uchun namunaviy ish joyi ajratilgan bo‘lib, u 
tegishli asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlanishi va pol us- 
tidan 250—300 mm balandlikda bo‘lishi kerak.
6. Ustaxonalarda o‘quvchilarning qulay va xavf-xatarsiz m eh­
nat qilishi uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
7. 0 ‘quv ustaxonalari hajmdor yassi ko‘rsatma qo‘llanm alar 
bilan, shuningdek, ta ’lim ning texnikaviy vositalari bilan jihozlan­
gan bo‘lishi zarur.
8. Yordamchi xizmat xonalari (asboblar saqlanadigan xona va 
omborxonalar) o‘quv ustaxonalariga yaqinroq joylashgan bo‘lishi 
kerak.
9. Ustaxonalarda o‘quvchilarning diqqatini ishdan chalg‘ituvchi 
va mehnat jarayonini buzuvchi shovqinga va tashqi ovozlarga yo‘l 
qo‘yilmasligi kerak.
0 ‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 
70 -9 0 m^ ni tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga 
joylashgan bo‘ladi. Ular ta ’lim muassasasida ortiqcha shovqin 
bo‘lmasligi uchun m aktabning asosiy binosidan biroz nariroqda 
quriladi.
0 ‘quv ustaxonalari materiallar, 
yarimfabrikatlar, 
tayyor 
buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun 
zarur yordamchi xonalarga ega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli 
taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va sun’iy shamolla- 
tiladigan bo‘lishi m e’yorda tabiiy va sun’iy yoritilgan ish o‘rni 
bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14—16°C, yoz davrida esa 
20°C dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan
254


yoki sliaroitga qarab kunduzgi yorug'lik lam palaridan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir.
0 ‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin va shifti oq 
bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoriti-
1 ishini ta ’minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan 
bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jih at­
dan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi 
obyektlar bilan ustaxonaning um um iy foni o‘rtasida yaqqol farq 
bo‘lishini ta ’minlaydi.
Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shov­
qin yutuvchi va tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan^ eng to‘g‘ri 
m ehnat usullaridan foydalanish yo‘li bilan erishilishi mumkin.
0 ‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqti­
da yong‘inga qarshi choralarga, m ehnatni muhofaza qilish va sa­
noat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ustaxonalar asbob- 
uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak. Tikuv m ashinalari 
va ular orasidagi o‘tish yo‘llari belgilangan m e’yorlar darajasida 
bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv m ashinalarining oxirgi qatorlari 
bilan ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi 
kerak.
Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar 
saqlanishi uchun sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan hol­
da shart-sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak.
Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning 
toza bo‘lishi, asbob-uskunalarning to ‘g‘ri turishi, estetika ta ­
lablariga rioya qilish va nam unali tartib — bularning hammasi 
o‘quvchilarni intizom lilik va davlat mulkini ehtiyot qilish ruhida 
tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir.
0 ‘quv ustaxonalari sathini guruhdagi o‘quvchilar sonidan va 
bitta o ‘quvchi ixtisosiga muvofiq maydon m e’yoridan (o'quvchi 
uchun 4—5 m^, shuningdek o‘qituvchining 5 ,5 -7 m^ ga teng ish 
o‘rnidan) kelib chiqib aniqlanadi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish