Kasb tanlashga


  Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisining



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/266
Sana16.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#677586
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

1. 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisining
darsga va o‘quv yiliga tayyorgarligi. 
M ehnat ta ’limi o‘qituvchisi 
darslarga puxta tayyorgariik ko'rsagina, bu darslardagi ta ’lim - 
tarbiya jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi m um kin. 0 ‘quv 
yili boshlanishi oldidan o‘qituvchi dasturdagi ham m a mavzularni 
o‘rganish vaqtini taqsimlab chiqadi, o‘quv m ashg'ulotlarining jad- 
vali va m azkur fanni o'rganishga o‘quv rejasidan ajratilgan haftalik 
soatlarning m iqdorini hisobga oigan holda unga muvofiq bo'lgan 
taqvimiy m uddatlarni o'rnatadi. M ehnat ta ’lim i, kasb tanlashga 
yo'llash o'qituvchisining o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘quv rejasini, 
mehnat ta ’lim i va kasbga yoilash fanining o ‘quv dasturini va 
taqvimiy mavzuli rejani o'rganishdan boshlanadi. M ehnat ta ’limi 
va kasbga yoilash o'qituvchisi bu hujjatlar bilan tanishar ekan, 
tegishli sin f o‘quvchilarida um um iy m ehnat bilim lari va amaliy 
ko'nikm alarini qaysi m ehnat turlari bo'yicha va qanday hajmda 
shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi. Buning uchun 
qanday asbob-uskunalar, m oslam alar va ish qurollari kerakligi, 
o'quvchilar m ehnat ta ’limi va kasbga yoilash dasturi talablarini 
to liq bajarish uchun darslarda qanday buyum larni tayyorlashlari 
kerakligini va shunga binoan ularni tayyorlash uchun qanday ma-
235


teriallar talab qilinishini bilib oladi. M ehnat o‘qituvchisi olingan 
ma’lumotlar asosida va m ehnat ta ’limi dasturidan foydalangan 
holda ancha batafsil rejalashtiruvchi hujjatlarni, ya’ni taqvimiy 
mavzuli rejani va o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxatini tu ­
zib chiqadi. Shunday tarzda belgilab chiqilgan dastur o‘qituvchi 
uchun fan yuzasidan ishlarning taqvimiy mavzuli rejasi sifatida 
xizmat qiladi.
0 ‘quvchilar foydalanishi uchun rejalashtirilgan buyumlarga 
mehnat ta ’limi o ‘qituvchisi texnikaviy hujjatlar ishlab chiqadi, 
zarur ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, asbob-uskunalarning, 
o‘quvchilar ish joyi va ish qurollarining texnikaviy holatini, shu­
ningdek, o‘quv ustaxonalari binosining va ulardagi jihozlarning 
xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq ke­
lishini tekshirib chiqadi.
0 ‘qituvchi m ehnat ta ’limi dasturidagi mavzularga tayyorlanar 
ekan, har bir mavzuning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, ular 
bo‘yicha bilim va ko‘nikm alar mazmuni va darajasini aniqlaydi, 
o'quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan amaliy ishlarning xarakteri va 
miqdorini belgilab chiqadi, mustaqil topshiriqlarning m azm uni 
va hajmini, ularning tobora murakkablashib borishini hisobga 
olgan holda o‘ylab ko‘radi, mavzuni muvaffaqiyatli o‘tish uchun 
moddiy asos tayyorlaydi.
Darsga tayyorlanish vaqtida o‘qituvchi o‘tgan m ashg‘ulotning 
mazmuni va natijalarini tahlil qilishi, ularning izchil aloqasini 
belgilab chiqishi, kelgusi darsning ta ’lim va tarbiya maqsadini 
to‘g‘ri belgilashi, darsning tuzilishini va uning har bir elemen- 
tiga ajratiladigan vaqtni aniqlashi, mavzuga oid savollar tuzishi 
va kirish yo‘riqnomasi m azm unini ishlab chiqishi, asosiy m ehnat 
usullarini tanlashi va o'ylab chiqishi kerak.
Mehnat ta ’limi o'qituvchisi mashg‘ulotga tayyorlanish ja ra ­
yonida darsning tashkiliy tomonlariga navbatchilarnivtayinlash, 
o‘quvchilarga asbob va m ateriallar tarqatish, o ‘quv ustaxonalarida 
tartib-intizom ning qat’iy saqlanishiga, ishlarga baho qo‘yish va 
ularni tahlil qilishga alohida e’tibor berishi kerak.
Zamonaviy darsning tarkibiy tuzilishi o‘qituvchilarning boshqa- 
ruvchilik roli va o‘quvchilarning anglash faoliyatlarini tashkil etish­
ning o‘ziga xosligini aks ettira turib, juda ham turli-tum an shakl- 
daligi bilan farq qiladi. Darsning muvaffaqiyatli o‘tishi o‘qituvchi 
hamda 
0
‘quvchilarning darsga tayyorlanishlariga bog‘liqdir.
236


Darsga m ukam m al tayyorlanish, xususan yetarli darajada 
pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar uchun 
juda zarur.
0 ‘qituvchining darsga bevosita tayyorlanishi har bir darsda 
qo‘llaniladigan mavzuni rejalashtirishni konkretlashtiradi. D ars­
ning rejasi har bir o‘qituvchi uchun zarurdir. O datda faqat uning 
hajmi farq qiladi; endigina o ‘zining o ‘qituvchilik faoliyatini bosh- 
layotganlar o‘zlarining ham m a harakatlari va darsning borishini 
tasvirlash, kichik bo‘iaklarigacha ko‘rsatilgan m ukam m al ishlan- 
ma yozadilar. Tajribali o‘qituvchilar esa qisqa, ixcham reja tuza­
dilar.
Darsning rejasi ixtiyoriy shaklda tuziladi, am m o unda quyi­
dagi tarkibiy qism larning aks etishini ta ’m inlash zarur: darsning 
o ‘tkazilish muddati va uning mavzusi bo‘yicha tartib raqami; 
o ‘tkaziladigan sinfning, dars mavzusining nomi; ta ’lim ning 
vazifalari, shakllantiriladigan bilim, iqtidor va ko‘nikm alar; 
o ‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish; dars bosqichlarining 
davomiyligi va ushbu bosqichlarda vaqtning taxm iniy taqsim la- 
nishini ko‘rsatgan holdagi tarkibiy tuzilishi; o ‘quv m aterialining 
m azm uni; darsning har bir qismida o‘qituvchi va o‘quvchining 
ish usullari ham da metodlari; ta ’lim ning ko‘rgazmali va texnik 
vositalarini qo‘shib hisoblaganda darsni o‘tkazish zarur bo‘lgan 
o‘quv qurollari; darsda bevosita o‘tkaziladigan test sinovlari; uy 
vazifalari, topshiriqlar.
D arsning yutug‘i va uning natijalari nafaqat o‘qituvchining 
tayyorligiga, balki o ‘quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog‘- 
liq bo ‘ladi. 0 ‘quvchilarning navbatdagi darsga (yoki darslarga) 
m a’lum maqsadga yo‘naltirilgan tayyorlanishlari ularda ijo­
biy psixologik kayfiyatni vujudga keltiradi, anglashga, bilishga 
b o ‘lgan yuqori darajadagi qiziqishni tug‘diradi. 0 ‘quvchilarni 
oldinda turgan darslarga tayyorlashda quyidagilar nazarda tu ­
tiladi: ularni oldinda turgan darsning dasturiy o ‘rganish re ­
jasi bilan tanishtirish; (bu xususan yuqori s in ñ a r bilan o ‘quv 
ishlarida ju d a ham zarurdir) o‘quvchilarning tushunishi m um ­
kin bo‘lgan darslarning ayrim bo‘lim lari bilan tanishish; ol­
dinda turgan darsda ko‘tariladigan m asalalar yuzasidan ilmiy- 
om m abop adabiyotlarni o ‘qish, yangi m aterialni o ‘rganishga 
ko‘m aklashadigan kuzatishlar va uncha m urakkab b o ‘lm agan 
tajribalarni o‘tkazish.
237


Dars hozirgi zamon o‘quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadla- 
rini amalga oshirishda asosiy ta ’lim shakli hisoblanadi. Bir necha 
asrlar davomida ta’lim ning dars shaklidan boshqa bir yangi shak­
lini pedagogika nazariyasi ham, amaliyoti ham tak lif etganicha 
yo‘q.
0 ‘tkaziladigan dars o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham 
qanoatlantirishi uchun m a’lum darajada umumiy talablarga ja ­
vob berishi kerak. Ayrim olingan biron-bir dars fanning taqvimiy 
mavzuli rejasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, maqsadi aniq belgilangan 
bo‘lishi kerak. Dars o ‘tish jarayonida shakllantirilishi lozim bolgan 
bilim, iqtidor va ko‘nikm alar alohida aniqlanishi darkor. Shu bilan 
birga mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko‘nikm alarning 
erishiladigan darajasi ham belgilanishi m a’qul bo‘ladi. Darsda 
ishlatiladigan metodlar, vositalar turkum i aniq bo‘lishi oldindan 
belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qo‘yiladigan didaktik 
talablardan yana biri shuki, beriladigan o‘quv materiali sistemali 
ravishda osondan qiyinga, oddiydan murakkabga, o‘quvchilar 
yosh xususiyatlarini hisobga oigan holda amalga oshirilish kerak.
0 ‘qituvchi darsga tayyorgariik ko‘rar ekan, o‘quvchilar o‘quv 
faoliyatini aktivlashtiruvchi ijodiy fikrlash ko‘nikm alarini shakl­
lantirishning muqobil rejalarini amalga oshirishni ko‘zda tutm og‘i 
lozim. H ar bir dars m a’lum darajada g‘oyaviy yo‘nalgan aniq tar­
biyaviy vazifalarni bajarishi, olingan ilmiy bilim lar asosida dun- 
yoqarashni, yuqori axloqiy fazilatlarni, estetik didni shakllan- 
tirib ta’lim ni hayot bilan mustaqil aloqalarini ta ’m inlashi zarur. 
0 ‘quvchilarda bilimga qiziqishni, bilim larni mustaqil egallash 
ko‘nikm alarini qaror toptirish, ijodiy tashabbuskorlikni qo‘llab- 
quvvatlash, ularning tasavvurlari chuqurligi, rivojlanish darajasini 
hisobga olish kerakligini o‘qituvchi darsga tayyorgariik ko‘rish 
jarayonida hisobga olishi kerak.
Darsga tayyorgariik ko‘rishda, uni tashkil etishni aniq reja- 
lashtirib olishda kerak bo'lgan talablar: taqvimiy mavzuli reja 
asosida dars o ‘tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud 
bo‘lishi, dars o‘z vaqtida boshlanib, o‘z vaqtida tugashi kerak. 
Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshi­
dan to oxirigacha o‘quvchilar ongli intizomi ta ’m inlanm og‘i 
lozim. D arsni tashkil etishda turli-tum an vositalardan, o'quv- 
texnik, kompyuter, statsionar va dinam ik ko‘rgazmali qurollardan 
foydalanish ko‘zda tutiladi.
238


D arsning tarkibiy tuzilishi o‘rganilayotgan m aterialning m az­
muniga, darsda foydalaniladigan ta ’lim ning usullari va m etod- 
lariga, o‘quvchilarning tayyorlanish ham da rivojlanish darajasiga, 
o‘quv jarayonida darsning o ‘rniga bog‘liq bo'ladi.
M ehnat ta ’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanish jarayonida 
quyidagilarni hisobga olishi zarur:
Darsning maqsadi:
a) darsning ta ’limiy maqsadi: o ‘quvehilarda yangi atam alarga 
oid tushunchalarni shakllantirish;
b) darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqa- 
rashni shakllantirish;
d) darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning tasav- 
vuri, xotirasi, kuzatuvchanligi, tafakkuri, nutqi, o‘quv jarayonida 
ko‘nikm a, o‘quv m alakalarini shakllantirish va ularni rivojlan­
tirish;
e) dars m aterialining murakkablik darajasini aniqlash: dars 
m aterialining amaliyot bilan va oldingi o‘tilgan m ateriallari bilan 
bevosita bog‘lanishini aniqlash, o‘quvchilarning mustaqil ishlari 
uchun vazifa berish dars jihozini tayyorlash, qo‘shim cha beriladi­
gan topshiriqlar hajm ini aniqlash;
f) darsning didaktik vazifasini, ya’ni maqsadga olib keluvchi 
m asalalarning ketma-ketligini aniqlash;
g) o'qitish usullarining optimal variantlarni tanlash;
h) darsning tuzilishini aniqlash: darsni samarali boshlash va 
vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, darsning rejasi va yaxlitligini, o‘quvchi 
va o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro uzviyligini ta’minlash.
D arslar juda ham. turli-tum an tarkibiy tuzilishlarga ega bo‘lib, 
darslarni bir m arta doimiy ravishda mavjud bo‘ladigan ko‘rinish 
tarzida rejalashtirish va o‘zgarmaydigan, qotib qolgan nam una 
asosida o'tkazaverish m um kin emas. Darsning tarkibiy tuzilishi- 
ga yuqorida qayd etib o ‘tilgan om illar qatorida m azkur sinfda 
ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, o‘qituvchi ish 
faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta ’sir ko‘rsatadi. H ar bir dars 
boshqa darslardan, hatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan 
teng yonma-yon sinflarda o‘tkazilganda ham, o‘zining o ‘ziga xos 
jihatlariga ko‘ra farq qiladi. Darsda har doim o‘qituvchining max­
sus «pedagogik yondashuv tarzi»ni ko‘rish mum kin.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish