Kasb tanlashga yo’llash mashg’ulotlari uchun dars ishlanmalari samarqand 2015


Mashg‘ulotning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi



Download 1,17 Mb.
bet3/4
Sana08.09.2017
Hajmi1,17 Mb.
#19953
1   2   3   4

Mashg‘ulotning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi

Mavzu:

Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi.

Maqsad va

vazifalar

Maqsad: O’quvchilarga kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi to‘g‘risida ma’lumotlar berish. Kasb tanlashda o‘quvchilarga kerakli ma’lumotlarni berish bilan to‘qri kasbga yo‘llash ishlarini tashkil qila olishni o‘rgatish.

Vazifalar:

- o‘quvchilarni kasblarning tiplari, turlari, maqsad va sharoitiga ko‘ra shakllari bilan tanishtirish;

- kasblarni tanlashda rioya qilinishi kerak bo‘lgan qonun-qoidalarni o‘rgatish;

- kasblarning insonga qo‘yadigan talablarini o‘rgatish;

- o‘quvchilarda kasbiy moyillik va qiziqishlarni o‘z vaqtida o‘rganishni tashkil qilish;

- o‘quvchilarda kasblarga bo‘lgan ongli munosabat va qiziqishni uyg‘otish;

- jamiyatimizda mavjud kasb egalari va ularning hayotlaridan misollar keltirish bilan kasblar hiqida ma’lumot berish.


O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilarga mavjud kasblarning tiplari odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz, ularning kasb tanlashda qanday ahamiyat kasb etishligini o‘rgatish. Kelajakda kasbni to‘g‘ri tanlashiga yordam berish, o‘quvchi tanlagan kasb bo‘yicha yuksak natijalarga erisha olish, olmasligini oldindan baholashni o‘rgatib, shu orqali kasb tanlash ishining samarali bo‘lishiga erishish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Usul: og‘zaki bayon qilish, suhbat o‘tkazish, ko‘rgazmalilk, bahs-munozara.

Shakl: nazariy va amaliy mashg‘ulot, kichik guruh yoki individual tartibda ishlash.

Vosita: komp’yutyer, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar.

Nazorat: og‘zaki nazorat, savol-javob, test.

Baholash: rag‘batlantirish yoki jarima berish.

Kutilayotgan natijalar

O’qituvchi: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi mavzusini qisqa vaqt ichida barcha o‘quchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg‘ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida barcha o‘quvchilarni baholashga erishadi.

O’quvchi: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi mavzusi bo‘yicha yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Mustaqil holatda kasbni to‘g‘ri tanlash ko‘nikmasi rivojlanadi. O’z-o‘zini nazorat qilishni o‘rganadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi va baholanadi.

Uyga vazifa

O’qituvchi:

Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi mavzusi bo‘yicha qo‘shimcha yangi ma’lumotlar topish. Mavzuga oid test, tarqatma materiallarini va ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash. Kelgusi dars jarayoniga tadbiq etish.



O’quvchi: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi mavzusi bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliy mashg‘ulot jarayonida qo‘llash.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: texnologik xarita bilan mustaqil ishlashni o‘rganadi. Sohaga oid kasb-hunarlar haqida qo‘shimcha materiallar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. O’zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.


Mashg‘ulot bosqichlari

Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Ajratil-gan vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish, mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish.

Suhbat o‘tkazish

10

2-bosqich

O’tigan mavzuni mustahkamlash: o‘quvchilarga o‘tilgan dars mavzusi bo‘yicha bahs-munozara tashkil qiladi. Mavzuga oid muammoli savollarni tarqatma material sifatida o‘quvchilarga tarqatadi. O’quvchilarga berilgan topshiriqlarni tekshiradi va baholaydi.

Bahs-munozara, savol-javob

10

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni. Mavzuning maqsadi, asosiy ma’no-mazmuni, qo‘llaniladigan ish usullari o‘quvchilarga tushuntirib beriladi.

Suhbat, ko‘rsatmali lik,

15

4-bosqich

Yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini mustahkamlash: mavzu bo‘yicha sinov testi o‘tkazish va o‘quvchilar bilimi mustahkamlash.

Test

10

5-bosqich

Amaliy mashg‘ulot: o‘quvchilarni mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida maktab bog‘ida ishlarni tashkil qilish.

Suhbat, ko‘rsatmalilik, savol-javob,

35

6-bosqich

Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.

Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi mavzusi yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib mavzuni mustahkamlab tayyorlanib kelish va mavzuga oid ma’lumotlarni to‘plash.



Og‘zaki muloqot

10


Yangi mavzu bayoni

Kasblar klassifikasiyasi

Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rangbarang kasblar olamida qanday qilib mo‘ljal olish kerak. Xayot yo‘lini mehnat faoliyatini to‘g‘ri boshlash uchun qaysi kasbni tanlagan ma’qul. Bu ishda kasblar klassifikasiyasi sizga yaxshi yordam berishi mumkin.

Ko‘pgina predmetlarni o‘rganish chog‘ida siz har xil oddiy va murakkab obyektlar, faktlar, voqea-xodisalar va boshqa shunga o‘xshash narsalar qanday tizimlashtnrilishini bilib olgansiz. Masalan, usimlik va xayvon organizmlari tiplarga, turkumlarga, turlarga. oilalarga birlashtiriladi.

Kasblar klassnfikasiyasi uchun har xil belgilari asos qilib olish mumkin. Masalan, ularning nomlari boshlanadigai birnichi xarflar bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin. Bu xuddi lug‘atlarning tuzilishiga o‘xshagan bo‘ladi. To‘g‘ri, bunday klassifikasiyadan kasb tanlash uchun foydalanish unchalik qulay bo‘lmaydi, chunki kasb tanlash uchun eng avvalo o‘sha kasbning nomini bilishi kerak. Hamma gap shundaki, ko‘p hollarda kasbning nomi, uning qanday atalishini kasb tanlayotgan kishiga ma’lum bo‘lmaydi. Masalan, aytaylik, siz yaxshi rasm chizasiz, bu mashg‘ulot sizga juda yoqadi va siz bundan keyin ham o‘zingizdagi mana shu rasm chizish qobiliyati kerak bo‘ladigan joyda ishlashni xoxlaysiz. Xo‘sh, aytingchi, siz dazmol ishlab chiqarishda rasmlardan nusxa ko‘chiruvchi kasb borligini, poligrafiyada — dizayner, kolorist, retushyor kasbi, badiiy-zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalarda inkrustator kasbi borligini bilasizmi. Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

Kasblarini yana ular bozor iqtisodiyotining qaysi sohasiga taalluqli ekanligiga qarab ham joylashtirib chiqish mumkin. Bunday klassifikasiya korxonalar va o‘quv yurtlarining rahbarlari uchun qulay bo‘lsa ham, lekin kasb tanlayotgan kishiga unchalik qulay kelmaydi. Chindan ham, masalan, birgina tikuvchilik sanoatining o‘zida modelyer-konstruktorlar, texnologik jihozlari sozlovchilar, chilangarlar, dazmol saralaydigan hisobchi-tanlovchilar, qirquvchilar, xisobchilar, iqtisodchilar singari juda ko‘p kasblar mavjud. Lekin kishining shaxsiy fazilatlari qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari hosil qilgan tajribasi bilan sanoatning bir tarmog‘iga kasblarni butunlay qamrab olish mumkunmi. Albatta, yo‘q. Shuning uchun ham tarmoq belgilari bo‘yciha tuzilgan klassifikasiyadan emas, balki odamning o‘zidan, ya’na mehnatda bevosita ishtirok etadigan kishining o‘zidan kelib chiqadigan belgilarga qarab tuzib chiqilgan klassifikasiyadan foydalanish kasb tanlayotgan kishi uchun qulay bo‘ladi.

Chindan ham, odam ishlayotgan sohasiga emas bu soha obru-e’tiborli va boshqa ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lishga qaramay, balki mehnat predmeti obyektiga qaralgan bo‘ladi. Mana shu predmetni ishlatib, nimadir qilish kerak bu endi mehnatning maqsadi bo‘ladi. Har qanday mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning qanday sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir.

Sxematik tarzda olganda, bunday klassifikasiyani to‘rt qavatdan iborat piramida shaklida tasavvur qilish mumkin. Uning qavatlari: kasblarning tiplari; kasblarning turkumlari; kasblarining bo‘limlari kasblarning guruhlaridan iborat bo‘ladi. Eng yuqorida bo‘sh qoldirilgan to‘g‘ri burchak sizning bo‘lajak kasbnigizga mo‘ljallangan.

U sxemani siz o‘zingizning kelajakdagi mehnat yo‘ligizni tanlayotganingizda o‘ylab olishingizga imkon beradigan, asta-sekin pastdan qarab chiqib borish mumkun bo‘lgan (kasb tipini aniqlashdan boshlab, uning turkumini muhokama qilishga va hokazo) bir «pillapoya» sifatida qarash mumkin.

1. Kasblarni qanday belgilarga qarab klassifikasiya qilish mumkin?

2. Nima uchun kasblar klassifikasiyasini bilish zarur?


Kasblarning tiplari

Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo‘linadi.

1. «Odam-tabiat». Bu yerda mehnatning asosiy, yetakchi predmeti jonli tabiatdir. Bu tipga, masalan, quyidagi kasblar kiradi: urugshunos, meva-sabzavotchilik, davlat urug‘chilik inspeksiyasining laboranti, chorvador-analiz laboranti, zootexnik, agranom.

«Odam-tabiat» tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: O’simliklar organizmi mehnat predmet bo‘lgan kasblar; xayvonlar organizmi mehnat predmeti bo‘lgan kasblar: mikroorganizmlar mehnat predmeti bo‘lgan kasblar.

2. “Odam-texnika”. Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy yetakchi predmeti (mashinalar, mexanizmlar va boshqa shunga o‘xshashlar) materiallar, energiya turlaridan iborat bo‘ladi. Jonsiz tabiat obyektlari (Yer osti boyliklari, tuproq, suv, o‘rmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlalari) ham ko‘p jihatdan shularga o‘xshagan bo‘ladi.

Bu yerda xodimlarning mehnati faqat texnikagagina qaratilib qolmaydi, albatta. Chunonchi, xaydovchlar ish vaqtida yo‘lovchilar bilan muloqotga kirishadi, kran mashinisti (kranchi) qishloq xo‘jalik xahvonlari qamalgan qafaschani ortish bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkun va xokazo. Lekin baribir mazkur holatlarda xodimlarning g‘amxo‘rlik qiladigan yetakchi predmeti - texnika obyektlari va ularning xususiyatlarni bo‘lib qolaveradi.

3. «Odam-odam». Bu yerda asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, qiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o‘quv predmetlaridan tashqari, siz shaxsan o‘zingiz jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib orttirgan tajribangiz ham yordam beradi.

Makzur tipga kiradigan kasblar sotuvchi, sartarosh, kompleks qabul punktida buyurtmalarni qabul qiluvchi va boshqalar; axborot xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar, shaharlararo aloqa operatori, ma’lumotlar byurosi xodimi, ekskursovod va boshqalar.

4. «Odam-belgilar tizim». Kasblarning bu tipida shartli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun’iy tillar asosiy yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi tizimlari dunyosida tekstlar, chizmalar, sxemalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo‘l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tegishli mutaxassislar ham zarur.

«Odam-belgilar tizimi» tipidagi kasblar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: hujjatlarni (ona tilida yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish yuritish, matnlar va ularning qayta yozilishi, qayta kodlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: tarjimon, sekretar-mashinistka, telegrafchi, texnik redaktor va boshqalar; sonlar, miqdoriy nisbatlar mehnat predmeti hisoblangan kasblar: hisoblash mashinalarining operatori, nazoratchi-g‘aznachi, dasturchi, hisobchi, texnik-rejalashtiruvchi va boshqalar.

5. «Odam badiiy obraz». Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari yetakchi mehmat predmeti hisoblanadi. Bu yerda quyidagi kasblarni ajratib ko‘rsatish mumkin: tasviriy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: badiiy mebellar ishlab chiqarish bo‘yicha duradgor, toshga o‘yib gul soluvchi, poyabzal konstruktor-modelyeri, dizayner-rassom, musiqa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: pianino va royallarni sozlovchi, bastakor va boshqalar; adabiy-badiiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: badiiy adabiyot muharriri, adabiy xodim va boshqalar; aktyorlik-sahna faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: teatr artista, estrada artisti va boshqalar.

Kasblarning turkumlari

Mehnatning maqsadi odam faoliyati mazmunining muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Mehnatning maqsadlari xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan ularni uchta turkumga ajratib ko‘rsatish mumkin.

1. Gnostik kasblar. Bu kasblarning nomi lotincha «gnozis» - bilim, bilish degan ma’noni anglatuvchn so‘zdan olingan. Agar siz aqliy mehnat (ya’ni bilib olish, gnostik mehnat) bilan faqat ish stolida, xonada shug‘ullanish mumkin deb o‘zingizga odat bo‘lib qolgan tarzda o‘ylaydigan bo‘lsaniz, u holda bunday fikrdan yuz kechishiga to‘g‘ri keladi. Bilish, o‘rganish mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar mavjud bo‘lib, ular bilan bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayonida shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Masalan, nazoratchilar, sortiga ajratuvchilar, piromotristlar ana shunday kasbdagi kishilardir.

Bu turkumdagi kasbga oid mehnatning maqsadi turlicha: mahsulotni navlarga ajratish, oldindan ma’lum bo‘lgan belgidarga qarab tekshirshi, baho berishdan iborat bo‘lishi mumkin.

2. O’zgartiruvchi kasblar. Juda ko‘p kasblar mehnat predmetlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Odamning o‘zgartiruvchi faoliyati faqat buyumlargagina qaratilib qolmay, shu bilan birga energiya turlariga, axborotlarga, jarayonlarga, ijtimoiy hayotning tuzilishiga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Mana, bunga faqat birgina misol keltiramiz. Yetakchi o‘quvchilarni uyushtirdi va ular ko‘chat o‘tkazishda faol ishtirok etdilar. Mana shu misolda faqat tabiatning o‘zgarganligi to‘g‘risida gapirish kifoya qilmaydi. Bu yerda eng muhimi bolalarning mehnatga, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari o‘zgaradi va hokazo.

O’zgartiruvchi kasblar turkumiga oid misollarni ilgari ko‘rib chiqilgan kasblarning besh tipidan istagan bittasida qo‘llab tonish mumkin. O’zgartiruvchi kasblar xodimdan muayyan fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shunchaki, talab qilibgina qolmay, shu bilan birga o‘sha fazilatlarni faol ravishda rivojlantiradi ham.

Mazkur turkumga oid kasblarning yana bir o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlab o‘tish kerak. Mehnat predmetini amaliy ravishda o‘zgartirish xodimdan aqliy faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi. Mehnatning aqliy (intellektual) tomoni ko‘pincha tashqaridan kuzatganda ko‘zga ko‘rinmaydi. Kasb tanlayotgan vaqtda va keyinchalik o‘sha kasbni yaxshi egallab olinayotgan vaqtda mehnatning ana shu ko‘zga ko‘rinmaydigan, yashirin tomonini ko‘ra bilishni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir.

3. Tadqiqotchilik kasblari. Mazkur turkumning nomi izoh berishni talab qiladi. Bu nomga qarab, mazkur kasb qidiruv ishlari bilan (masalan, giologik qidiruv ishlari bilan) yoki ilmiy tadqotlar bilan, albatta, bog‘liq kasb bo‘lsa kerak, deb o‘ylamaslik kerak. Bu yerda o‘zgartiruvchi turkumga yaqin bo‘lgan kasblar to‘g‘risida gap boradi.

Mazkur turkumdagi kasbda qilinadigan mehnatning maqsadi qandaydir bir noma’lum narsani, buning ustiga ko‘pincha cheklangan bir vaqt sharoitida qidirishdan iborat bo‘ladi. Buni biz poyabzal sirtini tayyorlaydigan bichiqchi ustaning ishi misolida tasvirlab berishga harakat qilamiz. U bir parcha charmni qo‘liga olib, uni pressning plitasi ustiga qo‘yadi, material ustiga qirqish asbobi keskichni joylashtiradi, udarnikni ish ustiga shunday yaqinlashtiradiki, u shundaygina keskich ustiga kelib qoladi va shundan keyingina stanokni yurgizadi. Sirtdan qaraganda, hammasi oddiy ishga o‘hshab tuyuladi. Lekin har bir charm parchasi o‘zining shakli, o‘lchovi, yaqqol ko‘zga ko‘rinib turgan va ko‘rinmay turgan sifatlari bo‘yicha boshqa hech bir shunday charm parchasiga o‘xshamandigan darajada betakrordir (charmning turli joylari qalinligi bilan bir-biridan farq qiladi, turlicha deformasiyalanadi, unda yorilgan, kesilgan joylar va boshqa shunga o‘xshash nuqsonlar mavjud bo’ladi, materialning turli kesishlari poyabzalning muayyan detallarini tayyorlash uchun yaroqli bo‘ladi. Charm - qimmatbaho material, shuning uchun undan juda oz darajada chiqindi chiqadigan qilib bichish ayniqsa muhim ahamnyatga egadir. Har bir material parchasi qo‘lga olinganda bu haqda uzoq o‘ylab o‘tirish uchun vaqt yo‘q. Shunday bo‘lgach, har safar ayni mana shu charm parchasi bichig‘ining qanday qilib eng yaxshi variantini topish mumkin, qanday qilinganda eng tejamli va eng sifatli variant bo‘ladi, degan murakkab vazifa ko‘ndalang bo‘lib turadi.

Kasblarning bo‘limlari. Mehnat vositalariga qarab kasblar bo‘limlarga bo‘linadi.

1. Qo‘l mehnatidan foydalanish bilan bog’liq bo‘lgan kasblar. Mazkur kasbda ishlovchi kishilar qo‘l mehnatidan va mexanizasiyalashtirilgan mehnat qurollaridan foydalanadilar. Masalan, otvyorka, skalpel (jarrohlik pichogi), reysfeder, torsovka (buyoqchilar chutkasining bir xili), elektro parma, buyoq purkagich, pnevmatik otboyka bolg’asi va hokazolar ana shunday ish quroli hisoblanadi.

Qo‘l mehnatida ishlatiladigan mexanizasiyalashtirilgan asboblar, hunarmandchilikning o‘zi singari, takomillashib bormoqda. Bunday asboblarni ishlatish vaqtida kishidan yuksak darajada mehnat madaniyati, chidamlilik, faqat ishning natijalarigagina emas, shu bilan birga o‘sha ish jarayonining o‘ziga ham alohida qiziqish bilan qarash talab qilinadi.

2. Qo‘lda boshqariladigan mashinalardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar. Boshqacha qilib aytganda, ularni ham mashinada, ham qo‘lda ish bajariladigan kasblar deyish mumkun - tokar, frezarchi, kran mashnnisni, keng profildagi traktorchi-mashinist, elektrovoz mashinisti va boshqalar ana shunday ham qo‘l mehnati, ham mashinadan foydalaniladigan kasblar qatoriga kiradi. Bunday kasblarda ishlaydigan kishilardan faqat texnologik bilimlarga ega bo‘lish talab qilinmasdan, shu bilan birga ulardan qo‘l mehnati malakasiga ega bo‘lish ham talab qilinadi. Ular kutilmagan signallarga va to‘satdan bo‘ladigan voqea-hodisalarga tayyor bo‘lib turishlari kerak. Bunday vaqtlarda ulardan nihoyatda tez bir qarorga kelish va sodir bo‘layotgan ishlarning oqibatini oldindan ko‘ra olish va shoshilinch choralar tarzida bajariladigan harakatlarga tayyor bo‘lib turish talab qilinadi.

3. Avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalardan, apparatlardan foydalanish bilan bog’liq bo‘lgan kasblar. Avtomatlashtirish darajasiga qarab ishlayotgan kishining zimmasiga har xil vazifa tushishi mumkin. Bu vazifa umuman agregatni va uning ta’miri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni boshqarishdan tortib o‘sha agregat ishini kuzatib turish va agar zarurat tug‘ilsa, kerakli mutaxassisni chaqirishgacha bo‘lgan ishlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur kasb bo‘limining vakillari energosistema dispetcheri, ximiya ishlab chiqarishi apparatchisi, avtomatik liniyalar operatori, po‘lat quyuvchi va boshqalardir.

4. Funksional vositalar, mehnat qurollari ko‘proq talab qilinadigan kasblar. Bu yerda odam xulq-atvoridagi funksional vositalar va uning nutqidagi ana shunday vositalar, ya’ni imo-ishoralar, tovushlar, so‘zlar, jumlalarning talaffuz qilinishi, mano tashuvchi va emosional intonasialar, pauzalar, yuz mimikasi mehnat quroli rolini bajaradi. Bu bo‘limga: o‘qituvchi, tarbiyachi, san’atkor, aktyor, xor yoki orkestr dirijyori singari kasblar kiradi.



Mehnat sharoiti - inson mehnat qiladigan ijtimoiy muhit xususiyatlari, o’ziga xos sharoitda (yer, suv ostida, balandlikda, yuqori harorat ostida, qattiq shovqin, o‘ta quruq yoki nam havo bilan bog‘liq kasblar) bo’ladi.

Kasb guruhlari. Nihoyat, piramidaning oxiridan oddingi qavati mehnat sharoitlari bo’yicha kasblar klassifikasiyasiga to’xtalib o’tamiz. Kasblar to’rtta guruhga bo’linadi:

1. Odatdagi («maishiy») mikroiqlim sharoitidagi mehnat. Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o’qituvchi va boshqalarni mana shu kasb guruhiga kiritish mumkin.

2. Harorat, namlik keskin o’zgarib turuvchi ochiq havoda ishlash


bilan bog’liq bo’lgan mehnat. Quyidagi kasblar bunga misol
bo’la oladi: quruvchi, o’t o’chiruvchi, dehqon-fermerlar va boshqalar.

3. Odatdan tashqari mehnat: yer ostida, suv ostida, balandlikda, havoda, qaynoq sexlarda, sog’liq uchun muqarrar zararli ta’siri bo’lgan sexlarda ishlash. Bunday kasbga misollar: uchuvchi, shaxtyor, g’avvos va hokazo.

4. Odamlarning sog’ligi, hayoti uchun, katta-katta jamoat boyliklari, moddiy ne’matlar uchun oshirilgan ma’naviy mas’uliyat bilan bog’liq bo’lgan mehnat (M). O’qituvchi, shifokor, milisiya inspektorlari, texnika xavfsizligi muxandislari va boshqa kasblarni mana shu mehnat guruhiga kiritish mumkin.

Yuqorida keltirib o’tilgan kasblarning mehnat sharoitiga qarab bo’linishi bu, albatta, shartli bo’linishdir. Ko’p hollarda bir xil kasbdagi kishilarning mehnati turlicha sharoitda kechadi. Shuning uchun bunday vaqtlarda o’sha sharoitlarning eng asosiylarini hisobga olishga to’g’ri keladi.



GLOSSARIY

Kasbiy moslashish - ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvoffaqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan choralar kompleks.

Kasb sha’ni – odamning mutaxasis sifatida o‘ziga va o‘z kasbiga munosabatini, mutaxasisga jamiyatning munosabatini yoritadigan fazilatidir. Kasb sha’ni odamning konkret ijtimoiy ahvoliga, faoliyatining turi va xizmatlarining tan olinishiga bog‘liqdir. Kasb sha’ni odamning o‘zi va uning jamoasi erishgan obro‘-e’tiborini qo‘llab-quvvatlanishini talab qiladi.

Kasb ma’suliyati – shaxs kasbiy faoliyatining kasb burchiga muvofiqligidir.

Kasb etikasi (odob-ahloqi) – odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro munosabatlarning ahloqiy hususiyatini ta’minlovchi hulq atvor qoidasidir.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish