Kasb tanlashga yo’llash komissiyalarini tashkli qilish



Download 24,69 Kb.
bet1/2
Sana24.06.2022
Hajmi24,69 Kb.
#698617
  1   2
Bog'liq
pedagogika kasbga yonaltirish


O’quv muassasalarida kasb tanlashda yo’llash uslubiyoti. Kasb tanlashga yo’llash komissiyalarini tashkli qilish. O’qituvchilar bilan metodik ishlarni tashqil qilish. O’quvchilar bilan metodik ishlarni tashkil qilish. Ota onalar bilan ishlash
Reja:

  1. Kasb tanlashga yo’llash komissiyalarini tashkli qilish.

  2. O’qituvchilar bilan metodik ishlarni tashqil qilish.

  3. O’quvchilar bilan metodik ishlarni tashkil qilish.

  4. Ota onalar bilan ishlash

Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rangbarang kasblar olamida qanday qilib mo`ljal olish kerak? Hayot yo`lini mehnat faoliyatini to`g`ri boshlash uchun qaysi kasbni tanlagan ma'qul. Bu ishda kasblar klassifikatsiyasi sizga yaxshi yordam berishi mumkin, Ko`pgina predmetlarni o`rganish chog`ida siz har xil oddiy va murakkab ob'ektlar, faktlar, voqea-hodisalar va boshqa shunga o`xshash narsalar qanday tizimlashtirilishini bilib olgansiz. Masalan, o`simlik va hayvon organizmlari tiplarga, turkumlarga, turlarga. oilalarga, otryadlarga birlashtiriladi.


Kasblar klassifikatsiyasi uchun har xil belgilarni asos qilib olish mumkin. Masalan, ularning nomlari boshlanadigan birinchi harflar bo`yicha bo`lib chiqish mumkin. Bu xuddi lug`atlarning tuzilishiga o`xshagan bo`ladi.
To`g`ri, bunday klassifikatsiyadan kasb tanlash uchun foydalanish unchalik qulay bo`lmaydi, chunki kasb tanlash uchun eng avvalo o`sha kasbning nomin bilish kerak. Hamma gap shundaki, ko`p hollarda kasbning nomi, uning qanday atalishi kasb tanlayotgan kishiga ma'lum bo`lmaydi. Masalan, aytaylik, siz yaxshi rasm chizasiz, bu mashg`ulot sizga juda yoqadi va siz bundan keyin ham o`zingizdagi mana shu rasm chizish qobiliyati kerak bo`ladigan joyda ishlashni xohlaysiz. Xo`sh, aytingchi, siz gazmol ishlab chiqarishda rasmlardan nusxa ko`chiruvchi degan kasb borligini, poligrafiyada - dizayner, kolorist, retushyor kasbi, badiiy-zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalarda inkrustator kasbi borligini bilasizmi? Bu ro`yxatni yana davom ettirish mumkin.
Kasblarni yana ular bozor iqtisodiyotining qaysi sohasiga taalluqli ekanligiga qarab ham joylashtirib chiqish mumkin. Bunday klassifikatsiya korxonalar va o`kuv yurtlarining rahbarlari uchun qulay bo`lsa ham, lekin kasb tanlayotgan kishiga unchalik qo`l kelmaydi. Chindan ham, masalan, birgina tikuvchilik sanoatining o`zida modeler-konstruktorlar, texnologik jihozlarni sozlovchilar, chilangarlar, gazmolni saralaydigan xisobchi-tanlovchilar qirquvchilar, tikuvchi-motoristlar, hisobchilar, iqtisodchilar, singari juda ko`p kasblar mavjud. Lekin kishining shaxsiy fazilatlari (qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari, hosil qilgan tajribasi) bilan sanoatning bir tarmog`idagi kasblarni butunlay qamrab olish mumkinmi Shuning uchun ham tarmoq belgilari bo`yicha tuzilgan klassifikatsiyadan emas, balki odamning o`zidan, ya'ni mehnatda bevosita ishtirok etadigan kishining o`zidan kelib chiqadigan belgilarga qarab tuzib chiqilgan klassifikatsiyadan foydalanish kasb tanlayotgan kishi uchun qulay bo`ladi. Chindan ham, odam ishlayotgan vaqtda uning diqqat-e'tibori sohaga emas (bu soha qanchalik yaxshi, obro`-e'tiborli va boshqa ko`pgina afzalliklarga ega bo`lishiga qaramay), balki mehnat predmeti (ob'ekti)ga qaratilgan bo`ladi. Mana shu predmetni ishlatib, nimadir qilish kerak (bu endi mehnatning maqsadi bo`ladi). Har qanday mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning qanday sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir. Kasb tanlashni o`ylayotgan kishi uchun qulay bo`lgan kasblar klassifikatsiyasi mana shu to`rtta belgiga qarab tuziladi.
Sxematik tarzda olganda, bunday klassifikatsiyani to`rt qavatdan iborat piramida shaklida tasavvur qilish mumkin. Uning qavatlari: kasblarning tiplari; kasblarning turkumlari; kasblarning bo`limlari; kasblarning gruppalaridan iborat bo`ladi (1 -rasm). Eng yuqorida bo`sh qoldirilgan to`g`ri burchak sizning bo`lajak kasbingizga mo`ljallangan.
Ushbu sxemani siz o`zingizning kelajakdagi mehnat yo`lingizni tanlayotganingizda o`ylab olishingizga imkon beradigan, asta-sekin pastdan yuqoriga qarab chiqib borishingiz mumkin bo`lgan (kasb tipini aniqlashdan boshlab uning turkumini muhokama qilishga o`tish va hokazo) bir «pillapoya» sifatida qarash mumkin.
Mehnatning maqsadi odam faoliyati mazmunining muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Mehnatning maqsadlari xilma-xil bo`lishiga qaramasdan, ularni uchta katta gruppaga: bilish, o`zgartirish, o`ylab topish gruppalariga bo`lish mumkin. Mehnatning maksadiga qarab kasblarni uch turkumga ajratib ko`rsatish mumkin.
1. Gnostik kasblar (G). Bu kasblarning nomi lotincha «gnozis»-bilim, bilish degan ma'noni anglatuvchi so`zdan olingan. Agar siz aqliy mehnat (ya'ni bilib olish, gnostik mehnat) bilan faqat ish stolida, xonada shug`ullanish mumkin deb
o`zingizga odat bo`lib qolgan tarzda o`ylaydigan bo`lsangiz, u holda bunday
fikrdan voz kechishga to`g`ri keladi. Bilish, o`rganish mehnati bilan bog`liq bo`lgan ko`pgina kasblar mavjud bo`lib, ular bilan bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayonida shug`ullanishga to`g`ri keladi. Masalan, nazoratchilar, sortga ajratuvchilar, pirometristlar ana shunday kasbdagi kishilardir.
Bu turkumdagi kasbga oid mehnatning maqsadi turlicha: mahsulotni navlarga ajratish, oldindan ma'lum bo`lgan belgilarga qarab tekshirish, baho berishdan iborat bo`lishi mumkin.
Masalan, korxonadagi texnika nazorati bo`limining nazoratchisi tayyorlangan mahsulotni UzRST talablari, mahsulot namunalari bilan solishtirib,
taqqoslab tekshiradi. U mahsulotni qanday navga kiritish kerakligi to`g`risida mas'uliyatli qaror chiqaradi, brak mahsulotni aniqlaydi. Nazoratchi o`z mehnatida xilma-xil o`lchov asboblaridan va jihozlardan foydalanadi.
Gnostik kasblarni ilgari qarab chiqilgan beshta tipdagi kasblarning har biri orasida topish mumkin. Mana, bunga bir nechta misol keltiramiz.
Tab. tipidagi kasb tuxumlarni sortlarga ajratuvchi, ximik-biologik analiz laboranti;
T tipidagi kasb radioapparatlar nazoratchisii, vagonlarni qarab yuruvchi;
O tipidagi kasb - transportdagi normirovshik, sanitariya vrachi;
B.t. - tipidagi kasb - korrektor, normirovshik;
B.o. tipidagi kasb - musiqa asboblarining nazoratchisii, adabiy tanqidchi.
Mazkur turkumdagi kasblar xodim oldiga muayyan talablar qo`yadi. Unda yaqqol namoyon bo`lib turgan bilish faolligi, kuzatuvchanlik, yuksak darajadagi
ishchanlik hamda diqqat, xotira va tafakkurning barqaror bo`lishi nihoyatda muhimdir. Mahsulot sifati ustidan o`rnatiladigan nazorat, ob'ektlarga, shart- sharoitlarga u yoki bu xilda baho berish ko`pincha boshqa kishilarning manfaatlariga ham taalluqli bo`lishi tufayli bu ishda pozitsiyaning qat'iy bo`lishi, xulosalar chiqarishda printsipiallik kursatish g`oyat muhim ahamiyatga egadir.
Quyida gnostik kasb vakillarining mehnati mazmuniga juda qisqa tarzda berilgan uchta izoh keltiriladi. Siz ularda:
a) klassifikatsiya, b) baho berish, v) tadqiqot maqsadlaridan qaysi biri ustun
turganligini aniqlashga harakat qiling. Tovarshunos (tayyor kiyimlar va gazmollar do`konida) olingan gazlamalarda uzunasiga bosilgan gulning bir tekis chiqqanligini, ularda ishlab chiqarish nuqsoni yoki dog`lar ehtiyotsizlik bilan ortib- ustaning ishida sodir bo`lishi mumkin. Tushirish vaqtida kir-chir bo`lgan-bo`lmaganligini, omborlarda noto`g`ri saqlash, noto`g`ri tashish natijasida hosil bo`lgan dog`larning bor-yo`qligini tekshiradi, tayyor kiyimlarning sifatli tikilishiga e'tiborni qaratadi. Radiodetallarning elektr parametrlarini o`lchovchi (ishlab chikarish korxonasida) o`z ish joyida elektr o`lchov asbobiga (yoki asboblar kompleksiga), tekshiriladigan va tekshirib bo`lingan (brak qilingan yoki yaroqli) mahsulotni solish uchun taraga, radiodetallarning parametlarida yo`l qo`yish mumkin bo`lgan chetga chiqishlar to`g`risida ma'lumot beruvchi, havo muhitidagi haroratga qarab tuzatish kiritish to`g`risida, priborlardagi xatoliklar to`g`risida ma'lumotlar yozilgan jadvallarga ega bo`ladi.
O`lchovchi kishi detalni qo`liga olib, uni o`lchov asbobining kontaktiga ulaydi, shkalaga qarab, u yoki bu qarorga kelganidan keyin, detalni tegishli idish (tara) ga soladi.
Vagonlarni qarab yuruvchi (temir yo`lda) qo`li bilan bukslar (sirpanish podshipnigiga ega bo`lgan qurilma)ni ushlab ko`rish yo`li bilan uning haroratini belgilaydi, bukslarda metall changlarning izi bor-yo`qligini qarab tekshiradi va boshqa shunga o`xshash ishlarni bajaradi. Ta'mirlash operatsiyalari o`tkazish zarurligi to`g`risida bir qarorga keladi.
2. O`zgartiruvchi kasblar (P). Juda ko`p kasblar mehnat predmetlarini o`zgartirish bilan bog`liq bo`ladi. Odamning o`zgartiruvchi faoliyati faqat buyumlargagina qaratilib qolmay, shu bilan birga energiya turlariga, axborotlarga, jarayonlarga, ijtimoiy hayotning tuzilishiga qaratilgan bo`lishi ham mumkin. Mana, bunga faqat birgina misol keltiramiz. Etakchi o`quvchilarni uyushtirdi va ular ko`chat o`tqazishda faol ishtirok etdilar. Mana shu misolda faqat tabiatning o`zgarganligi to`g`risida gapirish kifoya qilmaydi. Bu erda eng muhimi bolalarning mehnatga, bir-birlariga bo`lgan munosabatlari o`zgaradi va hokazo.
Goho o`zgarish mehnat predmetiga bevosita ta'sir ko`rsatish jarayonida, aytaylik, chilangarning ishida, chizmachi, kartograf yoki toshga o`yib go`l soluvchi
ularni sotuvchilar uchun qulay bo`lgan joylarga olib qo`yadi, xarid qilingan
O`zgartiruvchi kasblar turkumiga oid misollarni ilgari ko`rib chiqilgan kasblarning besh tipidan istagan bittasida ko`plab topish mumkin.
O`zgartiruvchi kasblar xodimdan muayyan fazilatlarga ega bo`lishni talab qiladi. Shunchaki talab qilibgina qolmay, shu bilan birga o`sha fazilatlarni faol ravishda rivojlantiradi ham.
Mazkur turkumga oid kasblarning yana bir o`ziga xos xususiyatini ta'kidlab o`tish kerak. Mehnat predmetini amaliy ravishda o`zgartirish xodimdan aqliy faoliyat ko`rsatishni talab qiladi. Mehnatning aqliy (intellektual) tomoni ko`pincha tashqaridan kuzatganda ko`zga ko`rinmaydi.
Shuning uchun ham ba'zi bir ishlarning (ularni yuzaki kuzatganda) intellektual yuki yo`qday bo`lib tuyuladi. Kasb tanlayotgan vaqtda va keyinchalik o`sha kasbni puxta egallab olinayotgan vaqtda mehnatning ana shu ko`zga ko`rinmaydigan, yashirin tomonini ko`ra bilishni o`rganish muhim ahamiyatga egadir. Masalan, shunday bir amaliy vaziyatni ko`zdan kechirib chiqaylik.
Tokar kesish asbobini tanlayapti, deylik. Tashqaridan qaraganda, bu bir daqiqalik ish: bunday qaradi-yu, darhol baholab o`ziga keraklisini tanlab oldi. Xo`sh, aslidachi? Aslini olganda, bu erda nimalar sodir bo`ldi? U hayolan ko`z oldida turgan barcha kesish asboblarining qirralarini, uchlarini, burchaklarini
alohida-alohida tekshirib chiqadi. So`ngra, yana hayolan u yoki bu keskichni tanlab o`ziga kerak bo`lgan ma'lum guruxga (masalan, rezba ochadigan yoki qirqadigan yohud boshqa bir turdagi kesish asboblari guruxiga) kiritadi.
Shundan keyin u yana o`z diqqat-e'tiborini qirqilayotgan predmetga
yaqinlashtirilgan muayyan kesish asbobiga (uning joylashtirilishiga, kesiladigan burchaklarga) jalb qiladi, ushbu asbobni hayolan boshqa shunga o`xshagan tipdagi asboblar guruxiga kiritadi.
Yuqorida keltirilgan misollarning qaysi birida xodimlarning o`zgartiruvchi
faoliyati yorqinroq namoyon bo`lganligini aniqlang. Oziq-ovqat mahsulotlari sotuvchisi. Ish kuni mobaynida sotuvchi bo`limdagi mollarni tekshirib turadi, mollarga to`g`ri haq to`lanayotganini tekshiradi va boshqa shu singari ishlarni bajaradi.
Bolalar bog`chasining tarbiyachisi. Bolalarning o`yinlariga, mehnatiga, o`z- o`ziga xizmat ko`rsatishiga rahbarlik qiladi, bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish, nutq o`stirish, rasm chizish, haykalchalar yasash,
musiqa bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazadi; odamlar jamiyatda o`zlarini qanday tutishlari to`g`risidagi qoidalar, axloq-odob normalari bilan bolalarni tanishtiradi, oilada bola tarbiyasi masalalari bo`yicha ota-onalar huzurida nutk so`zlaydi.
Tadqiqotchilik kasblari (I). Mazkur turkumning nomi izoh berishni talab qiladi. Bu nomga qarab, mazkur kasb qidiruv ishlari bilan (masalan, geologik qidiruv ishlari bilan) yoki ilmiy tadkiqotlar bilan, albatta, bog`liq kasb bo`lsa kerak, deb o`ylamaslik kerak. Bu erda o`zgartiruvchi turkumga yaqin bo`lgan kasblar to`g`risida gap boradi.
Mazkur turkumdagi kasbda qilinadigan mehnatning maqsadi - qandaydir bir noma'lum narsani, buning ustiga ko`pincha cheklangan bir vaqt sharoitida qidirishdan iborat bo`ladi. Buni biz poyabzal sirtini tayyorlaydigan bichiqchi ustaning ishi misolida tasvirlab berishga harakat qilamiz. U bir parcha charmni qo`liga olib, uni pressning plitasi ustiga qo`yadi, material ustiga qirqish asbobi - keskichni joylashtiradi, udarnikni ish ustiga shunday yaqinlashtiradiki, u shundaygina keskich ustiga kelib qoladi va shundan keyingina stanokni yurgizadi. Sirtdan qaraganda, hammasi oddiy ishga o`xshab tuyuladi. Lekin har bir charm parchasi o`zining shakli, o`lchovi, yaqqol ko`zga ko`rinib turgan va ko`rinmay turgan sifatlari bo`yicha boshqa hech bir shunday charm parchasiga o`xshamaydigan darajada betakrordir (charmning turli joylari qalinligi bilan bir- biridan farq qiladi, turlicha deformatsiyalanadi, unda yorilgan, kesilgan joylar va boshqa shunga o`xshash nuqsonlar mavjud bo`ladi, materialning turli qismlari poyabzalning muayyan detallarini tayyorlash uchun yaroqli bo`ladi). Charm - qimmatbaho material, shuning uchun undan juda oz darajada chiqindi chiqadigan qilib bichish ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Har bir material parchasi qo`lga olinganida bu haqda uzoq o`ylab o`tirish uchun vaqt yo`q. Shunday bo`lgach, har safar ayni mana shu charm parchasi bichig`ining qanday kilib eng yaxshi variantini topish mumkin, qanday qilinganda eng tejamli va eng sifatli variant bo`ladi, degan murakkab vazifa ko`ndalang bo`lib turadi.
O`zgartiruvchi turkumdagi kasblarga razmetkachilik (kemasozlik sohasida, metallga ishlov berish sanoatida), yakka tartibda kiyim tikish atelesining bichikchilik kasbini va boshqa shunga o`xshash kasblarni kiritish mumkin. Quyida keltirilgan ikki xil kasb ishchilari mehnatini bir-biriga taqqoslang. Ulardan qaysi biri ko`proq murakkab amaliy vazifalarni hal etadi? Ko`chma beton qorish mashinasining motoristi. Belgilangan re-tseptlarga muvofiq u yuk tashish qurilmalarining yordamida sement, qum va boshqa zarur komponentlarni aralashtirish agregatlariga to`kadi. Mana shu agregatlarni tokka ulab yurgizadi, o`chiradi va shu yo`l bilan beton, qorishma hamda boshqa shunga o`xshash narsalar ishlab chiqarish bo`yicha berilgan rejimni bajaradi.
Kurilishda skreper mashinistlari qurilishga birinchi bo`lib qadam qo`yadigan kishilardir. Ular hali yo`l qurilmagan sayhonlikda birinchi bo`lib ish boshlaydilar; ba'zan juda chuqur joylardan, masalan, kotlovanlardan yurib o`tishga to`g`ri keladi.
Mashinist kovshning holatini kuzatib boradi, kovsh tuproqqa qanday to`lib borayotganligini tekshirib turadi. Tuproqning xususiyatiga qarab (u yaxlagan bo`lishi, sochma bo`lishi, loy aralashgan toshloq bo`lishi mumkin va hokazo) uni surish rejimini muvofiqlashtirib turadi, ya'ni surib tekislanadigan tuproq qatlamining qalinligini o`zgartiradi.
Mashinist o`z ishida texnika hujjatlariga (texnologiya kartasiga, barpo etilayotgan inshoot sxemasiga) amal qiladi.
Yuqorida keltirib o`tilgan kasblarning uch turkumga bo`linganligi - shartli
bo`linishdir. Shunday kasblar ham borki, ular ikki yoki hatto mana shu uchala turkumdagi kasblarning hammasiga xos bo`lgan belgilarni turli darajada o`zida mujassamlashtirgan bo`ladi. Chunonchi, o`qituvchilik kasbi o`zgartiruvchi kasblar
sinfiga mansubdir, biroq imtihonlar davriga kelib, o`qituvchi o`quvchilarning bilimini tekshirayotgan, baholayotgan vaqtda mehnatning maqsadi ko`proq gnostik kasblarga xos bo`lib qoladi. Sozlovchi chilngar dastlab mexanizmning buzilgan joyini topadi, keyin uni tuzatadi, bunday buzilish boshqa takrorlanmasligi uchun nimalar kilish kerakligi to`g`risida o`ylaydi. Bu erda mehnat maqsadining har uchala turi bilish, o`zgartirish va tadqiq etish turlari mavjud. Lekin har qanday kasbda ham mehnatning asosiy maqsadi nimadan iborat ekanligini belgilab olish mumkin va u mana shu maksadga qarab muayyan bir turkumga kiritiladi.



  • Mehnatning maqsadiga qarab kasblar qanday klassifikatsiya qilinadi?

  • Har bir turkumdagi kasb uchun xos bo`lgan mehnatning asosiy maqsadlarini aytib bering?

  • Nima uchun kasblarning turkumlarga bo`linishi shartli bo`linish bo`ladi? O`z javobingizni berishga harakat qiling.

Maktab yonida joylashgan korxonadagi kasblardan misollar keltiring. Bu misollarda korxonadagi mehnatning mazmuni murakkab amaliy vazifalarni hal


qilish zaruriyatini nazarda tutadigan bo`lsin.
Kasblarning bo`limlari. Mehnat vositalariga qarab kasblar bo`limlarga bo`linadi.
Qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar (R).
Mazkur kasbda ishlovchi kishilar qo`l mehnatidan va mexanizatsiyalashtirilgan mehnat qurollaridan foydalanadilar. Masalan, otvyortka, skalpel (jarrohlik pichog`i), shtixel (yog`ochga yoki metallga o`yib gul solish asbobi), reysfeder, tortsovka (bo`yoqchilar cho`tkasining bir xili), elektr drel, buyoq purkagich, pnevmatik otboyka bolg`asi va hokazolar ana shunday ish quroli hisoblanadi.
Qo`l mehnatida ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan asboblar, hunarmandchilikning o`zi singari, takomillashib bormoqda. Bunday asboblarni ishlatish vaqtida kishidan yuksak darajada mehnat madaniyati, chidamlilik, faqat ishning natijalarigagina emas, shu bilan birga o`sha ish jarayonining o`ziga ham alohida qiziqish bilan qarash talab qilinadi.
Qo`lda boshqariladigan mashinalardan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar (M). Boshqacha qilib aytganda, ularni ham mashinada, ham qo`lda ish bajariladigan kasblar deyish mumkin - tokar, frezerchi, kran mashinisti, keng profildagi traktorchi-mashinist, elektrovoz mashinisti va boshqalar ana shunday ham qo`l mehnati, ham mashinadan foydalaniladigan kasblar qatoriga kiradi. Bunday kasblarda ishlaydigan kishilardan faqat texnologik bilimlarga ega bo`lish talab qilinmasdan, shu bilan birga ulardan qo`l mehnati malakasiga ega bo`lish ham talab qilinadi. Ular kutilmagan signallarga va to`satdan bo`ladigan voqea-hodisalarga tayyor bo`lib turishlari kerak. Bunday vaqtlarda ulardan nihoyatda tez bir qarorga kelish va sodir bo`layotgan ishlarning oqibatini oldindan ko`ra olish va shoshilinch choralar tarzida bajariladigan harakatlarga tayyor bo`lib turish talab qilinadi.
Avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalardan, apparatlardan foydalanish bilan borliq bo`lgan kasblar (A). Avtomatlashtirish darajasiga qarab ishlayotgan kishining zimmasiga har xil vazifa tushishi mumkin. Bu vazifa umuman agregatni va uning ta'miri bilan bog`lik bo`lgan ishlarni boshqarishdan tortib o`sha agregat ishini kuzatib turish va agar zarurat tug`ilsa, kerakli mutaxassisni chaqirishgacha bo`lgan ishlarni o`z ichiga oladi.
Mazkur kasb bo`limining vakillari prokat stanining operatori, energosistema dispetcheri, ximiya ishlab chiqarishi apparatchisi, avtomatik liniyalar operatori, po`lat quyuvchi va boshqalardir.
4. Funktsional vositalar, mehnat qurollari ko`proq talab qilinadigan kasblar (F). Bu erda odam xulq-atvoridagi funktsional vositalar va uning nutqidagi
ana shunday vositalar, ya'ni imo-ishoralar, tovushlar, so`zlar, jumlalarning talaffuz qilinishi, ma'no tashuvchi va emotsional intonatsiyalar, pauzalar, yuz mimikasi mehnat quroli rolini bajaradi. Bu bo`limga: o`qituvchi, tarbiyachi, san'atkor, aktyor, xor yoki orkestr dirijyori singari kasblar kiradi.
Odam organizmi ham funktsional vosita rolini bajarishi mumkin (balet artisti; sport pedagog-murabbiyi, ashulachi, sirk akrobati).
Mana shu kasblarni egallagan kishilar uchun o`z xotirasida juda ko`p qoidalarni, ma'lumotlarni saqlab qolish qobiliyati, o`z-o`zini nazorat qilish va o`z- o`zini boshqarish qobiliyati xarakterli bo`ladi.
Kasb guruhlari. Nihoyat, piramidaning oxiridan oldingi qavati (1-rasmga qarang)-mehnat sharoitlari bo`yicha kasblar klassifikatsiyasiga to`xtalib o`tamiz. Kasblar to`rtta guruxga bo`linadi: Odatdagi («maishiy») mikroiqlim sharoitidagi mehnat (B). Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o`qituvchi va boshqalarni mana shu kasb gruppasiga kiritish mumkin. Harorat, namlik keskin o`zgarib turuvchi ochiq havoda ishlash bilan bog`liq bo`lgan mehnat (O). Quyidagi kasblar bunga misol bo`la oladi: quruvchi, o`t o`chiruvchi, sug`oruvchi va boshqalar. Odatdan tashqari mehnat: er ostida, suv ostida, balandlikda, havoda, qaynoq sexlarda, sog`liq uchun muqarrar zararli ta'siri bo`lgan sexlarda ishlash (N). Bunday kasbga misollar: uchuvchi, shaxtyor, g`avvos va hokazo.


Download 24,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish