Kasb tanlashga


  Mehnat ta’limi jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/266
Sana21.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#686732
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

5. 
Mehnat ta’limi jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil
etish bosqichlari. 
Laboratoriya m ashg‘ulotlarida har bir dars ja ­
rayonini tashkil etish, uni olib borish, darslarni tahlil va m u h o ­
kama qilish, ham da m uhokam a qurollarini yozish yo‘l-yo‘riqlari 
bilan tanishish uchun dastlabki laboratoriya m ashg‘ulotida har 
bir talabaga bittadan mavzu beriladi va navbati bilan har bir ta ­
laba dars o‘tadi va qolgan o‘rtoqlari, metodika o‘qituvchisi bilan 
birgalikda bu darsni tahlil etib boriladi. Dars tugagach, m eto­
dist o‘qituvchi rahbarligida o ‘tilgan dars muhokamasi o‘tkaziladi. 
Darsni kuzatish davrida qolganlar ikki vazifani bajarishadi.
1. 
Kuzatilayotgan darsda qatnashgan sin f o‘quvchisi sifatida 
«o‘qituvchi» topshiriqlarini bajaruvchi rolini o‘ynaydi.
263


2. 
Qolgan talabalar kuzatuvchi sifatida «o‘qituvchi»ning dar­
sini tahlil etib boradi.
Dars o‘tuvchi mashg‘ulot boshlanishidan 1-2 kun oldin 
darsni olib borish bo‘yicha metodist o‘qituvchidan kerakli yo‘l- 
yo‘riqlarni, m etodik yordamni maslahat sifatida olgan bo'lishi va 
dars rejasi hamda konspektni tayyorlab, tasdiqlatishi zarur.
Dars davomida metodist o'qituvchi tom onidan hech qanday 
yo‘l-yo‘riq va ko'rsatm alar berilmaydi.
Dars davomida o ‘qituvchi tom onidan 
0
‘quvchilarni baholash- 
ga quyidagicha yondashilinishi kerak:
1. Oldingi mavzuni takrorlash va yangi mavzuni m ustahkam ­
lash hamda amaliy ishlar jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchidan 
metodik xarakterdagi savollar so‘ramaydi, lekin mavzu mazmuni 
haqida so‘rab unga qo‘yilgan baho m etodikadan qo‘yiladigan ba- 
hoga teng kuchli deb qaraladi. Chunki darsni ilmiylik tamoyili 
asosida tahlil eta bilish uchun uning m azm uni va mohiyatini ta ­
laba aniq bilishi birinchi shart hisoblanadi.
2. 0 ‘qituvchi o‘ziga yaqin o‘quvchiga qo‘yiladigan bahoni yu ­
qori yoki past qo'yishi ham mumkin. A m m o dars muhokama- 
si davrida o‘quvchiga qo‘ygan bahosini yetarlicha asoslab berishi 
talab etiladi. Aks holda bu o‘tgan darsi uchun o‘zi oladigan ba- 
hosiga salbiy ta ’sir etadi.
Dars tugashi bilan har bir dars tahlili varaqasining «fikr va 
mulohazalar» grafasida fikr va muiohazalarini ifodalab bo‘lgach, 
o‘tilgan dars maqsadi, uning yutuq va kam chiliklarini hisobga 
olgan holda 5 ballik sistemada dars o ‘tuvchining bahosini yozib 
qo‘yishi talab etiladi.
Mehnat ta ’lim ining barcha sinflar bo‘yicha barcha m avzu­
larni o‘qitish metodikasi bilan tugal ravishda tanishib chiqish 
uchun vaqt yetarli emas. Shu sababli ularning xarakterli tom on­
larini o'zida aks ettiruvchi ayrim bo‘lim va mavzular tanlanadi­
ki, ko‘pgina mavzular m azkur mavzu yoki bo‘limda ko‘rsatilgan 
metodika asosida tashkil etiladi va o ‘tiladi.
Laboratoriya m ashg‘ulotlarining asosiy qismi dars tahlili 
hisoblanadi. Bunda dars tah lili asosida dars o ‘tgan 
0
‘qituvchi­
ning yutuq va k am chiliklarini ko‘rsatish asosida ushbu mav­
zuni qanday o ‘qitish kerak ekanligi m etodik jih atd an ishlab 
chiqiladi. D ars m uhokam asi dastlab dars o ‘tgan o ‘qituvchining 
o ‘z dars oldiga qo‘yilgan maqsad va unga erishilganlik darajasi
264


ham da ayrim kam chilik, yutuqlari haqidagi so‘zi bilan bosh­
lanadi.
So‘ngra har bir talaba o‘z tahlilini bayon qilib darsni baho- 
laydi. Dastlabki 3—4 talabadan keyin chiqqan talaba tahlilda qat- 
nashgan talabalar fikrlarini ham tahlil etib o‘z izohini berishi 
talab etiladi.
Tahlil so‘ngida dars o‘tgan o'qituvchi-talabaga so‘z beriladi 
va ko‘rsatilgan kam chiliklar haqida o‘z fikrini aytadi. So‘ngra 
m etodist-o‘qituvchi barcha tahlillarni um um lashtirib darsni ba- 
holaydi va m azkur mavzuni o‘qitishni qanday tashkil etish va olib 
borish yo‘l-yo‘riqlarini tushuntirib beradi. Shu bilan bir vaqtda 
dars muhokamasida qatnashgan barcha talabalar ham baholanadi 
va m uhokam a qaroriga imzo chekiladi.
Darslarni tashkil etish va olib borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar;
1. Dars davomida dars jarayonining boshqaruvchisi va javob- 
gari ham sizning o‘zingiz.
2. Dars davomida o‘qituvchiga berilgan barcha huquq va im- 
tiyozlarga egasiz.
3. D arsni qat’iy oldindan belgilangan reja asosida olib boring. 
Ayrim holda sharoit taqazosi bilan rejadan chetga chiqib ketish 
m um kin bo‘lsa, darsdagi sistemalilik va m aqsaddan chetlash- 
maslikka harakat qiling.
4. Dars boshianishiga qadar barcha kerakli jihozlarni tayyor­
lab qo‘ying.
5. Dars qismlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar.
1. Salomlashish. Um uminsoniy qadriyatlarga suyangan holda 
mahalliy, milliy-etnografik xususiyatlarni ko‘zda tutgan holda 
amalga oshirilsin.
2. Davomatni aniqlash. Bu ishlarni amalga oshirishning bir 
necha xil ko‘rinishlari bo‘lib, uni to ‘g‘ri tanlang. Bu variantlar:
a) jurnal orqali davomatni aniqlash;
b) navbatchi orqali davomatni aniqlash;
d) navbatchidan kelmaganlar ro‘yhatini talab etish yo‘li bilan;
e) o‘qituvchi tom onidan ko‘z yugurtirish yo‘li bilan;
f) oldingi mavzuni takrorlash jarayonida.
Bu ko‘rinishlarni turli sharoitda turlicha qo‘lIash m um kin.
3. Sinfning dars o‘tishga tayyorgarligini tekshirishda ushbu 
darsni olib borish uchun qanday jihozlar o‘qituvchi uchun va 
o‘quvchilar uchun zarur ham da ularning mavjudligi, o ‘quv xona-
265


sining dars o'tishga tayyorligi (yoritilganlik, sanitariya-gigiyenik 
va texnika xavfsizligi talablariga javob berishi) tekshiriladi. Zarii- 
rat sezilsa, ular tartibga solinib, so‘ngra dars boshlanadi.
4. Oldingi mavzuni takrorlashdan maqsad faqat o'quvchilar 
bilimini baholashdan iborat bo‘lmay, balki yangi mavzuni o‘r- 
ganishga zam in tayyorlash, ta ’lim jarayonida o‘qitish shakl va 
metodlarini nechog‘li to‘g‘ri tanlanganligini ham da pedagogik 
faoliyatingizdagi ayrim kam chiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va 
bundan keyin bu kam chiliklarni yo‘qotish maqsadlarida ham 
amalga oshiriladi.
Oldingi mavzuni takrorlashning ham bir necha ko‘rinishlari 
mavjud bo‘lib, har bir mashg'ulot uchun ular turlicha ahamiyat kasb 
etadi. Oldingi mavzuni takrorlash uchun tuzilgan savollar qisqa, 
tushunarli va aniq bo‘lishi bilan bir vaqtda har bir ketma-ket kela­
digan savollar bir-biriga mantiqan bog‘langan, izchillikda bo‘lsin.
Ayrim hollarda o‘quvchilar javoblari sizni qoniqtirm asa, oldin­
gi dars o ‘z vaqtida o‘qituvchi tom onidan qisqacha takrorlanishi 
va yangi mavzuga bog‘lanishi talab etiladi. Bunday holning bir 
necha bor takrorlanishi ko‘pincha o‘qitish shakli va m etodla- 
rining noto‘g‘ri tanlanganligi oqibatida kelib chiqadi. Shu sa­
babli o‘tish shakl va m etodlarini tanlashga jiddiy ahamiyat berish 
kerak.
Oldingi mavzularni takrorlashda vaqtdan o‘ta unum li foy­
dalanish metodlarini qo‘llash talab etiladi.
5. Yangi mavzuning bayoni. Bunda ishlab chiqilgan reja bo‘yi- 
cha o‘quv m aterialining o‘quvchilarga yetkazilishi talab etiladi. 
Yangi mavzu mazm uni oldingi mavzu mazmuni bilan bog‘lanishi 
talab etilsada har bir dars m ashg'ulotida o ‘quvchilarga yetkazi- 
ladigan bilim, malaka va tushunchalar mohiyati jihatidan yakun- 
langan, tugal bo‘lgan umumiy ta ’lim tizim ining kichik bir qismi 
sifatida bo‘lmog‘i kerak.
D ars mobaynida o‘quvchilarga namoyish etiladigan ko‘rgaz- 
mali qurollar, natural obyektlar o ‘z vaqtida o ‘quvchilarga 
ko‘rsatilishi talab etiladi. 0 ‘qitishning texnikaviy vositalari 
qo‘llanilishida ortiqcha shovqin yoki darsga xalaqit beruvchi 
elem entlar bo‘lmasligi kerak. H ar bir o‘quv film lari yoki mag- 
nitafon lentalari m ashg‘ulotgacha eshitib yoki ko‘rib chiqilgan 
bo‘lib, dars davomida kerakli vaqtdagina undan foydalanish 
tavsiya etiladi.
266


Dars davomida quyidagilarga aham iyat berishingiz talab eti­
ladi:
— o‘qituvchi sifatida tashqi ko‘rinishingiz (kiyim larning be- 
Jirimligi, soch va soqollarning holati, kiyim tugmalari qadal- 
ganligi, ...)
— nutqingiz (nutqingizdagi ohang, tutilm ay so‘zlashingiz), 
hozirjavobligingiz, fikrlarni sistemali va izchil bayon eta biiishin- 
giz, tanlagan misollardan o ‘z o‘rnida aniq foydalanish hamda 
qo ilay bilishingiz;
— tushuntirishda mavzu m azm unini nom aiu m d an m aiu m - 
ga, osondan qiyinga, soddadan murakkabga tom on yo‘nalishdagi 
izchillikning ta ’m inlanishi;
— chizm a va eskizlarni tayyorlashni tushuntirish usullarini va 
texnologiyasining tushunarli boiishiga;
— bir vaqtning o‘zida dars m azm unini bayon qilish va 
o‘quvchilar faoliyatini kuzatib borish qobiliyatingiz va uni am al­
da q o ilay bilishingiz;
— pedagogik nazokatni amalga oshirishda o ‘quvchilar bilan 
boig an muomalangiz, qat’iylik va samimiyligingiz, turli holat­
larda o ‘zingizni tuta bilishingiz va uddaburonligingiz;
— ish jarayonini to ‘g‘ri va aniq ko'rsata bilishingiz;
— darsni metodik jihatdan to ‘g‘ri tashkil eta bilishingiz va 
amalga oshirishingiz;
— ilmiylik tamoyili va ta iim n in g politexnik xarakterini ne- 
ch o g ii amalga oshira bilishingiz;
— ta iim va tarbiya birligi tam oyilini amalga oshirishdagi 
faoliyatingiz;
— dars maqsadini to ‘g‘ri tanlay bilishingiz va dars soiigida bu 
maqsadga erishganlik darajangiz;
— to ‘g‘ri va teskari aloqani to ‘g‘ri va o‘z o‘rnida qoilay bi­
lishingiz;
— tanlangan m etodlarni o ‘z o‘rnida va sam arali qoilay oli- 
shingiz;
— darsni yakunlashingiz, asbob-uskunalarni o ‘z o ‘rniga joy- 
lashtirish va xonani yigishtirishni tashkil qilishingiz.
Yangi mavzuni m ustahkam lashda ham oldingi mavzuni tak- 
rorlashdagi m etodlar va talablar q o ilan ilish i m um kin. Bunda 
yangi mavzuni nechogii sam arali o'qitganingiz o ‘z ifodasini 
topadi.
267


Shu sababh bu bo'hm da o‘quvchilar bihm va malakalarini ba­
holash bilan bir vaqtda kelgusi dars rejasi uchun dastlabki kerakli 
ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
6. 
0 ‘quvchilarni baholash va uyga vazifa berishda bahoning 
obyektivligini ta ’m inlashga harakat qiling. Baholashda kichik bir 
savol bilan o‘quvchi bilim ini baholashdan chetlashing. H ar bir 
nazariy darslarda kam ida 4—5 o‘quvchini baholashga ulguring.
Amaliy mashg‘ulotlarda esa 100% o‘quvchilarni baholab bo­
rish talab etiladi.
Baholashda o ‘quvchining barcha faoliyatini hisobga olgan 
holda baholash talab etilgan taqdirdagina ish o‘rnini tashkil eti- 
shi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishi, savollarga to‘g‘ri 
va aniq javob berishi, hayotiy misollar keltira bilishi, asbob- 
uskunalardan to ‘g‘ri foydalanishi, m ehnat m adaniyati va h.k.
0 ‘quvchiga bu faktorlar hisobga olinayotganini tushuntirgan taq­
dirdagina bahoning tarbiyaviy xarakteri ochiladi. Aks holda «keyin­
gi darsda yana ham yaxshi harakat qilgin, ishlagin, hozir «4» baho 
qo‘yaman» deyish bilan bahoning tarbiyaviy xarakteri ochilmaydi.
Albatta, bunday yondashishda o‘quvchi xulqiga beriladigan 
baho bilan ilmiga beriladigan bahoni farqlash talab etiladi.
Darsda o‘quvchining bihm va malakasiga baho beriladi. Uyga 
beriladigan vazifa aniq bo‘lib, kerak bo‘lsa, qisqa yo‘llanma berish 
talab etiladi.
Dars kuzatuvchi talabalar ikki vazifani bajarish haqida biz 
yuqorida so‘z yuritgan edik. Undagi birinchi vazifa o ‘qituvchi 
tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi. Ikkinchi vazifa dars 
tahlilini amalga oshirishdir. Dars tahlili m azm uni jihatidan uch 
xil ko‘rinishga ega:

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish