Kasb tanlash va kasbiy shakllanishning psixologik jihati



Download 23,51 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi23,51 Kb.
#684318
1   2   3
Bog'liq
3 )KASB TANLASH VA KASBIY SHAKLLANISHNING PSIXOLOGIK JIHATI

Kognitivistik yo‘nalish. Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u intellekt funktsiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o‘z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funktsiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko‘nikish)dan iborat bo‘lib, intellektning funktsional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi:

    1. sensomotor intellekti (tug‘ilishdan to 2 yoshgacha);

    2. operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha);

    3. muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha);

    4. formal (rasmiy) operatsiyalar davri.

J. Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo‘nalishning namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar kiradi.SHaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o‘rganishga Rossiyalik atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontev, B. G. Ananev, A. G. Kovalev, L.I. Bojovichlar o‘zlarining salmoqli hisslarini qo‘shganlar.
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ekti. A. N. Leontevning tushuntirishicha, shaxs faoliyat sub’ektidir. K. K. Platonov jamiyatda o‘z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. L. Rubinshteynning ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar mahsulidir.
A.V. Petrovskiyning quyidagi ta’rifini shaxsning psixologik ta’rifi sifatida qabul qilish mumkin: «O‘z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan, jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o‘zgartiruvchi sub’ektga aylanadi». Ko‘rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib, unga har xil ta’rif berishgan.
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif berish mumkin. «Shaxs o‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza oladigan har qanday individ».
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushunish bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin.

  1. jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir individ shaxsdir;

  2. shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan murakkab individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi;

  3. odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi.

  4. shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo‘lgan jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o‘rganish mumkin.

Ushbu xulosalardan muxandis faoliyatida amalda foydalaniladigan bo‘linsa, shaxs muammosini o‘rganishning ikki tendentsiyasi («tendentsiya lotincha so‘z bo‘lib, «intilish», «g‘oya», «fikr», «mayl», «tamoyil» degan ma’nolarni anglatadi) birligini kuzatish mumkin.
Birinchi tendentsiya muxandis xodimlarini jamiyatda mavjud shaxs sifatida tan olib, uning shaxsiy individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish, ya’ni uni psixologik jihatdan tavsiflash, tasniflashdir. Buni xodimning injener mehnati psixologiyasi nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Ya’ni, muxandis mehnat huquqni qo‘llash faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq etadi va muxandislikka oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, texnik usul va mahoratni, mutaxassislik ko‘nikmalari va malakalarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni, muxandislik faoliyati shakllari va boshqaruvini, mutaxassislik yo‘nalishini, mutaxassislikka tanlovni; muxandislik idoralari xodimlari shaxsini shakllantirish va ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik deformatsiyasi (buzilishi) va uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini to‘g‘ri tashkil etishini va boshqa masalalar bo‘ycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Ikkinchi tendentsiya muxandislar xizmat faoliyatining ob’ekti va predmetini tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har tomonlama o‘rganish. Bu tendentsiyaning echimi muxandis xodimlar zimmasiga yanada murakkabroq bo‘lgan vazifalarni yuklaydi1.Bu ikki tendentsiya muxandisxodimlari faoliyatida shaxs muammosini psixologik jihatdan chuqur o‘rganishni taqozo etadi.
Muhandis xodimlar faoliyatida shaxs muammosini o‘rganishning bu ikki tendentsiyasi rasman ikki xilda ko‘rinsa ham uning echimi bir nuqtaga, ya’ni mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan shaxslarning psixologiyasini o‘rganib, jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga kelib taqaladi. Bu har ikki tendentsiya uchun ham ustuvor vazifa hisoblanadi.
Psixolog olimlarning yuqorida bayon qilgan fikrlarini metodologik asos qilib olgan holda, Muhandis xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:

  1. kasbiy yo‘nalganlik xodimning ehtiyojlari, qiziqishlari, e’tiqodlari, faoliyati va xulqining ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi;

  2. kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar xodimning hayotiy faoliyati jarayonida egallanadi;

  3. individual tipologik xususiyatlar xodimning temperamenti, irodasi va qobiliyatida aks etadi;

  4. mashqlar tizimi hayotni, faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korrektsiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondashish uni ma’lum guruhlarning a’zosi, konkret sharoitida o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
Shaxs sotsializatsiyasi to‘g‘risida gap ketarkan, uning fanda ko‘pincha «shaxs taraqqiyoti» yoki «tarbiyasi» tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga alohida e’tibor berish kerak. Lekin sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‘lib, aytib o‘tilgan tushunchalardan farq qiladi. Sotsializatsiya – bu individning ijtimoiy muhitga qo‘shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro‘y beradi, chunki individda shaxs bo‘lishga ehtiyoj hamda shaxs bo‘lishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun ham bola tug‘ilib, ijtimoiy muhitga qo‘shilgan ondan boshlab, undagi shaxs bo‘lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga ehtiyojning borligi).
Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxs ning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni ko‘niktirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi;
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni «Men» obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir.
Shaxs sotsializatsiyasi, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bola tug‘ilishi bilan boshlansada, sezilarli samaradorlik nuqtayi nazaridan uning bosqichlari farqlanadi. Masalan, birinchi bosqich mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi sotsializatsiyaning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi.
Ikkinchi bosqich – mehnat faoliyati davri – bu davr odamning etuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo‘lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush qurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir. Nihoyat, uchinchi davr – mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan aktiv mehnat faoliyatidan so‘ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs sotsializatsiyasi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.



Download 23,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish