«kasb ta‟limi» kafedrasi


 Diagnostika va diffirentatsiya texnologiyasi



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/50
Sana29.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#77247
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
pedagogik texnologiyalar

5.2. Diagnostika va diffirentatsiya texnologiyasi. 

Ta'limiy  texnologiya  –  bu  yaxlit  ta'lim  jarayonini  optimal-lashtirish  maqsadida  uni 

amalga  oshirishda  ishtirok  etuvchi  tex-nik  vositalar  hamda  inson  omilining  o'zaro 

uyg'unligini  inobatga  olgan,  dars  berish  jarayonida  bilimlarni  (ma'lumotlar,  tavsiya-lar, 

aniq  tushunchalar  va  boshqalar)  imkon  darajada  to'la  o'zlashti-rilishiga  yo'naltirilgan 

tizimli uslubni yaratish, qo'llash va ama-liyotga joriy etishni o'z ichiga oladi.  

O'qitish  texnologiyasi  –  dars  mobaynida  ma'lumotlarni  uzatish,  vaqt  va  sharoit 

mezoniga  monand  tarzda  eng  samarali  usul-larni  qo'llashni  tartibga  soluvchi  o'zaro 

muloqot jarayonidir. 

Pedagogik  texnologiya  –  yaxlit  ta'lim  jarayonini  texnologik,  ya'ni  usulubiy  jihatdan 

ta'minlashni  nazarda  tutadi.  Yuqoridagi  ikki  tushunchaga  bog'liq  tarzda,  bu  jarayon 

bevosita  o'qitishning  barcha  bosqichlarida  qo'llaniladigan  barcha  pedagogik  usullarni  na-

zarda  tutadi.  Shu  sababli  aynan  shu  tushuncha  –  pedagogik  texnolo-giyalar  orqali  biz 

bugun  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashning  barcha  yo'nalishlariga  joriy  etiladigan 

optimal uslublar haqida gapirmoqdamiz.  

Shu kungacha yaratilgan qo'llanmalar mualliflari J.Yo'ldoshev, O'.Tolipov, L.Golish, 

N.Azizxo'jaeva, S.Usmonov, F.Farberman va boshqa mualliflarning fikricha, har bir ta'lim 

yo'nalishi va bos-qichiga mos tarzdagi turlicha texnologiya borki, barchasiga xos umu-miy 

pedagogik  maqsad  bo'lgani  uchun  (ya'ni  yangi  bilimlar  o'zlashti-rilishi  sharoitini 

optimallashtirish) ularning bir-biridan farq-li va umumiy jihatlari mavjud. 

E'tirof  etilayotgan  farqlar  birinchi  navbatda,  darsning  shak-liga  (ma'ruza,  seminar, 

mustaqil  ishlarni  tashkil  etish),  uzluk-siz  ta'limning  bosqichiga  (maktab,  kollej,  lisey, 

bakalavriat, ma-gistratura va hokazo), ixtisoslik yo'nalishiga aloqador bo'lishi aniq. Faqat 

bir  narsani  ta'kidlash  joizki,  Pedagogiktexnologiyalar  ta'lim  samaradorligini  oshirishda 

o'qituvchining,  ma'lumot  manbaining  ta'sir  doirasi  kengayishi,  shu  bilan  bir  qa-torda 

o'quvchi-talabaning  o'zlashtiruvchiligini  ham,  faolligini  ham  ta'minlovchi  vositadir. 

Yangicha yondashuvda talaba sust o'zlash-tiruvchidan dars jarayonining yoki bu bosqichda 

o'z  fikrini  bema-lol  izhor  qiladigan,  paydo  bo'lgan  savollarga  javob  olish  imko-niyatiga 

ega  bo'lgan,  fikrlashida  biror  xatoliklar  bo'lsa,  uni  bar-taraf  etishda  shaxsan  ishtirok 

etadigan faol sub'ektga aylanadi. Ayni shu jihat, bizningcha, o'ta muhimdir. Zero, mustaqil 




O'zbe-kiston  davlatining  fuqarolarida,  eng  avvalo,  mustaqil  fikr  va  shaxsiy  pozisiya 

bo'lishi lozimligiga erishish kabi mas'uliyatli vazifani unutmasligimiz kerak. 

Xullas,  o'quvchi-talabalarda  bilim,  malaka  va  ko'nikmalar  hosil  qilish  jarayonida 

amaliy  mashg'ulotlar  va  seminarlardan  foydala-nish  an'anaviy  ishlarimizdan  hisoblanadi. 

Ana shu mashg'ulotlarni samarali tashkil etish uchun maksimal ravishda talabani faol ma-

qomga  ko'taradigan,  uni  o'qituvchi  bilan  deyarli  bir  maqomga  olib  chi-qadigan  ish  – 

amaliy  o'yinlarni  tashkil  etish,  intellektual  trening-lar  chog'ida  biyron  bo'lish,  turli 

vaziyatlar,  “keys  –  stadi”ni  echishda  uning  bilimi,  dunyoqarashini  ro'yobga  chiqarishga 

imkon  beruvchi  tex-nologik  vositalar  va  usullardan  foydalanishni  hamda  amaliyotda 

qo'llashni bilish o'qituvchilar uchun nihoyatda zarurdir. 

Ta'limning  globallashuvi  sharoitida  ta'lim  sohasi  bilan  ja-miyatning  rivojlanib 

borayotgan  ijtimoiy  ehtiyojlari  o'rtasida  nomutanosiblikning  yuzaga  kelganligi 

kuzatilmoqda.  Ta'lim  ti-zimi  oldiga  barkamol  shaxsni  shakllantirish,  ta'lim  sohasi  bilan 

mehnat bozori o'rtasidagi nomutanosiblikni qisqartirish hamda axborot texnologiyalaridan 

foydalanishning  Pedagogiktexnologiyasi  nazariyasini  yaratish  va  ta'lim  jarayonini  puxta 

lo-yihalashga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. 

        Pedagogiktexnologiyalar  ta'lim-tarbiya  jarayonining  bir  tizimga  solingan 

ilmiy-nazariy  va  metodik  asoslangan  yangi  shakl,  usul  va  vositalarining  majmuidir. 

Bunda  yangi  mazmun,  shakl,  usul  va  vosita  uyg'unligida  maqsad,  vazifa,  faoliyat  va 

pedagogik  natija  yaxlitligi  ta'minlanadi  hamda  o'quv  maqsadlariga  erishishni 

kafolatlaydigan  o'quv  jarayoni  loyihalashtiriladi  va  amalga  oshiriladi.  Texnologik 

yondashuv,  eng  avvalo,  tasvirlash  emas,  balki  loyihalashtirilgan  natijalarni  amalga 

oshirish imkonini beruvchi amaliy ko'rsatmali tuzilmada o'z ifodasini topadi. 

       O'quv  jarayoni  bilan  bog'liq  ta'lim  sifatini  belgilovchi  holatlar  quyidagilar: 

yuqori  ilmiy-pedagogik  darajada  dars  berish,  muammoli  ma'ruzalar  yozish,  darslarni 

savol-javob  tarzida  qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg'or  pedagogik  texnologiyalardan  va 

multimedia  qo'llanmalardan  foydalanish,  talabalarni  undaydigan,  o'ylantiradigan 

muammolarni  ular  oldiga  qo'yish,  talabchanlik,  talabalar  bilan  individual  ishlash, 

ijodkorlikka  undash,  erkin  muloqot  yuritishga,  ijodiy  fikrlashga  o'rgatish,  ilmiy 

izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta'lim ustivorligini ta'minlaydi. 

        Aytilganlardan  kelib  chiqqan  holda  «Pedagogik  texnologiyalar»  o'quv  kursi 

bo'yicha  ta'lim  texnologiyasini  loyihalashtirishdagi  asosiy  konseptual  yondashuvlarni 

keltiramiz: 

Shaxsga  yo'naltirilgan  ta'lim.  Bu  ta'lim  o'z  mohiyatiga  ko'ra  ta'lim  jarayonining 

barcha  ishtirokchilarini  to'laqonli  rivojlanishlarini  ko'zda  tutadi.  Bu  esa  ta'limni 

loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma'lum  bir  ta'lim  oluvchining  shaxsini  emas,  avvalo, 

kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog'liq  o'qish  mao'sadlaridan  kelib  chiqqan 

holda yondashilishni nazarda tutadi.  

Tizimli  yondashuv.    Ta'lim  texnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o'zida 

mujassam  etmog'i  lozim:  jarayonning  mantiiqiyligi,  uning  barcha  bo'g'inlarini  o'zaro 

bog'langanligi, yaxlitligi. 

Faoliyatga 

yo'naltirilgan 

yondashuv. 

Shaxsning 

jarayonli 

sifatlarini 

shakllantirishga,  ta'lim  oluvchining  faoliyatni  aktivlashtirish  va  intensivlashtirish,  

o'quv  jaryonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini  ochishga 

yo'naltirilgan ta'limni ifodalaydi. 




Dialogik  yondashuv.  Bu  yondashuv  o'quv  jarayoni  ishtirokchilarning  psixologik 

birligi  va  o'zaro  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini  bildiradi.  Uning  natijasida 

shaxsning  o'z-o'zini  faollashtirishi  va  o'z-o'zini  ko'rsata  olishi  kabi  ijodiy  faoliyati 

kuchayadi. 




Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish