Jadvallarni yaratish
MB ni yaratish vaqtida asosiy jarayon – bu ma’lumotlarni yozuvlar maydoni bo’yicha taqsimlashdir. Ma’lumki, ma’lumotlar maydonlar bo’yicha turlicha taqsimlanishi mumkin.
Masalan, O’zbekisonning tarixiy obidalari haqida ma’lumot quyidagi maydonlardan tashkil topgan yozuvlar ko’rinishida bo’lishi mumkin: “Obida” va “Tarixiy ma’lumot” yoki “Obida”, “Me’mor”, “Yili” va “Tarixiy ma’lumot”.
Birinchi variantda “Obida” maydoni obidaning nomini saql;aydi, masalan GO’ri Amir, “Tarixiy ma’lumot” maydoni esa qolgan barcha ma’lumotlarni saqlaydi. Shuning uchun foydalanuvchi o’zini qiziqtirgan tarixiy obida haqidagi ma’lumotni faqat nomi bo’yichagina topish mumkin xolos. Ikkinchi variantda esa obida, me’mor nomlari va yana bir qator xususiyatlari bo’yicha ham opish mumkin. Quyidagi qoidani kiritish mumkin: agar MB dan foydalanish vaqtida ma’lumotlarni tanlash bir qator me’zonlari bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lsa, u holda bunday imkoniyatni ta’minlay oladigan ma’luomtlarni alohida maydonlarga ajratish kerak.
Yozuvlar maydoni aniqlangandan so’ng maydonlarni jadvallar yoyish kerak. Oddiy MB larda barcha maydonlar bitta jadvalda joylashadi. Murakkab MB larda esa maydonlar bir nechta jadvallarga taqsimlanadi, jadvallararo bog’liqlikni ta’minlovchi bir qator qo’shimcha ma’lumotlar kiritiladi.
Eslatma.
O’zaro bog’langan bir nechta jadvallardan tashkil topgan MB relyatsion MB deyiladi. Relyatsion MB da jadvallardagi ma’lumotlar bir xilligidan qochish maqsadida asosiy ma’lumotlarga bir qator xizmatchi ma’lumotlar qo’shiladi. Relyatsion MB larni tashkil qilish bo’yicha ma’lumotlar ushbu kitobda berilmagan.
MB yozuvlarining strukturasi aniqlanganidan so’ng bevosita jadvallarni yaratishga kirishish mumkin. Delphining Database Desktop utiliti yordamida jadval yaratiladi.
Database Desktop utiliti MB bilan ishlashda barcha zaruriy amallarni bajarish imkonini beradi. U turli formatdagi (Paradox, Dbase, MSAccess) MB jadvallarini yaratish, ko’rish va modifikatsiyalashni ta’minlaydi.
Bundan tashqari utilit ma’lumotlarni so’rovlar tuzish yo’li bilan tanlash imkonini ham beradi.
Yangi jadvalni yaratish uchun Tools menyusidan Database Desktop buyru’ini tanlash bilan Database Desktop ishga tushiriladi. Hosil bo’lgan Database Desktop utility oynasidagi File menyusidan New buyrug’i tanlanadi. Paydo bo’lgan ro’yxatdan esa yaratiladigan fayl tipi – Table ni tanlanadi. Keyin hosil bo’lgan Create Table muloqot oynasidan esa yaratiladigan jadval tipi tanlanadi (odatda Paradox7 tipi tavsiya etiladi). Natijada Create Paradox 7 Table muloqot oynasi ochiladi, bu yerda jadval yozuvlarining strukturasini belgilash mumkin. Jadvalning har bir maydoni uchun nom, tip, agar zarur bo’lsa maydon o’lchami berilishi lozim. Maydon nomi ma’lumotga murojaat qilish uchun qo’llaniladi. Maydon nomi Field name ustuniga kiritiladi, nom kiritishda lotin alifbosidagi 25 tadan ko’p bo’lmagam belgilardan bo’sh joy tashlamay foydalanish mumkin.
Maydon tipi unga joylashtiriluvchi ma’lumot tipi bo’yicha aniqlanadi. Maydon tipi Type ustuniga kiritiladi.
Maydon tiplari va ularga mos keluvchi konstantalar 17.1-jadvalda keltirilgan.
jadval. Maydon tiplari.
Tip
|
Konstanta
|
izoh
|
Alpha
|
A
|
Belgili satr. Satrning maksimal uzunligi qiymat oralig’i 1-255 bo’lgan Size xarakteristikasi bilan
aniqlanadi
|
Number
|
N
|
10-30 – 10308 oraliqdagi sonli qiymat
|
Money
|
$
|
Pul farmatidagi son. Son raqamlari guruh razryadlarini ajratgichi yordamida ajratiladi.
Shuningdek pul birligi belgisi ham chiqadi.
|
Short
|
S
|
-32767 - 32767 oraliqdagi butun son.
|
Long Integer
|
I
|
-2147483648 – 2147483647 oraliqdagi butun son.
|
Date
|
D
|
Sana
|
Time
|
Т
|
Vaqt
|
Time stamp
|
@
|
Vaqt va sana
|
Memo
|
M
|
Ihtiyoriy uzunlikdagi belgili satr. Memo tipidagi maydon matnli axborotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Maydon o’lchami (1-240) jadvalda nechta belgi saqlanishini aniqlaydi. Qo;gan belilar jadval faylining nomiga mos keluvchi faylda
saqlanib, fayl kengaytmasi *.mb bo’ladi.
|
Formatted Memo
|
F
|
Ihtiyoriy uzunlikdagi belgili satr (Memo tipiga o’xshash). Shriftning tipini va o’lchamini, rasmiylashtirish tipi va beli ranglarini belgilash
imkoniyatlariga ega.
|
Graphic
|
G
|
Grafika
|
Logical
|
L
|
Mantiqiy qiymat “Rost” (True) yoki “Yolg’on”
(False)
|
Auto-increment
|
+
|
+ Butun son. Jadvalga navbatdagi yozuv
qo’shilganda maydonga avvalgi yozuvdagi maydon qiymatidan 1 songa ko’p qiymat yoziladi.
|
Bytes
|
Y
|
Ikkilik ma’lumotlar.
|
Binary
|
В
|
Ikkilik ma’lumotlar. Ushbu tipdagi maydonda DataBase Desktop interpretatsiya qila olmayigan ma’lumotlar saqlanadi. Memo maydoni ma’lumotidek bu ma’lumotlar ham jadval faylida
joylashmaydi. Binary tipli maydon o’zida audio ma’lumotlarni saqlaydi.
|
Maydon tipini aniqlovchi konstantalar klaviaturadan kiritilishi mumkin yoki Type ustunida sichqonchaning o’n tugmasini yoki “probel”ni bosish bilan hosil qilinuvchi ro’yhatdan tanlash bilan ham belgilanishi mumkin.
Bir yoki bir nechta maydonni kalit sifatida belgilash mumkin. Kalitli maydonlar javaldagi yozuvlarni mantiqiy ketma-ketlik tartibini aniqlaydi. Masalan, A ga belgili (Alpha tipli) Fam (familiya) maydonini kalitli qilib belgilansa, u holda jadvalagi familiyalar yozuvlar ekranga alfavit bo’yicha tartiblangan holda chiqariladi. Agar maydon kalitli qilib belgilanmasa, u holda yozuvlar qanday tartibda kiritilgan bo’lsa, shunday tartibda chiqariladi. E’tibor berish kerakki, bir kalitli maydonda bir hil ma’lumot bo’lmaslii kerak. Shuning uchun qaralayotgan misolimizda Fam (familiya) va Name (ismi) maydonlari kalitli maydon bo’lishi kerak. U holda jadvalga bir hil familiyalarni ham kiritish mumkin bo’ladi. Lekin, ismi bir xil bo’lgan familiyadoshlarni ham kiritib bo’lmaydi. Shuning uchun, odamlar ro’yhatini kiritish uchun mo’ljallangan jadvallarda Pasp (pasport) maydonini kalitli qilib belgilash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Maydonni kalitli qilib belgilash uchun Key kolonkasida sichqoncha ugmasi ikki marta tez bosiladi.
Agar, belgilangan maydon kiritilishi shart bo’lgan ma’lumot uchun ajratilgan bo’lsa, u holda Required Field ga bayroqcha o’rnatish kerak. Masalan, Fam (familiya) maydonini to’ldirish shart bo’lsa, u vaqtda Tel (telefon) maydoniga o’xshashlari bo’sh qoldirilishi mumkin.
Agar maydonga yoziluvchi qiymat aniq bir oraliqda joylashishi kerak bo’lsa, u holda maydonning Minimum value (minimal qiymat) va Maximum value (maksimal qiymat) lari uchun oraliq qiymatlarini berish mumkin. Devault value maydoni esa qiymatni o’z holicha berilishini ta’minlaydi.
Picture maydoni maydonga kiritiluvchi ma’lumotlarni to’g’riligini nazorat qiluvchi shablonni belgilash imkonini beradi. Ushbu shablon oddiy va maxsus belgilar ketma-ketligidan iboratdir. Maxsus belgilar ro’yxtau 17.2-jadvalda sanab o’tilgan.
Ma’lumotlarni maydonning maxsus belgiga mos keluvchi pozitsiyasiga kiritish vaqtida faqat shablonning ushbu belgiga to’g’ri keluvchi belgilarigina hosil bo’ladi.
Masalan, shablonning pozitsiyasida # belgisi turgan bo’lsa, u holda ushbu belgiga to’g’ri keluvchi belgi - faqat raqamlarni kiritish mumkin. Agar pozitsiyada oddiy belgi turgan bo’lsa, u holda ushbu pozitsiyaga ma’lumot kiritish vaqtida avtomatik tarzda ko’rsatilgan belgi hosil bo’ladi.
Masalan, A tipli (belgili satr) Tel maydoni telefon raqamlarini saqlash uchun mo’ljallangan bo’lsin, va MB bilan ishlovchi dastur telefon raqamlari odatiy ko’rinishda berilishini talab qiladi. Bunday holatda Picture maydoniga quyidagi shablonni kiritish kerak bo’ladi: ###-##-##. Tel maydoniga ma’lumot kiritishda faqat raqamlardan foydalaniladi (boshqa tugmalarni bosish qabul qilinmaydi) va uchinchi hamda beshinchi raqamlardan keyin avtomatik tarzda chiziqcha (defis) qo’yiladi.
Ma`ruza. Ma`lumotlar omborini yaratish. Ma`lumotlar bazasini ko’rish va tahrirlash. (2 soat)
O’quv modul birliklari:
Ma`lumotlar omborini yaratish.
Ma`lumotlar bazasini ko’rish va tahrirlash.
Sodda bazalar ushun dastur yaratish
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari:
Talaba ushbu mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng:
Ma`lumotlar omborini yarata oladi.
Ma`lumotlar bazasini ko’rish va tahrirlash dasturini yarata oladi
Sodda bazalar ushun dastur yarata oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |